Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (agonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika o'yinlari (agonlar) o'mi alohida ajra- lib turadi. Qadimgi Olimpiya o'yinlari Alfey daiyosi vodiysining Peloponiyes yarim orolida joylashgan Elida shahrining Olimpiya qishlog'ida o'tkazib kelingan. Odatga ko'ra, hozirgi davrda Olimpiya mash’alasi Kronos tog'i etagidagi (Olimp tog'ida emas) Olimpiyadan olinadi va Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan shaharlarga yetkaziladi. Olimpiya — olimpizmning yaratilishi markazidir. Eradan awalgi uch minginchi yillar davrida odamlar bu joylaiga ko'chib kelib o'mashgan va zich joylashgan. Gomeming «Iliada» poemasida tasvirlanishicha, Jroya urushida halok bo'lgan Patrokl xotirasiga bag'ishlanib, lining do'sti Axill aravalar qo'shilgan otlar poygasi, mushtlashish, kurash, yugurish, kamondan o'q otish, nayza va disk uloqtirish bo'yicha tadbir (musobaqa) o'tkazgan. Shu tariqa Olimpiya qishlog'i asta-sekin muhim madaniy tadbirlar o‘tkazish markaziga aylangan. Avvalo, bu yerda Gera xudosiga ba- g‘ishlangan bir koshona keyinchalik esa, ya’ni eramizdan av- valgi VII asming ikkinchi yarmigacha Yer onasiga bag‘ishlab katta ibodatxona qurildi. 200 yildan keyin, ya’ni greklaming Olimpiya qishlog‘idan eronlar ustidan g‘alaba qi-lishiga bag‘ishlab Zevs xudosi sharafiga katta namoyish markazi qurilgan. Bu joyda Elida davlati oliy kengashi binosi joylash- gan bo‘ladi. Olimpiyada juda ko‘p ibodatxonalar, uiarda son- sanoqsiz haykallar mavjud bo‘lib, ular turli xudolar, afsonaviy qahramonlar, Olimpiya o‘yinlari chempionlari, podsholar, sarkardalar sha’niga bag‘ishlangan.
Nazorat uchun savollar:
1. Jismoniy mashqlar va o'yinlar qanday paydo bo'lgan?
2. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining qaysi sohalarda ko'proq aks etgan?
3. Onalik hukmronligi davrida jismoniy tarbiya qanday amalga oshirilgan?
4. Jismoniy tarbiya va o‘yinlarning rivojlanishiga sabab nima?
5. Ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorchilik jamiyatiga o'tishda jismoniy tarbiya va o‘yinlarning qanday xususiyatlari boigan?
6. Qadimgi Sharq mamlakatlarida jismoniy madaniyat qanday rivojlangan?
7. Qadimgi Yunon gimnastika tizimi haqida nimalami bilasiz?
8. Sparta va Afina jismoniy tarbiya tizimidagi farqlar nimalardan iborat edi?
9. Olimpiya bayramlari va boshqa o‘yinlar qayerda va qachon o‘tkazilgan?
10. Qadimgi Rim jismoniy madaniyatining xususiyatlari nimalardan iborat edi?
11. Jismoniy madaniyat qadimgi shoirlar, haykaltaroshlar, shifokorlar, notiqlar, faylasuflar tomonidan qanday talqin qilingan?
12. Qadimgi Yunoniston va Rimda jismoniy madaniyat rivojlanishining susayishi va tanazzulga uchrashiga sabab nima?
13. Qadimgi ajdodlaming ijtimoiy turmush sharoiti va unda qo'llanilgan jismoniy madaniyat haqidagi ma’lumotlami tahlil qiling?
Do'stlaringiz bilan baham: |