Asosiy mazmuni.
Geometrik almashtirishlar metodi maktabda Evklid geometriyasi elementlari
orasidagi ba’zi munosabatni (II tenglik) asoslovchi sifatida qo’llaniladi. Ammo geomtrik
almashtirishlar metodini qo’llanishi deb quyidagi qadamlar ketma-ketligini bajarilishi
tushuniladi.
-
Geometrik almashtirish tanlanadi;
-
Bir ob’ekt ikkinchi ob’ektga o’tuvchi almashtirish bajariladi;
-
Tanlangan geometrik almashtirish xossasi orqali ob’ektlar orasidagi
munosabatni mavjudligi asoslanadi.
Yuqorida keltirilgan qoidalarni amalga oshirilishini quyidagi misol orqali
ko’rsatamiz:
Maslala: ABC uchburchak balandligi BDda K nuqta tanlanib, AK=KC dir. ABC
teng yonli uchburchakligini isbotlang. Yani AB=BC ekanligini ko’rsatsak, ABC teng
yonli ekanligini ko’rsatamiz.
Birinchi qadam geometrik almashtirishni tanlashga qaratilgandir. U almashtirish
AB va BC larni tengligini ko’rsatsin. BD to’g’ri chiziqga nisbatan simmetriyani tanlash
maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi qadam shundan iboratki BD ga nisbatan simmetriyada AB kesma CB
kesmaga o’tishini isbotlashdan iboratdir.
Isbot.
B nuqta o’ziga o’zi o’tadi, chunki u simmetriya o’qiga tegishlidir. A nuqta C
nuqtaga o’tadi, chunki AK=KC, K nuqta BD cimmetriya o’qiga tegishli.
Demak, AB, BDga nisbatan cimmetrik ko’chirganda BCga o’tadi. Simmetrik
almashtirish xarakat bo’lganligi sabab AB=BC dir.
Geometrik almashtirishlar nazariyasining asosiy tushunchalariga akslantirish,
xarakat, almashtirishlar, aks almashtirish, konkret almashtirishlar kabi tushunchalar
kiradi.
Geometrik almashtirishlarning umumiy xossalariga quyidagilar kiradilar.
1.
Siljishlar kompozitsiyasi siljishdir.
2.
Siljishga (xarakatga) qarama-qarshi almashtirish siljishdir (xarakatdir).
3.
Siljishda (xarakatda) va o’xshash almashtirishda to’g’ri chiziq to’g’ri chiziqga,
nur nurga, kesma kesmaga, burchak saqlanadi.
4.
Siljitishda (xarakatda) to’g’ri chiziqga tegishli nuqtalar shu to’g’ri chiziqga
tegishli nuqtalarga o’tadi.
Maktabda geometrik almashtirishlar o’rganish ob’ekti va o’qitish metodi sifatida
o’qitiladi. Geometriya kursida tekislikdagi va fazodagi almashtirishlar o’rganiladi.
63
Xarakatning xususiy xollari sifatida markaziy simmetriya, o’qga nisbatan
simmetriya, parallel ko’chirish, burish. O’xshash almashtirishning xususiy xoli
gomotetiyadir.
Geometriya darsliklarini taxlil qilish asosida geometrik almashtirishlarni asosiy
tushunchalari va xossalarini o’rganamiz, qilingan ish natijasini quyidagi jadvalga
joylashtirish mumkin.
1-
jadval.
Geometrik almashtirish
turini nomi.
Uni o’rganish bilan bog’liq
asosiy tushunchalar.
Geometrik almashtirish
xossalari.
Markaziy simmetriya
Simmetriya markazi.
Markaziy simmetrik
figuralar. Markaziy
simmetrik nuqtalar.
“Nuqtaga nisbatan
simmetrik” almashtirish
xarakatdir. Xarakatning
barcha xossalari markazga
nisbatan simmetriya uchun
o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |