Tezkor - kuch sport turlarida: Tortuvchi - bazali-nazorat (zarbdor nazorat musobaqa elementlari) -musobaqa oldi (shlifovkali kutilgan holda). Musobaqa turlarida. Musobaqa-1, musobaqa -2 -o‘rtalik (qayta tiklov tayyorgarlik) musobaqa-3
Musobaqa-1, musobaqa -2 -o‘rtalik (qayta tiklov tayyor-garlik) musobaqa-3 musobaqa-4 va x.k. S.M.Voysexovskiynng (1979) ko‘rsatishiga qaraganda mikrosikl va mezosikllardagi natijalari kelgusi mezosikllarni rejalashtirishga asos bo‘lishi kerak.
Rejalashtirishni an`anaviy metodikasi. Reja - rejani bajarish. Qilingan ishlarning tahlili. Yangi rejani ishlab chiqish.
Parallel rejalashtirish metodikasi. Reja - rejani bajarish, bajarilgan ishning umumiy tahlili
Har kunlik tahlil (parallel ravishda) yangi rejani ishlab chiqish (parallel ravishda) faoliyatga keltiruvchi - faoliyatga o‘rgatish.
2 Harakatlarga o‘rgatish Inson dunyoga kelgandan boshlab harakat qilish uchun asab-mushak mexanizmiga ega bo‘ladi. Odamning tug‘ma harakat imkoniyatlari (bukish, yoyish, imo qilish, yutish va boshqalar) juda cheklan-gan bo‘ladi. Ular tug‘ma yoki shartsiz refleks deyiladi. Shu reflekslar asosida hayot faoliyati jarayonida shartli reflekslar shu jumladan harakat ko‘nikmalari shakllanadi, osil bo‘ladi. Harakatlarni egallash jarayoni bosh miyada harakat dinamika andozasi hosil bo‘lish konuniyati bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu harakatning ayrim davrlari navbatma-navbat amalga oshiriladigan davriy harakatlarga xos xususiyati. Shuning uchun dinamik andozani hosil bo‘lishi fakat davriy harakatlar uchun xosdir.
Insonning harakat faoliyati juda ko‘p xilma-xillikka (o‘zgartirishga) egadir. Yangi tarkibdagi harakatlarning anchagina qismi MAC (markaziy asab sistemasi) ning yuqori egiluvchanligi ekstrapolyatsiya, yani yo‘l-yo‘lakay hosil bo‘ladi. Odamning hayotida uchraydigan turli tuman harakat turlarining barchasiga o‘rgatib bo‘lmaydi. Shu paytning o‘zida biz qancha harakat ko‘nikmalarini egallab borsak yangi harakatlarni o‘rganish imkoniyatimiz ortib boraveradi.
Masalan; futbolchi to‘pni oyoqning turli qismlari bilan turlicha kuch bilan turli o‘yin holatlariga qarab tepa oladi. Unda bunday imkoniyatlar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, har qanday favqulodda holatlarda u shunchalik samara bilan zarba berishi mumkin. Shuning uchun mashqlar faoliyati jarayonida imkoniyatni turli-tumanligini hisobga olib texnik tayyogarlikka katta e’ti-bor beriladi. Bu yerda tezlik kuch harakatni davomiyligi, mashg‘u-lotlar boshida va oxirida harakatlarni bajarish kabilar nazarda tutiladi.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyati jarayoni asosini barcha eng muhim vazifalar hal etishdagi harakat faoliyati sifatidagi jismoniy mashqlar tashkil etadi. Shuning uchun harakat faol-iyatiga o‘rgatish va uni takomillashtirish jismoniy tarbiya, shuningdek sport tayyorgarligining asosi hisoblanadi.
Bu yerda jismoniy mashqlar takomillashuvining ob’ekti sub’ekti va maqsadi sifatida maydonga chiqadi.
Aniqlikni va harakat faoliyati samarasini «tushiruvchi» omilga mavjud bo‘lgan musobaqa faoliyati sharoitida harakat vazifalarini bajarish samaradorligiga talablarni maksimallashtirish sport sohasidagi ta’lim xususiyati hisoblanadi. Harakat faoliyatiga faqat o‘qitayotgan (murabbiy, o‘qituvchi) va o‘qiyotganning (sportchi) o‘zaro munosib intilishi sharoitida o‘rgatish mumkin.
Ta’lim o‘quvchi bilim, malaka, ko‘nikma olishga, o‘kituvchi esa ularni o‘quvchiga berishga ehtiyoj sezgandagina faoliyat sifatida boshlanadi. Bu holatda talim maqsad va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatining boshi bo‘lib qoladi.
Mazkur jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchining roli tubandagicha ma’noga ega bo‘ladi.