Yer osti suvlari oqimining gravitasion rejimi
Yer sirtidan turli xil chuqurlikdagi tog’ jinslari, g’ovaklari , g’orlarda yig’iladigan muz, bug’ va suyuq holatlardagi suvni yer osti suvi deydi. Yer yuzasiga yoqqan yog’in uch qismga ajraladi: bir qismi yer yuzasidan oqib, oxiri dengizga borib quyiladi, ikkinchi qismi bug’lanib yana atmosferaga ko’tariladi, uchinchi qismi esa tog’ jinslariga singib ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi. Yer osti suvlarining asosiy qismi yog’in suvlarining tog’ jinslari orasiga singishidan hosil bo’ladi. Yer osti suvi – bug’ holatdami, suyuq holdami yoki qattiq holdami, baribir, qanday holda bo’lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda joylashgan suvdir.
Yer osti suvlarini gidrogeologiya fani oʻrganadi. Gidroekologiyaning asosiy vazifasi beshinchi okeanni, ya’ni yer osti suvlari – yashirin xazinani o’rganishdan iboratdir . Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Yer osti suvlari quruqlikdagina emas, balki yer yuzasida dengiz va okean suvlarini tubida, qatlamlar ostida ham mavjuddir. Yer osti suvlarining paydo bo’lish masalasini 1 chi marta rus fizik tuproqshunosi A.F.Lebedev (1907-1919) yillardagi tajribalarida deyarli to’g’ri yechib bergan A.F.Lebedev 1907-1919 yillar davomida sinchiklab o’tkazgan eksperimental tekshirish natijasida hozir ham o’z mohiyatini yuqotmagan nazariy qoidani ishlab chiqdi. U yer osti suvlari paydo bo’lishini kondension va infiltrasion nazariyalar orqali tushuntirdi.
Yer osti suvlarining fizik va kimyoviy xossalari
Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi rangi, ta’mi va harorati kiradi. Tabiiy suvlar tiniq yoki loyqa bo’lib, loyqa suvlarda mineral va organik birikma zarralari ko’p bo’ladi. Tiniq suvda xech qanday zarralar aralashmasi bo’lmaydi. Yer osti suvlari ayrim hollarda temir, vodorod sulfid qo’shilishidan to’q zangori tusda, botqoqlikda esa organik kislotalar ta’sirida sariq tusda bo’ladi.
Yer osti suvlari asosan xidsizdir. Vodorod sulfid suvlaridan palag’da tuxum, organik kislotalarda botqoq hidi keladi.
Yer osti suvlarining harorati suvli gorizontning yotish chuqurligiga, geografik joylashishiga qarab turlicha bo’ladi. Haroratiga qarab suvlar quyidagilarga bo’linadi; juda sovuq - +50S, sovuq, - +100S, iliq - +180S, iliqroq - +250S, issiq - +370S, qaynoq -+400S. Suvning harorati uning tarkibidagi tuz va gazlar miqdorining oz-ko’pligiga ta’sir etadi. Yer osti suvlarida doim ko’p yo oz miqdorda tuzlar, gazlar va boshqa birikmalar erigan holatda bo’ladi. O’rta Osiyo hududida tarqalgan grunt suvlarining tarkibida erigan tuzlar ko’p miqdorda bo’lganligi uchun ular juda ham sho’rdir.
Yer osti suvlari tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdoriga qarab quyidagilarga bo’linadi; chuchuk suvlar (erigan tuzlar 1 g/l.gacha), sho’rroq suvlar (erigan tuzlar 1 g/l dan 10 g/l), sho’r suvlar (erigan tuzlar 10-50 g/l), namakob suvlar (erigan tuzlar 50 g/l dan ko’p).
Yer osti suvlarida erigan tuzlarning qurilish materiallarini yemirish hususiyatiga agressivlik deyiladi.
Ko’lga quyiladigan daryolar gravitasion oqimni hosil qiladi. Bunday oqimning tezligi quyiladigan daryolar oqimining tezligiga bog’liq bo’ladi va daryolarning quyilish joyida 1-2 m/s ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |