MAKTABGACHA VA BOSHLANGʻICH TA`LIM FAKULTETI BOSHLANGʻICH TA`LIM METODIKASI KAFEDRASI “MATEMATIKA OʻQITISH METODIKASI” FANIDAN TAQDIMOT Bakalavriat yoʻnalishi: 5111700 – Boshlangʻich ta`lim va sport tarbiyaviy ish Mavzu: Qoldiqli bo‘lish darslarini o‘rgatishda o‘quvchini o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatish Bajardi: 14-5BTU-19 guruh talabasi Ne‘matova Zilola Ilmiy rahbar: Hamroyeva
MUNDARIJA
MUNDARIJA
KIRISH.
I BOB. Qoldiqli bo‘lish darslarining mazmuni va uni tashkil etish
1.1. Boshlang‘ich sinflarda qoldiqli bo‘lishni o‘rgatishda o‘qituvchining vazifasi
1.2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qoldiqli bo‘lishni o‘rgatish metodikasi
II BOB.Qoldiqli bo‘lish darslarida o‘quvchilarni o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatish
2.1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qoldiqli bo‘lishni o‘rgatishda o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatish
O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta‘lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta‘lim muassasalari ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta‘limjarayonini tashkil etishda muhimo‘rin tutadi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta‘lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi.
Ta‘lim jarayonlarini takomillashtirishga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida obyektiv qarama-qarshilik mavjud. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib bormoqda.