O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
“AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA
YO’NALISHI”
talabasi Saydaliyev Sanjarbek Saidazim og’lining
“ O’yinlar nazariyasi va jarayonlar tadqiqoti ” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 19.07-guruh talabasi Saydaliyev S.
Qabul qildi: Mamatova Z.
Farg’ona – 2022
MAVZU: DINAMIK DASTURLASHTIRISH USULI.BELLMANING FUNKSIONAL TENGLAMASI.
REJA:
1. Dinamik dasturlash haqida umumiy tushunchalar.
2. Dinamik modellarda optimallik tamoyili.
3. Bellmanning funksional tenglamalari.
4. Mavzuga doir testlar.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Dinamik dasturlash haqida umumiy tushunchalar.
Chiziqli va Chiziqsiz dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayonlar vaqtga bog‘liq emas deb qaraladi, shuning uchun masalaning optimal yechimi rejalashtirish-ning faqat bir bosqichi uchun topiladi. Bunday masalalar bir bosqichli masalalar deyiladi.
Dinamik dasturlash masalalarida iqtisodiy jarayonlar vaqtga bog‘liq deb qaraladi hamda butun jarayonning optimal rivojlanishini ta’minlovchi bir qator (ketma-ket, har bir bosqich uchun alohida) optimal yechimlar topiladi. Dinamik dasturlash masalalari ko‘p bosqichli yoki ko‘p qadamli deb ataladi.
Dinamik dasturlash – vaqtga bog‘liq va ko‘p bosqichli boshqariluvchi iqtisodiy jarayonlarni optimal rejalashtirish usullarini o‘rganuvchi matematik dasturlashning bir bo‘limi hisoblanadi.
Agar iqtisodiy jarayonning kyechishiga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, bunday jarayon boshqariluvchi deb ataladi. Jarayonning kyechishiga ta’sir etish uchun qabul qilinuvchi qarorlar (yechimlar) to‘plamiga boshqarish deb ataladi. Iqtisodiy jarayonlarda boshqarishni rejalashtirishning har bir bosqichida vositalarni taqsimlash, mablag‘ ajratish va boshqalar bilan ifodalanishi mumkin. Ixtiyoriy korxonadagi ishlab chiqarish – boshqariluvchi jarayon. Rejalashtirish davridagi har bir yil boshida xomashyo bilan ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zgartirish, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.
Demak, iqtisodiy jarayonlar har bir davrda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi, bir qancha bosqichlardan iborat deb qaralishi mumkin. Ko‘p bosqichli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirish uchun har bir oraliq bosqichda alohida qaror qabul qilishda, butun jarayonning tub maqsadi ko‘zlanadi. Butun jarayonning yechimi o‘zaro bog‘langan yechimlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. O‘zaro bog‘langan bunday yechimlar ketma-ketligi strategiya deb ataladi. Avvaldan tanlangan mezonga nisbatan eng yaxshi natijani ta’minlovchi strategiya optimal strategiya deyiladi. Boshqacha aytganda optimal strategiya ko‘p bosqichli iqtisodiy jarayonning optimal rivojlanishini ta’minlovchi strategiyadir.
Ko‘p bosqichli jarayon deb, vaqtga bog‘liq ravishda rivojlanuvchi va o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlarga bo‘linuvchi jarayon tushuniladi.
Ko‘p bosqichli iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni yagona matematik modelini yoki bo‘lmasa, har bir bosqichga mos keluvchi statik modellar tizimini tuzib, so‘ngra uni dinamik dasturlash usullari bilan yechish lozim.
Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida rejalashtirish, boshqarish ishlarida matematik usullarni qo’llash bilan bir qatorda tezkor boshqarishning tarmoq modellaridan ham keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |