Математика фанини ўҚитишда замонавий ёндашувлар ва инновациялар модули бўйича


Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida jismoniy tarbiya va sport



Download 0,69 Mb.
bet8/47
Sana16.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#497416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
Tayyor O\'UM JMN 1 sem 1 kurs 2021-2022

2. Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida jismoniy tarbiya va sport.
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an’analaming uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, eski an’analar zamirida yangi an’analar paydo bo‘la boshladi. Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari Hindistonda keng tarqaldi. Bunda kurash, kamondan o'q otish, yugurish, ot o'yinlaridan foyda- lanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yog (hind gim- nastikasi), ya’ni gavdaning harakat me’yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha boshladi. Xitoy. Dehqonlaming «sariq belbog'lar» deb atalgan mashg'ulotlari III—V asrlarda davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki hukmdorlar aholidan qurollarni yig'ib olgan va ulami ishlatishni taqiq- lagan edi. VI asrda Xitoy gimnastikasi (ushu) tez rivoj topdi. Bunda qo'l va oyoqlami ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi hukm- ronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o'q otish qurol- larining paydo bo'lishi bu turlar taraqqiyotini ancha pasay- tirdi. Shunga qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda, shuningdek, ot ustida chavgon yugurish va hindlarga xos xatxa-yog bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan. Yaponiya. O'rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi Samuraylar institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog'liqdir. Samuraylar mayda dvoryanlarning harbiy-feodal tabaqasi bo‘lib, ularning jismoniy tarbiya tizimi (busido) xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-jiyts va karate, bitta yoki ikkita qilich — kendo bilan jang qilish san’ati, nayza ishlata bilish (noginata), piyoda va otda yugurishda kamondan o‘q otish, marosim bellashuvlar, turli xil to‘p o‘yinlari kabi mashqlami o‘ziga mujassamlashtirgan. Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlargacha bu mintaqada inklar, mayya va aSeteklar davlatlari mavjud bo‘lgan. XII asrlarda bu mamlakatlarda ma’lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo‘lgan. Bunda davlat miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil qilingan maktablarda o‘yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishgan. Kamondan o‘q otish, tayoqlami (nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash karatega o‘xshash kurash kabi harbiy- jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilgan. Inklar va aseteklarda uzoq masofalarga yugurish hayotiy ehtiyoj bo‘lib hisoblangan. Ko‘pchilik o‘yinlar va mashqlar bu xalqlaming diniy ma- rbsimlari, urf-odatlari bilan bog‘liq bo'lgan. Shuningdek, qabilalararo o‘yinlar, diniy bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya tizimi abori- gen xalqlaming mehnat, harbiy va hayotiy turmushida katta o‘rin tulgan. Ycvropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qilish, o'ldirish, majburlash kabi harakatlari Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir etgan. Afrika mintaqasidagi xalqlar. 0 ‘rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy ishlar va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy tarbiya oilada, ovchilar tomonidan qabilada va «xudo»lar uyi- da berilgan. Ko‘pincha musobaqalashish shaklida amalga oshirilgan. Bunda kamondan o'q otish va tayoqlami mo‘l- jalga tekkizish (viyel), ustunga kim o‘zarga tirmashib chiqish kabilar qo‘llanilgan. Raqslar bilan birgalikda harbiy mashqlar qo‘shib o‘rgatilgan. Yoshlarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadida oilada yoki «xudo»laming uylarida qabila, urug‘ boshliqlari rahbarligida turli xil an’anaviy marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak uloqtirishdan keng foydalanilgan. O'g'il va qizlardan iborat yoshlarni tarbiyalash tizimida tamtam sadolari ostidagi an’anaviy (ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik mashqlar asosiy vosita sifatida xizmat qilgan. An’anaviy marosimlar kurashsiz, chidam- lilik, epchillik, jasurlikni tarbiyalovchi sport turlarisiz tashkil etilmagan. Bu, o'z navbatida, xalqlaming jipsligi, inoqligi, ahilligini ta’minlashga xizmat qilgan. Bosqinchilik va mustamlakachilik tazyiqi Afrikada milliy jismoniy madaniyatining ancha susayishiga sabab bo'lgan.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish