Nazorat uchun savollar
1. XX asming birinchi yarmidagi xalqaro ahvol sport va olimpiya harakatiga qanday ta’sir o‘tkazdi?
2. Xalqaro sport harakatida qanday yangiliklar yuz berdi?
3. Xalqaro ishchilar sporti harakatida qanday yangiliklar vujudga keldi?
4. Bu davrda o'tgan Olimpiya o'yinlarining asosiy xususi- yatlari nimada?
5. Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi sportchilaridan kim- lami bilasiz?
6. XX asming birinchi yarmidagi XOQ prezidentlari kimlar edi?
7. Olimpiya ramzlari va belgilari nimalardan iborat?
8. Olimpiya kongresslari va ulardagi muhokama qilingan asosiy masalalar nimalardan iborat edi?
9. Olimpiya g‘oyalari qanday qilib kengaydi?
6-MAVZU. O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport taraqqiyoti tarixi. O‘zbekiston mustaqilligi davrida (1991—2005) jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining tarixiy xususiyatlari.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Eng qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati haqidgi manbalar.
2. Chor Rossiyasi va Sovetlar hukmronligi davrlarida jismoniy tarbiya va sport.
3. Ko’p bosqichli ommaviy sport tadbirlarining sog’lomlashtiruvchi va tarixiy ahamiyati.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yo'nalishida jismoniy tarbiya va sport.
1. Eng qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati haqidgi manbalar.
Hozirgi O‘zbekistonning hududlari va unga yaqin bo‘lgan qo‘shni mamlakatlaming (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Toji- kiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va h.k.) deyarli ko‘p joy- larida istiqomat qilgan qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy- madaniy turmushi, ayniqsa, turli marosimlar, an’analar, bay- ram-sayllami o‘tkazishda kurash, ot o'yiniari, dorboz, hara- katli o‘yinlardan keng foydalanganlar. Ular haqida «0‘zbekiston xalqlari tarixi», «0‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi» va boshqa ko‘pgina darsliklar, monografiyalar, ilmiy tadqiqotlarning natijalarida batafsil bayon qilingan. Bu yilda sobiq Ittifoq davrida atoqli arxeolog olim Ya.G‘ulomov, tarixchi-matematik akademik Qori-Niyoziy va boshqalaming ilmiy tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. E’tirof etish lozimki, ibtidoiy jamoa tuzumi va keyingi davrlarda jismoniy tarbiyaning vujudga kelish jarayonlarini N.I.Ponomaryev, V.V.Stolbov (sobiq SSSR) kabi iqtidorli rus olimlari izchil o‘rganishlari natijasida qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratishdi. Ulaming mazmunida oz bo‘lsa-da, yurtimiz hududlarida yashagan qadimgi kishilaming jismoniy tarbiyasi tilga olingani ham e’tiborga loyiqdir. Qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmush sharoitida jismoniy tarbiya vositalarining (turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, nayza uloqtirish va h.k.) qo‘llanilishi haqida «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz», shohnoma; «Manas», «To‘maris afsonasi» kabi tarixiy manbalar hamda xalq og‘zaki ijodi guvohlik beradi.
Ibn Sino har bir a’zoning kasalini tuzatish uchun maxsus ’ harakatlar — jismoniy mashqlar borligini eslatadi. Bunda uqalash (massaj) mashqlarini ko‘zda tutadi va ularni quyidagi turlarga bo‘ladi: 1. Gavdani baquwat qiluvchi — kuchli uqalash. 2. Gavdani yumshatuvchi kuchsiz uqalash. 3. Ozdiruvchi — davomli uqalash. 4. Gavdani o'stiruvchi — mo'tadil uqalash. Olimning ta’kidlashicha, uqalash dag‘al yoki yengil bo‘ladi. Dag‘al uqalash dag‘al latta bilan amalga oshiriladi. Yengil uqalashni yengil (yupqa) latta bilan bajariladi. Uqalashlar asosan bo‘shashgan a’zolarni zichlatish, yumsho- qlarini qotirish, dag‘alini mayin qilish va qattiqlarini yum- shatish maqsadida qilinishini bildiradi. Bundan tashqari, badantarbiya bilan bog‘liq uqalashlar to'g'risida ham ta’lim beradi: 1. Badantarbiyaga tayyorlovchi deb atalgan uqalash (sport trenirovkalari, musobaqalari oldidan hozirgi davrda qo'llaniladi). 2. Badantarbiyadan keyin qilinadigan uqalash. Buni badanning o‘z holiga keltiruvchi uqalash yoki tinchlantiruv- chi uqalash deyish mumkin. Bu hoi ortiqcha toliqqan, o‘ta ko‘p og‘ir mashqlar (trenirovka, musobaqa) bajargandan keyin qo‘llaniladi. Ayniqsa, ko‘pkari (uloq), poyga, kurash- dan keyin uqalash mashqlari hayotda ko‘p qo‘llaniladi. Uqalash mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish (maromiga yetkazish), nafas olishni yaxshilash, hazm qilish a’zolarining ish faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘lga solishda muhim ahamiyat kasb etishi allomaning ilmiy-amaliy ta’limida to‘la mazmun topganligining shohid bo‘lish mumkin. Shuni ham eslatish zarurki, Ibn Sino salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashda dam olish, uyqu va me’yorida ovqatlanish hayotiy zaruriyatligini eng asosiy omillardan deb biladi. Ibn Sinoning badantarbiya haqidagi ta’limida eng asosiy o'rinlardan birida kurash turlari turadi. Ya’ni «Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutilishning chorasini qiladi.
Ikkinchisi esa qo'yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tishi kerak, (kurashuvchilar) goh qadlarini tildab, goh egiladilar (kurash) turlari yana ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo‘ynidan. ushlab egish, bir-birovlarining oyoq- larini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi». Ibn Sinoning inson salomatligini jismoniy taibiya vosita- lari bilan yaxshilash va uni kamolotga yetkazishdagi mutafak- kirligi yana shunda ayon bo‘ladiki, u gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar borligini bashorat bilan aniq misol- larda ko‘rsatib bergan. Qo‘l va oyoq harakatlari, ko‘krak va nafas a’zolarining boringki, barcha a’zolaming tabiiy hara- katlarini ishga soluvchi mashqlar majmuasini o‘z asarlarida mujassamlashtirgan. Bunda tovush - og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha a’zolami harakatlantirish (baland-past ovoz chiqarish, tilni chiqarish, tortish, burash, tuflash va h.k.) mashqlarini bergan. Ichki a’zolami ishga tushirish mashqlariga belanchakda uchish, titratish, aravalarda yurish va b.q.ni tavsiya etadi. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tar- biyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda cho'milish, sovuq suvda cho‘milish, suv va ichimliklami iste’mol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umu- man safar (sayohat) vaqtlarida fasllaiga qarab harakat qilish asoslarini ham ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |