Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info
163
International Scientific Conference, December 18-19, 2021
Matematika sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari
Ruzmetova Ozoda Alimovna
Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi
tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada har qanday sohaning atamalari o’ziga xos terminologik
tizim sifatida qaralishi, bu tizim til leksik qatlamining ajralmas qismi hisoblanishi haqidagi fikrlar
muhokama qilinadi.Shuningdek maqolada o’zbek va ingliz tillarida matematika sohasiga oid
terminlarning o’ziga xosligi bilan ajralib turishi, mazkur soha terminologik tizimi aniq ma’lumot
yetkazuvchi leksik qatlam ekanligi ta’kidlangan.
Kalit so’zlar:
taraqqiyot, matematika, terminologiya, lingvistika, leksik qatlam, so’z
yasalishi, morfologik usul
Zamonaviy taraqqiyot davrida har sohada rivojlanishni kuzatish mumkin. Bu rivojlanishlar natijasi
albatta til leksik qatlamini boyib borishida ham o’z aksi ko’rsatadi.
Matematika eng qadimgi sohalardan biri bo’lib, undan inson taraqqiyotining
ibtidoiy davrlarida,
mukammal bo’lmagan uy ishlari va dehqonchilik ishlarida foydalanilgan. Bu jarayonning
murakkablashuvi natijasida matematikaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o’zgarib borgan
va bu albatta matematika sohasining o’zigagina xarakterli bo’lgan
uning tilini shakllanishiga
sabab bo’lgan. Matematika fan sifatida rivojlanib, o’z atamalariga ega bo’lib bordi. Bu
atamalarning o’ziga
xosligini, ularni yasalishi va shakllanishini va o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganish tilshunoslik fani uchun muhim vazifa hisoblanadi.
Dunyoda rivojlanmaydigan narsaning o’zi yo’q, tilshunoslikham bundan mustasno emas. Bir
tomondan til ijtimoiy hodisa va tizim sifatida kundan-kunga o’zgarib takomillashib borsa, ikkinch
itomondan bu hodisani o’rganuvchi fan ham katta odimlar bilan ilgarilab ketmoqda[1].
Tilning leksik tarkibi boyib borishi, albatta so’z yasalishi jarayoni bilan bevosita bo’liq bo’lib, bu
hodisa
nafaqat til taraqqiyotiga, balki bu holat jamiyat taraqqiyotida ham keng imkoniyatlarni
ochib beradi. Ayniqsa hozirgi kunda so’z yasash usul va vositalari deyarli
barcha tillarda keng
rivojlangan bo’lib, bu jarayonlarni bir necha tillar misolida qiyoslab o’rganish muhim ahamiyatli
bo’lib kelmoqda. So’z yasalishi tilning tarixiy davrlaridan o’rganib kelinayotgan ob’yekti
hisoblanadi.
Har qanday sohaning atamalari o’ziga xos terminologik tizim sifatida qaralib,
bu tizim til leksik
qatlamining ajralmas qismi hisoblanadi. Matematika sohasi terminologiyasi dastlabki yozma
manbalardan tortib hozirgi zamonaviy kungacha bo’lgan manbalarda uchraydigan atamalar bilan
boyigan bo’lib, bular shu kungacha olimlar, tilshunoslar tomonidan o’rganilib, turli munozaralarga
sabab bo’lib kelmoqda.
O’zbek va ingliz tillarida matematika sohasiga oid terminlar ham o’ziga xos bo’lib, mazkur soha
terminologik tizimi aniq ma’lumot yetkazuvchi leksik qatlam hisoblanadi.
Chunki matematika
sohasi fan va sanoat sektorining favqulodda ehtiyojlari uchun eng ko’p qo’llaniladi va uning har
bir leksikasi o’z o’rnida xatosiz qo’llanilishini talab qiladi. Demak, mazkur soha terminlarini ilmiy
jihatdan chuqur tasniflash zarurati tug’iladi.
Terminologik birliklarning o’ziga xos so’z yasalish jihati shundan iboratki, ularning hosil bo’lishi
tilning o’z ichki resurslariga asoslanadi[2].