Nazorat uchun savollar:
1. Rus davlat idrt qaysi jismoniy mashqlar va o'yinlar turmush sharoitidn o'z ifodasini topgan?
2. Qadimgi ms davlatlarida jismoniy tarbiya qanday amalga oshirilgan?
3. Tibbiyot va pedagogika fanlarida jismoniy tarbiyaga qanday baho berildi?
4. Qachondan boshlab va qaysi o'quv yurtlarida jismoniy tarbiya dars sifatida majburiy o'qitila boshlandi?
5. Rus askarlarida jismoniy tarbiya qanday shakllandi?
6. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning negizida qanday o'quv qo'llanmalari yaratildi?
7. Pedagogika, falsafa va boshqa fanlarning (sohalar) jismoniy tarbiya masalalariga munosabati qanday edi?
8. XIX asming oxirida jismoniy tarbiya va sport qanday holda edi?
9. Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari (N.G.Cher- nishevskiy, N. A. Dobrolyubov va N.I.Pirogov, I.M.Sechyenev va boshqa) qanday rivoj topdi?
10. P.F.Lesgaftning jismoniy tarbiya ta’Iimi va uning hayoti.
11. Rossiyada sport klublarining tashkil etilish sabablari.
12. Rossiya Olimpiya harakatiga qo'shilishi va Rossiyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari haqida nimalarni bilasiz?
5-MAVZU. XX asming birinchi yarmida xalqaro sport va olimpiya harakati. XX asming ikkinchi yarmida xalqaro sport va olimpiya harakati.
Mashgʻulot turi: ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Xalqaro sport harakatining kengayishi.
2. Yozgi va qishgi Olimpiya o'yinlari.
3. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning Prezidentlari. Olimpiya Kongresslari.
4. Olimpiya o‘yinlari.
1. Xalqaro sport harakatining kengayishi.
XX asrning birinchi yarmida jismoniy madaniyat va sport ma’lum darajada rivoj topdi. Xalqaro sport federatsiyalari faoliyati yolga tushib, ancha takomillashdi. Yangidan xalqaro sport uyushmalari tuzila boshladi. XX asrning 20— 30-yillarida tarkib topgan va rivojlangan sport turlari bo'yicha Xalqaro sport uyushmalari (XSU) tashkil topdi. Bunda xalqaro og‘ir atletika sport federatsiyasi (IVF, 1920), ot sporti (FES, 1921), chang'i sporti (FIS, 1924), chim xokkeyi (DIX, 1924), shaxmat (FIRE, 1924), stol tennisi (ITTF, 1926), kamondan o‘q otish (FITA, 1931), alpinizm (UIIA, 1932), basketbol (FIBA, 1932), badminton (IBF, 1934), regbi (FIRA, 1934) kabilar o‘z maqomiga ega bo‘ldi. 1924- yilda Sport matbuoti xalqaro assotsiatsiyasi, 1928-yilda Sport tibbiyoti xalqaro assosiatsiyasi tuzildi. 1920—1941-yillar mo- baynida 43 ta xalqaro sport tashkilotlari tashkil etilgan edi. Ularning 32 tasi sport turlari bo'yicha edi. Xalqaro sport mu- sobaqalarining kalendar rejalari ancha kengaydi. Olimpiya o'yinlari yana tiklanib, davom etdi. Jahon va Yevropa miqyosida ba’zi bir sport turlari bo‘yicha chempionatlami o'tkazish davom etdi. Kalendarlarda 20—30-yillarda xalqaro ishchi olim- piadalari, spartakiadalar, slyotlar, hududiy musobaqalami tashkil qilish boshlandi. Xalqaro talabalar sporti. Sport olamida sifat jihatdan yangi yo‘nalish, ya’ni talabalar sport harakati vujudga keldi. Bunda jahon talabalarining chempionati e’tiboiga loyiqdir. Talabalar sporti Angliya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda keng rivojlandi. Lekin birinchi jahon urushi bunga to'sqinlik qildi. Urushdan keyin bu harakat qayta tiklanadi. 1923-yilda fransuz jamoat arbobi Jon Potijonning tashabbusi bilan Parijda Xalqaro talabalar sport uyushmasi tashkil etildi. U qishki va yozgi Xalqaro chempionatlarni universitetlar orasida o‘tkazishni o‘z zimma- siga oladi. Shu tariqa 1924-yilda yozgi va 1928-yilda qishki sport turlari bo'yicha chempionatlarni o‘tkazishga asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |