Matematika o’qitish metodikasi 1-mavzu: Gеomеtrik matеriallarni o‘rganish mеtodikasi


Sodda gеomеtrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish



Download 28,53 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2022
Hajmi28,53 Kb.
#673786
1   2   3
Bog'liq
2 5197434066277767709

2.Sodda gеomеtrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish
М аtematika mashg‘ulotlarida o’quvchilar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
O’quvchilarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.
Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. O’quvchilarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
O’quvchilarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun (“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg‘ulotning bir qismini ajratish kerak, qolgan vaqtda esa doira va kvadratlardan ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma material sifatida foydalanib, buyumlar to‘plamini yoki bitta buyumni topish, yoki yoniga qo‘yish yo‘li bilan buyumlar guruhlarini taqqosla-sh kabi mashqlarga bag‘ishlash mumkin. O’quvchilarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish bo‘yicha (“Buyum va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi o‘yinlarda) mashq qildirish ham foydali.
Oxirgi o‘yinda o’quvchilar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik shakllar bilan taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. O’quvchilar geometrik shakllarni har qanday buyumni — koptokni, g‘ishtni va boshqa narsalarni qanday idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, o’quvchilar qurilish komplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik shakllar bilan doimo uchrashadilar va ular shakllarning to‘g‘ri nomlarini bu nomlarni eslab qolish shart bo‘lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu teshiklarga shakli bo‘yicha tegishli shakllar qo‘yiladi) bilan o‘ynar ekanlar, ular-aslida geometrik obyektlarning shakli bo‘yicha mos keltirish harakatlarini egallaydilar.
To‘plangan tajriba, maxsus mashg‘ulotlarda yumaloqlangan va ko‘pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va kvadrat bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg‘ulotda o’quvchilar katta va kichik doiralarni, ikkinchi mashg‘ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko‘rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o‘lchamli ikki-uchta shakl beriladi. Shakllar karton, faner, yoki qalin qog‘ozdan tayyorlanadi. Doiralar va kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi jadvalda ikki-uchtadan shakl har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. O’quvchilar shakllarni tekshirib, ularning shakllari bo‘yicha ajratadilar, masalan, kartochkaning yuqori chizig‘iga doiralarni, pastki chizig‘iga kvadratlarni qo‘yadilar. Qaysi shakllar ko‘p, qaysi shakllar kam ekanini topadilar, shakllar nomini aytadilar.
Geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri geometrik shakllardir.
Ta'rif. Xar qanday tartibda joylashgan nuqtalar to’plami geometrik shakl deyiladi. Geometrik shakllarni tashkil qiluvchi nuqtalar to’plami bir necha va cheksiz ko’p nuqtalardan tuzilgan bo’lishi mumkin.
NUQTA. Nuqta eng boshlangich geometrik obrazdir. Nuqtani xajmsiz, yuzasiz, uzunlikka ega bulmagan geometrik element deb qarash mumkin. Biz buni chizmalarda shartli ravishda kichkina aylana kurinishida tasvirlaymiz.
TO’G’RI Chiziq. Tugri chiziqni bitta nurda etuvchi nuqtalar to’plami deb qarash mumkin. Berilgan ikki nuqtadan o’tishi mumkin bulgan yagona geometrik shakl fakat tugri chiziq buladi.

TEKISLIK. Tekislik ustida cheksiz kup nuqtalar va tugri chiziqlar mavjuddir. Shunga kura tekislikni nuqtalar yoki tugri chiziqlar to’plamidan iborat deb qarash mumkin. Anik sonli nuqtalar va tugri chiziqlar berilganda kuyidagi xollarda: bir tugri chiziqda yotmaydigan uch nuqta orkali yoki bir tugri chiziq va unda yotmaydigan bir nuqta orkali, yoki kesishuvchi ikki tugri chiziqlar orkali birgina tekislik utkazish mumkin.




Download 28,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish