Termiz Davlat Universiteti Magistratura bo’limi
5A130202 – Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi
1-kurs magistranti G’affarova Maftuna Nodir qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2019 – 2020 o’quv yili II semestrda amalga oshirgan yarim yillik ishlar
HISOBOTI
5A130202 – Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi 1- kurs magistranti G’affarova Maftuna Nodir qizining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2019 – 2020 o’quv yili II semestrida amalga oshirgan yarim yillik ishlar hisoboti.
I. O’quv- metodik ishlar.
1.1. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida 1-kurs II-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarni platformaga joylashtirilgan darsliklar asosida online ravishda muntazam o’rganib bordim.
1.2. Ilmiy-tadqiqot ishlari.
II-semester davomida platformaga joylashtirilgan darsliklarni online tarzda o’zlashtirdim. ZOOM ilovasi orqali “Amaliy matematika” kafedrasi professor o’qituvchisi Normurodov Chori ustozning konferensiyasiga qatnashdim. Konferensiya davomida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldim.
1.4. Ilmiy seminar.
Yanvar oyida Fevral oyida “Amaliy matematika” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Toyirov bilan birgalikda “Ko’zi ojiz insonlarga ingliz, rus va o’zbek tilidagi kitoblarnni harflab o’qib beradigan dasturiy ilova” yaratib uni Respublika Intellektual mulk agentligiga taqdim qildik va patent oldik. Fevral oyida TerDU da Start UP loyihasi tashkil etildi. Bu loyihada yuqoridagi dasturiy ilovamiz bilan ishtirok etdik.
Ishlanma tavsifi:
Ko`zi ojiz insonlarga o`zbek krill yozuvi, o`zbek lotin yozuvida yozilgan, rus va ingliz tilidagi kitoblarning elektron nusxasini harflab o`qib beruvchi dasturiy ilovani yaratish. Bu ilovani yaratish orqali kitoblarning audio va Brayl yozuvida nashr etilgan nusxalari mavjud bo`lmagan holda o`quv muassasalari kutubxonasidagi kitoblarning elektron nusxalarini ko`rish imkoniyati cheklangan insonlarning o`qishlariga imkon yaratiladi.
Dasturiy ilovaning asosiy maqsadi ko`zi ojiz insonlarga barcha turdagi elekton nusxadagi kitoblarni harflab o`qib berishdan iborat
Ilmiy yangiligi:
Taklif etilayotgan dasturiy ilovada mavjud variantlardan farqli ravishda o`zbekcha sintezator qo`shiladi, bu esa o`zbek tilidagi kitoblarni o`quvchi tushunishida katta yordam beradi. Dasturiy ilovada so`zlarning o`qilishi alifbodagi harflarning audio fayli orqali hosil qiladi, bu esa dasturning dinamikligini va hajmini kichik bo`lishini ta’minlaydi.
Qo`llanilish sohasi:
Raqamli va informatsion texnologiyalar, ta’lim sohasida.
Kutilayotgan natijalar:
Taklif etilayotgan dasturiy ilova ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan ko`zi ojiz insonlarga elektron nusxadagi kitoblarni, o`quv materiallarini qiyinchiliksiz o`zlashtirishda katta yordam beradi. Bundan tashqari dasturiy ilovadan ingliz tilidagi so`zlarning harflab talaffuz qilinishini o`rganishda hamda so`zlarni harflab talaffuz qilganda uni yozma ifodalashni mashq qilishda ham foydalanish mumkin.
Samaradorligi:
Dasturiy ilova kitoblar, o`quv materiallarini audio formatda hamda Brayl yozuvida nashr etish uchun sarflanadigan harajatlar tejamkorligiga olib keladi.
Ishlanma mualliflari:
Katta o`qituvchi Toyirov Akbar Xasanovich,
Magistrantlar: G`afforova Maftuna Nodir qizi, Ahadova O`g`iloy Chorshanbi qizi, Ibragimova Mohigul Komiljon qizi.
Manzil:
Termiz shahar, B. Avlod ko‘chasi 43, Termiz davlat universiteti Amaliy matematika va informatika kafedrasi
Telefon +998-97-242-31-50,
+99899-420-11-96
Е-mail: akbartoyirov@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |