Matematika fanidan -siniflar uchun soatlik Darsning texnologik xaritasi



Download 1,37 Mb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#773658
1   2
Bog'liq
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: O`qituvchi:
-Assalomu- alaykum,aziz bolajonlarim,Yaxshi yetib keldingizmi. Darsga tayyor bo`ldingizmi?
O`quvchilar:
-Tayyormiz.
O`qituvchi: Kayfiyatlar qanday?
O`quvchilar: A`lo.
O`qituvchi: Dars davomida sizlarga omad tilayman.
O`quvchilar: Rahmat.
O`qituvchi: Qani menga aytingchi, sinfda kim navbatchi?
Navbatchi hisoboti tinglanadi.
Bugun hafta kunining beshinchisi bo`libdi.
Alloh ushbu kuniga katta nazar solibdi.
Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.
Barcha ezgu-niyatlar ushbu kunni o`zida,
Ijobat ham bo`libdi.
Fasllar haqida so`raladi. Tabiatdagi o`zgarishlar haqida suhbat o`tkaziladi. Tabiatni sevishga , uni asrashga o`rgatiladi.

O`quvchilar quyidagi she`rni aytadilar:
Tabiatjon sen onamiz, Chiroyingga parvonamiz. Sendan chiroy olgan bizlar, Ota- ona, o`q`il-qizlar.
O`quvchilarning ma`naviy bilimlarini tekshiriladi.
-Vatan -nima? Vatanimiz qanday nomlanadi? Vatanimiz bizlarga kimlardan meros bo`lib qolgan? Siz ulardan nima qilishingiz kerak? Yutrboshimiz bizlar uchun barcha shart- sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Shunday ekan bizning burchimiz:
,,Ona O`zbekiston kelajagimiz, A`lo o`qishdir bizning burchimiz.,,

Darsga tayyorgarliklarini tekshiriladi. .
O’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish, guruhlarga ajratish, nomlash, va guruh sardorlarini tayinlash, baholash mezonlari haqida tushuncha berish.

II.O`tgan darsni takrorlash: "Omad loto" o`yini orqali o`quvchilar matematikaga oid bilimlarini sinab, mustahkamlanadi.


O`quvchilarning uy vazifalarini ko`rib chiqiladi va xatolar ustida ishlanadi.
Guruhlarning bilimlarini tekshirish uchun 5 ta shart aytib o`tiladi. Shartlar konvertlarga solinadi. 1-shart.
,,Kvadrat,, guruhi uchun:
28:2= 63:3= 33:3= 88:8=
55:5= 84:4= 62:2= 96:3=
,,To`rtburchak,, guruhi uchun:
48:3= 72:3= 99:9= 78:6=
91:7= 82:2= 84:6= 96:8=
,,Uchburchak,, guruhi uchun:
32:4= 48:6= 56:4= 72:3=
81:3= 84:7= 95:5= 50:2=
2- shart.
,, Zanjir,, usulidan foydalanib , jadval ichida ko`paytirish va jadvaldan tashqari
ko`paytirish, bo`lish bo`yicha savol- javob o`tkaziladi.
3- shart.
Masalalar yechish.
,,Kvadrat,, guruhi uchun:
1-masala.
6 o`ramda 66 metr mato bor. 3 o`ramda necha metr mato bor?
2-masala.
4 ta yashikda 36 kg olma bor. 10 ta yashikda qancha olma bor?
3-masala.
Chinnigullar 14 ta, atirgullar 16 ta .Hamma gullardan 6 tadan qilib, nechta guldasta qilish mumkin?
To`rtburchak,, guruhi uchun:
1- masala.
7 ta qafasda 77 ta qush bor. 3 ta qafasda nechta qush bor?
2- masala.
35 kg un 5 ta haltaga joylangan. 10 ta haltada - ?
3- masala.
Og`il bolalar 18 ta ,qiz bolalar 14 bo`lsa, 4 ta guruhga nechtadan o`quvchi to`g`ri keladi?
,,Uchburchak,, guruhi uchun:
1- masala.
48 kg bodring, 3 ta bankaga tuzlandi. Xuddi shunday 5 ta bankaga tuzlash uchun necha kg bodring kerak?
2- masala.
6 ta savatda 36 kg olma bor. 4 savatda necha kg olma bor?
3- masala.
1- sinfda jami o`quvchi 25 ta, 2- sinfda esa 35 ta o`quvchi bor. 3 ta avtobusga nechtadan o`quvchi chiqadi?
Yangi mavzu bayoni:
1
Yechilishini tushintiring: 36:12=
36 ning ichida nechta 12 borligini topamiz:
12*2=24. Bu kam, 2 to`g`ri kelmas ekan.
12*3=36 Demak: 36:12=3
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo`lishda bo`linmani tanlsh usuli yordamida topish mumkin.

2. Bo‘linmani 2, 3, 4 va 5 sonlari orasidan tanlab, misollarni yeching:
24 : 12 = 2 42 : 14 = 3 60 : 15= 4 75 : 15 = 5
63 : 21 = 3 84 : 21 = 4 56 : 14 = 4 44:11=4
O`quvchilar misollarni guruhlarga ajratib bajaradilar. Misollarni javobini o`quvchilar doskada bajaradilar. O`quvchilar o`z ishlarini tekshiradilar.
3. Kutubxonaga 96 ta kitob olib kelindi. Har bir bog‘lamda 16 tadan kitob bo‘lsa, nechta bog‘lam kitob keltirilgan?
Yechish: 96:16=6
Javob: 6ta bog`lam
4. x – 60 : 3 = 250 20 · x + 45 = 85
X – 20 = 250 20 · x = 40
X = 250 + 20 x = 40 : 20
X = 270 x = 2 Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
5 . Rasm asosida masala tuzing va yeching:
Yechish;
96 : 12 = 8
8 · 3 = 24
J

avob: 24 ta.

6. Feruza texnologiya darsida eni 30 cm, bo‘yi 20 cm bo‘lgan rangli qog‘ozdan eni 15 cm, bo‘yi 10 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak qirqib oldi. Rangli qog‘ozning qolgan qismi yuzini toping.
Yechish;
30 · 20 = 600 sm2 15 · 10 = 150 sm2
600 – 150 = 450 sm2 Javob: 450 sm2
Misollarni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.
V Baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 7 - 8 – misol va masala.

7. Bo`linmani 2,3,4 va 5 sonlari orasidan tanlab misollarni yeching:


22:11=2 65:13=5 60:12=5
38:19=2 45:15=3 88:22=4
8. Velosipedchi har soatda 16 km dan yurub, 96 km masofani bosib o`tdi. U necha soat yo`l yurgan?
Yechish: 96:16=6 Javob 6 soat
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish