7. Ishning tuzilishi. Bitiruv ishi mundarija, kirish qismi, ikkita bobdan iboratdir. Birinchi bobda uchta paragiraf mavjud. Ikkinchi bob esa to’rtta paragirafni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari xulosa va adabiyotlar ro’yxati ham keltirilgan.
8. Ishning qisqacha mazmuni.
Tarif. Trapetsiya faqat ikkita qarama-qarshi tomonlari parallel qavariq to’rtburchakdir.
Bu parallel tomonlar trapetsiyaning asoslari deb aytiladi.
Parallel bo’lmagan tomonlari uning yon tomonlari deyiladi.
Tarif. Agar trapetsiyaning yon tomonlarining uzunliklari teng bo’lsa, unday trapetsiyaga teng yonli trapetsiya deyiladi.
Trapetsiyaning asoslari orasidagi masofa uning balandligi deb aytiladi.
Trapetsiyaning qarama-qarshisidagi uchlarini birlashtriruvchi kesmalar uning diagonallari deb aytiladi.
Trapetsiya uchun quyidagi tasdiqlar o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |