2-Mavzu: Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik)ni tarbiyalash uchun mashqlar majmuasini tuzish metodikasi.
Mashg’ulot rejasi
1. Kuch sport mashg’ulotida.
2. Tezlik sport mashg’ulotida.
3. Chaqqonlik, egiluvchanlik sport mashg’ulotida.
4. Sportchini tayyorlash alohida istiqbol rejasi.
Agar sportchi biror bir og‘ir ishni bajarayotgan bo‘lsa, u bir muncha vaqtdan so‘ng bu ishini bajarish tobora qiyinlashib borayotganini sezadi. Qiyinchilik oshib borishiga qaramasdan, kishi iroda kuchi xisobiga dastlabki ish shiddatini birmuncha vaqt saqlab turish mumkin. Bunday xolatini kompensatsiyali charchash fazasi deyiladi. Agar, iroda kuchi ortganiga qaramay ish shiddati pasaysa, dekompensatsiyali charchash fazasi boshlanadi.
Ishlash natijasida kishi ishlash qobiliyatining vaqtinchalik kamayishi charchash deb ataladi. Bu qiyinchilik ortishida yoki ishni avvalgidek samarador ravishda bajarish mumkin bo‘lmay qolishda ifodalanadi.
Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so‘n charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlik darajasining xilma-xil bo‘lishidir.
Biror bir faoliyatda charchashga qarshilik kњrsata olish qobiliyatiga chidamlik deyiladi.
Faoliyat turlarining maxsus yo‘nalishiga qarab charchashning bir necha tiplari mavjuddir. Bular aqliy, sensor (xis-tuyg‘u organlariga tushadigan jismoniy yuklamabilan bog‘liq), emosonal va jismoniy charchashdan iborat. Sport trenirovkasi sohasida mushak faoliyati tufayli hosil bo‘lgan jismoniy charchash ko‘proq ahamiyatiga ega, chunki charchash holatidagi faoliyat chidamlilikni tarbiyalashga imkoniyat yaratadi.
Kishi faoliyatining belgilangan shiddatni qachongacha saqlay olishni ko‘rsatadigan vaqt chidamlilikning asosiy o‘lchovidir. Chidamlilik bavosita va bevosita usullar bilan o‘lchanadi. Bavosita o‘lchash usulida tekshirilayotganlarga biror bir topshiriqni bajarish tavsiya etiladi va ish qancha vaqtgacha shiddatli bajarilishi aniqlanadi (M-n: maksimaldan 75% da). Bevosita usulida esa, chidamlilik biror bir uzun masofani (masalan 10.000 metrga yugurish) o‘tish vaqtiga qarab aniqlanadi.
Egiluvchanlik bu harakatlarni katta amplitudada bajara olishdir. Egiluvchanlikning o‘lchamlari katta amplitudada harakat qila olishdir. Ilmiy tekshirish ishlarida egiluvchanlik burchak o‘lchovlarida (gradus, yoki chiziqli o‘lchovlarda metr, sm.larda) ifodalanadi.
Egiluvchanlik mushak va to‘qimalarning elastikligiga bog‘liq. Mushaklarning elastikligi xususiyatlari ko‘p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o‘zgarishi mumkin (masalan: musobaqalar paytida emotsiya orqali egiluvchanlik ortadi). Egiluvchanlik tashqi havo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: harorat ortishi bilan egiluvchanlik ham ortib boradi. Bolalarda kattalarga nisbatan egiluvchanlik yaxshi. Lekin har doim ham shunday emas. Shuning uchun ayrim paytlarda ehtiyotkorlikka e’tibor berish kerak.
Faol egiluvchanlik bevosita mushak kuchi bilan bog‘liq. Biroq, kuchlilikni oshiradigan mashqlar bilan shug‘ullanish bo‘g‘inlardagi harakatchanlikni chegaralab qo‘yishi mumkin. Lekin bu salbiy ta’sirni yengish mumkin: Egiluvchanlikni va kuchlilikni oshiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq ravishda qo‘shib olib borish yo‘li bilan har ikkala fazilatning yuksak darajada rivojlanishiga erishish mumkin.
Sport trenirovkasi jarayonida egiluvchanlikning mumkin qadar ko‘proq rivojlantirishga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlarni erkin bajarilishini ta’minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bundan egiluvchanlikning miqdori harakat bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq (Egiluvchanlik zapasi) bo‘lishi kerak. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun katta amplituda bilan bajariladigan mashqlar (cho‘ziluvchanlikni oshiradigan) qo‘llaniladi. Ular 2 guruxga-faol va passiv harakatlarga bo‘linadi.
Faol mashqlar u yoki bu bo‘g‘imlarda mushaklarning hisobiga ko‘ra harakatlarni amalga oshiradi. Passiv mashqlar esa tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlardir.
Majmua holda bajariladigan bu koordinatsion harakatlar qobiliyatini bir o‘lcham bilan baholab bo‘lmaydi. Baholashda har xil tashqi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bularning ichida nisbatan asosiylari quyidagilar:
a) harakat faoliyatlarining yangi shaklini o‘rganishga sarflangan vaqt. Murakkab vaqtlarni o‘zlashtirishga sarflangan vaqt qancha kam bo‘lsa, shuncha bir xil sharoitda uning koordinatsion harakat qobiliyatlarining rivojlanganligi yuqori bo‘ladi.
Shular qatori faoliyatning,
b) koordinatsion murakkabligi ham hisobga olinadi.
v) harakatlarning aniqligi bir-biridan farq qiladi, ya’ni murakkabligi shakllari, mazmuni bilan, chunki har bir harakatda o‘ziga hos koordinatsion qobiliyatlari, talablari bor. Ular shu qobiliyatlarning o‘lchamlaridir, ya’ni:
a) harakat faoliyatining koordinatsion murakkabligi;
b) harakatning aniqligi;
v) harakatlarni o‘zlashtirib olishga sarflangan vaqtdir.
Demak, koordinatsion qobiliyatlari - bu baholash uchun yagona kriteriyaga ega bo‘lmagan murakkab majmua sifatidir. Koordinatsion qobiliyatlari - bu inson o‘z harakati faoliyatida to‘satdan o‘zgaruvchi sharoit talablariga muvofiq ravishda yangi harakatlarni tezda egallash va tezda qayta qura olish qobiliyatidir. Hayotda va umuman sport trenirovkasida uchratiladigan harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1.Nisbatan stereotip harakatlar - yengil atletika yo‘lkasida yugurish, uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, tennis.
2.Nostereotip harakatlar - sport o‘yinlaridagi harakatlar, yakkama-yakka olishuvdagi, slalomdagi, krossdagi harakatlar.
Stereotip harakatlaridagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o‘rganganligiga bog‘liq. Agar inson o‘zi uchun yangi harakatlarni o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o‘zgartira bilishlari kishining harakatini maqsadga muvofiq qayta qurish uchun sarflangan vaqti bilan ifodalaydi.
Psixologik nuqtai nazardan koordinatsion qobiliyatlar xususiy va sharoit talablariga muvofiq harakatlarni o‘zlashtirishga bog‘liqdir. Koordinatsion qobiliyat tezkorlik va murakkab reaksiyalarning aniqligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
1. Yangi harakat shakllarini bajarish qobiliyatlarini takomillashtirish harakatlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan.
2. Sharoit o‘zgarishiga binoan koordinatsion harakat shakllarini qayta qurish qobiliyatini takomillashtirish.
3. Har xil charchashga olib keluvchi qiyinchiliklarga qarshi koordinatsion harakat shakllarining mustahkamligini oshirish (kooordinatsion chidamliligini takomillashtirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |