70540101 –Matematika mutaxassisligi I kurs magistratura talabasi Turayev Shamsiddin Baxtiyorovichning o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar
Ushbu hisobot "Oliy matematika ” kafedrasining
___________ № ___ -son yig’ilishida muhokama qilindi.
70540101 Matematika mutaxassisligi I kurs magistratura Turayev Shamsiddin Baxtiyorovichning o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar
I. O’quv- metodik ishlar.
1.1. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida I-kurs 2-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Yarim yil davomida reyting jadvali asosida fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Barcha fanlardan yarim yillik semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan “Ilmiy seminar, (60soat) “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” (120soat) ,"Ko’p kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi (150soat)" ”Analizning maxsus boblari” (120 soat), "Ilmiy pedagogik ish (120soat),"Xalqaro axborotlar bazasi bilan ishlash (60soat)
Ilmiy seminar fanidan dissertatsiya mavzuyim bo`yicha to’plagan ma’lumotlarim xususida ma`ruza qildim. (ilova qilaman)
" Ilmiy tadqiqot metodologiyasi " fanidan har dars berilgan topshiriqlarni yozma va og’zaki shaklida topshirdim.( ilova qilaman )
” Xalqaro axborotlar bazasi bilan ishlash” fanidan har dars berilgan referat va mustaqil ishlarni topshirdim ” . (ilova qilaman)
" Analizning maxsus boblari " fanidan amaliyot darsida masala va misollar ishladik. (ilova qilaman)
" Ko’p kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi " fanidan har dars berilgan ishlarni mustaqil ish va referat shaklda topshirdim (ilova qilaman)
1.2. Ilmiy-tadqiqot ishlari.
Kafedra miqyosida o`tkazilgan seminarlarda faol ishtirok etdim.
Shuningdek Universitetda tashkil etilgan Magistrlar to’plamiga “Diskret tasodifiy miqdorlarning taqsimot qonuni “ mavzusidagi maqolamni berdim.
Magistrlik dissertatsiya mavzuyim kalendar rejasi bo’yicha I bobni yakunladim ,rahbarim tomonidan kamchiliklar ko’rib chiqilib bartaraf etildi. Magistrlik dissertatsiya mavzuimni II bobini tayyorlash bo’yicha rahbarimdan yangi ko'rsatmalar va rejalarimni oldim.
1.3. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim.
Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilarining ma`ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tkazdim.
F.m.f.n.dots. B Jo`rayevning “ikki karrali integral tenglamalarni yechish ” mavzusiga doir ma`ruzasida qatnashdim. (ilova qilinadi)
F.m.f.n.dots. I.Abiraev ustozning “Ikki karali integrallarda o`zgaruvchilarni almashtirish” mavzusiga doir ma`ruzasida qatnashdim.(ilova qilaman)
Kata o`qituvchi U. Qayimov ustozning “Qoida bo`yicha hosila olish ” mavzusiga doir amaliy mashg`ulot darsida qatnashdim. (ilova qilaman)
1.4. Ilmiy seminar.
Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim.
II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar ish rejasi.
2.1. Ilmiy rahbarim f.m.f.d , prof. M. Mo’minov bilan magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot kalendar rejasiga muvofiq I bob yuzasiga doir ma’lumotlar to’plab bobni yakunladik.(ilova qilaman)
2.2. Ilmiy rahbarim f.m.f.d , prof. M. Mo’minov yordamida dissertatsiya mavzuimga oid “Birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar” haqida yangi tushunchalarni o’rganib chiqib, biblografik ro’yxatga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritdik .
2.3. Ilmiy rahbarim f.m.f.d , prof. M. Mo’minov bilan birga Tadqiqot jarayoni xususida tez-tez fikr almashib, ko’proq ilmiy yangilik yaratish ustida shug’ullanmoqdamiz .
2.4.Bu jarayonda Tadqiqotning ilmiy dolzarbligini, ilmiy yangiligini va amaliy ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor asosladik.
2.2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish.
Tadqiqot ishining kalendar rejasiga muvofiq tarzda Ilmiy rahbarim Ilmiy rahbarim f.m.f.d , prof. M. Mo’minov tavsiyasiga binoan dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqot bosqichlarining ketma-ketlikda bajarmoqdaman. Magistrlik dissertatsiyamning struktura va mantiqiy sxemasini tuzdik, adabiyotlarni o’rganmoqdaman.
2.3. Tadqiqotni amalga oshirish uchun materiallar yig`ish.
Tadqiqot terminalogiyasini aniqlash: asosiy tushunchalar aniqlab tahlil qilindi, solishtirildi,umumlashtirildi va boshqalar orqali terminologiyada qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Natijalarni qayt qildik va rasmiylashtirdik.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobotni “Oliy matematika ” kafedrasiga
2022-yil 4-iyunda topshirdim.
Magistratura talabasi: Turayev Shamsiddin
Hisobot bilan tanishdim. Ilmiy rahbar: f.m.f.d , prof. M. Mo’minov
Do'stlaringiz bilan baham: |