Matematika tarixi asoslari


§6. O`zbekistonda hozirgi zamon matematikasi rivojlanishi haqida



Download 202,28 Kb.
bet10/12
Sana19.05.2022
Hajmi202,28 Kb.
#604507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Matematika tarixi asoslari”mavzularini o’qitish metodikasi

§6. O`zbekistonda hozirgi zamon matematikasi rivojlanishi haqida.

“Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, -deydi yurtboshimiz. Bu fikr ko`xna tariximiz bilan bir qatorda yaqin o`tmishimiz uchun ham birdek daxldor. Ko`p ming yillik tariximiz, buyuk vatandoshlarimizning merosi bugun va ertangi kunimiz uchun naqadar kuch-qudrat manbai bo`lsa, kuni kecha biz bilan birga yashagan, vatanimiz kelajagi, xalqimiz baxt-saodati uchun mehnat qilgan, uning fidoi farzandi sifatida tanilgan va bizning ko`z o`ngimizda tarixga kirgan siymolar ustozlar xotirasidan ham shu qadar ruxiy oziq olamiz.


Atoqli olim, davlat va jamoat arbobi S.H.Sirojiddinov ana shunday ulkan siymolardan biridir. Akademik Sa`di Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) o`z umrini O`zbekistonda fan va maorifning rivojlanishiga bag’ishlangan. Shunday bo`lsada, pedagogik tadqiqotlarga matematik statistika usullarni qo`llash kam tadbiq qilingan yo`nalish sifatida qolmoqda. Shuning uchun ham zamonaviy fanshunoslik bu muammoga alohida e`tibor bilan qaramoqda O`zbekistonda ehtimolchilar maktabini vujudga kelishi Romanovskiy va boshqa uning shogirdlari bilan bog’liqdir. Romanovskiy shogirdlaridan biri, O`zFA akademigi Sarimsoqov shunday deb yozadi:
“Romanovskiy o`z lektsiyalarida fan bilan amaliyotni bog’lashga katta e`tibor berardi, murakkab nazariy masalalarni ravon, tushunarli bayon qila bilardilar. Bunga ustozning ilmga tashna shogirdlariga bo`lgan muhabbati, kamtarligini qo`shsak, u yoshlarni o`z sohasiga jalb qilmaslik mumkin emasligini ravshan ko`rinadi...”
O`zbekiston mustaqillikka erishganch, uning tarixi va taqdirida olamshamul ahamiyatga molik voqealar sodir bo`ldi.
Sirojiddinov XX asrning eng yirik matematiklaridan biri Kolmogorovga shogird bo`ladi. O`sha paytlarda Kolmogorov, Margov zanjiri ko`rinishida boshlagan tasodifiy vektorlar uchun lokal teoremalarini isbotlagan edi. Sirojiddinovga shu teoremalarda qoldiq had uchun asimptotik yoyilmalarni olish masalasini qo`ydi. Sa`di Hasanovich bu masalani rahbari kutganidan ko`ra umumiyroq va mukammal tarzda hal qildi. 1953 yilda S.H.Sirojiddinov qayt qilingan natijalar asosida doktorlik dissertatsiyasini Moskvada mashhur V.A.Steklov nomidagi Matematika institutida himoya qildi. V.YU.Linnik, Smirnov kabi yirik mutaxassislarning dissertatsiya bo`yicha opponent bo`lgani hali Sirojiddinov erishgan natijalarning qanchalik salmoqli ekanligidan guvohlik beradi. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan so`ng Kolmogorovning tavsiyasi bilan Sirojiddinov 1953-1956 yillar davomida Moskva Davlat Universitetida professor lavozimida ishladi. S.H.Sirojiddinov bor bilimi, kuchi va imkoniyatini O`zbekistonda matematika fanining rivojlanishini xalqaro standartlar darajasida ko`tarishiga bag’ishlagan edi. Bunda u asosan rivojlangan sohalarini yo`lga qo`ya olishi mumkin bo`lgan mutaxassislar tayyorlashga ham katta e`tibor berdi.
Sa`di Hasanovich o`z sohasida yirik olim bo`lishdan tashqari mohir pedagog va yoshlardagi itelektual salohiyatini to`g’ri aniqlaydigan murabbiy edi. U eng Yuqori ilmiy daraja va unvonlar sohibi bo`lishiga qaramay, universitetda krish imtihonlarida bevosita qatnashar edi. U eng yuksak malakaliy mutaxassisdir. Hozirgi professor matematik va mexaniklar orasida dastavval boshqa fakul’tetlarga xujjat topshirgan, kirish imtihonida Sa`di Hasanovich Bilan suhbatdan keyin esa mexanika va matematika fakul’tetida 1-2 kurslarda asosiy kurslarni Sirojiddinov o`zi o`qir edi. 1960 yillar boshida mexanika-matematika fakul’tetida mashg’ulotlardan keyin kechqurun “O`lchovlar nazariyasi” maxsus kursini o`qiganini, “Tayyor maxsulotlarning statistik kontroli nazariyasi” shahar seminari tashkil qilganini yaxshi eslaymiz. Bu maxsus kurs va seminarlarda Toshkent Oliy o`quv yurtlarining domlalari, bevosita Amaliy ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ilanadigan muxandislar va Yuqori kurs talabalari qatnashar edi. Ko`pincha muhokama-munozara ma`ruzadan keyin ancha cho`zilib ketganida hech kim ketishga shoshilmas edi.
Sa`di Hasanovich pedagog faoliyati Toshkent Davlat Universiteti bilan chegaralanib qolmagan. U kishi viloyatlardagi pedagogika institutlariga ham tez-tez borib turar edilar. Sirojiddinov Yuqori malakali mutaxassislar etishtirish bilan cheklanmay, bu ish maktabdan boshlanishi zarurligini uqtirar va maorif sohasida ham o`zining qaynoq faoliyati bilan ilhombaxsh ta`sirlarini o`tkazar edi.
1970 yilda Sa`di Hasanovich O`zbekistonda iqtidorli yoshlar uchun va fizika-matematimka o`rgatiladigan maktab-internatini tashkil qildi.
SHu paytga kelib internatni bitirganlardan professor unvoniga erishganlar ko`pchilikni tashkil etadi. Sa`di Hasanovich faqatgina ehtimollar nazariyasi va matematika statistika mutxassislar orasida tan olingan olim bo`lib qolmay, balki booshqa sohalalrda tanilgan akademiklar orasida ham obro` qozongan inson edi.
Sa`di Hasanovich umrining so`ngi yillarida bir gurux o`quvchilari bilan birga Navoiy Tog’ kombinati bilan hamkorlikda tog’ minerallaridan kerakli metallarni ajratib olishning statistik usullarini topish masalalari bilan shug’ulanganlar.
Sa`di Hasanovich zamonamizning ilg’or matematiklaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda Vatanimiz tarixi va mumtoz adabiyotini ham yaxshi biladigan, o`z elining xalqining haqiqiy jonkuyari vatanparvar inson edi.
Bu fikr isbotini o`tmishdagi buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’beklarning ilmiy merosini o`rganish bo`yicha bajargan ishlarida ham ko`rish mumkin. Sa`di Hasanovich akademik I.Mo`minov va bir nechta taniqli olimlar qatorida Amir Temur va temuriylar tarixiga ob`ektiv baho berilishi tarafdori bo`lgan.
Sirojiddinovning Vatanimiz fani yutuqlarini targ’ib qilish, xalqaro miqiyosdagi ilmiy markazlar bilan aloqalar o`rnatish va ularni mustahkamlash yo`lidagi hissalari juda sarmoqlidir. Bunga uning rahbarligida o`tkazilgan xalqaro hamda sobiq ittifoq doirasidagi ilmiy anjumanlar misol bo`la oladi.
Ustozning o`zi oxirgi ishim deb hisoblagan, takibi salmog’i va tashkil etilishi jihatidan boshqa anjumanlardan ancha yuksak bo`lgan 1986 yilda Toshkentga o`tkazilgan.
Bernulli jamiyatining birinchi xalqaro kongressi fan tarixida Sa`di Hasanovich Sirojiddinov nomi bilan abadiy bog’liq bo`lib qoldi. Asosiy matematik tushunchalarni vujudga kelishi matematikaning rivojlanishining asosiy bosqichlarini tashkil etadi.
Xulosa
Matematika tarixiga doir ma`lumotlarni dars jarayonida va darsdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarda doimiy ravishda o`qitish orqali o`quvchilarni milliy iftixor, vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga erishamiz.O`qituvchilarga O`rta Osiyo tarixi juda qadimiy ekanligi, bundan ko`p asrlar oldin vatanimizda fan va madaniyat katta taraqqiyotga ega bo`lganligi, yettinchi asrdan o`n beshinchi asrgacha O`rta Osiyo matematiklari matematikaning ҳamma soxalarida katta- katta yutuqlarga erishganini aytib o`tish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi dolzarb muammolardan kelib chiqgan holda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika fanini o`qitishda matematika tarixidan ma`lumotlarni o`quvchilarga yetkazish, jumladan sоn tushunchаsini shаkllаnishi vа rivоjlаnishi, Sаmаrqаnd ilmiy mаrkаzi, O`rtа аsr O`rtа Оsiyolik аllоmаlаr hаyoti vа ijоdidаn nаmunаlаr, O`rtа Оsiyo vа Yaqin Shаrq mаtemаtikаsi, “Muhammad Xorazmiyning «Al-jabr va al-muqobala hisobi» kitobi haqida qisqacha ma`lumotlar yetkazish yullari va boshqa mavzularni xususiyatlarini ochib berish.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi yuqoridagi dolzarb muammolardan kelib chiqgan holda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika fanini o`qitishda matematika tarixidan ma`lumotlarni o`quvchilarga yetkazish, jumladan sоn tushunchаsini shаkllаnishi vа rivоjlаnishi, Sаmаrqаnd ilmiy mаrkаzi, O`rtа аsr O`rtа Оsiyolik аllоmаlаr hаyoti vа ijоdidаn nаmunаlаr, O`rtа Оsiyo vа Yaqin Shаrq mаtemаtikаsi, “Muhammad Xorazmiyning «Al-jabr va al-muqobala hisobi» kitobi haqida qisqacha ma`lumotlar yetkazish yullari va boshqa mavzularni xususiyatlarini ochib berish bo`lib bajarilgan.



Download 202,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish