Darsning rejasi:
Tashkiliy qismi 3 minut
O‘tilgan mavzuni so‘rash 5- minut
Yangi mavzu matni 10 minut
Mustahkamlash 15 minut
Guruhlarda ishlash 5 minut
Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi
Darsda kerakli jihozlar: 5-sinf matematika darsligi, tarqatma savollar, , kompyuter texnikasi,
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-kasr
-kasr turlari
- tarixiy ma‘lumot
- asosiy xossasi
Dars turi: noan’anaviy
Darsda qo`llaniladigan usul:aqliy hujum, guruhlar bilan ishlash
Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o`tiradilar.
b) salomlashish, davomatni aniqlash;
c) o`quvchilarni darsga tayyorligini ko`rib chiqish.
O‘quvchilar yordamida, o‘z xohishlari bilan guruhlarni nomlab olamiz. Namuna sifatida:
I-guruh. Kasr
II-guruh. To‘g‘ri kasr
III-guruh. Noto‘g‘ri kasr
O`tilgan mavzu bo`yicha savol-javob ( 5 daqiqa).
O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni
guruhlar boshlig`i chiqib tanlab oladilar.
1-savol:Kasr deb nimaga aytiladi?
Javob: a/b ko‘rinishdagi sonlar kasr son deyiladi
2- savol: To‘g‘ri kasr deb nimaga aytiladi?Kunning ¾ qismi o‘tdi.Soat necha bo‘ldi? Bunda o‘quvchilarda matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi shakillanadi.(O‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish;arifmetik amallarni bajarishda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish;)
Javob: Maxraji katta, surati kichik bo‘lgan kasr, to‘g‘ri kasr deyiladi.Soat 1800.
3- savol: Noto‘g‘ri kasr deb nimaga aytiladi?
Javob: Surati katta, maxraji kichik bo‘lgan kasr noto‘g‘ri kasr deyiladi
4-savol:Aralash kasrlar qaysi kasrdan hosil bo‘ladi?Sinfda o‘quvchilarning 2/5 qismi kelmagan, agar sinfda o‘quvchi soni 30 nafar ekanligi ma‘lum bo‘lsa, kelmagan o‘quvchilar sonini toping? Matematik tushunchalarni tasavvur qilish va anglash kompetensiyasi shakillanadi (matematik tushunchalar to‘g‘risida aniq tasavvur qilish va anglash; matematik nutqini rivojlantirish;)
Javob:Noto‘g‘ri kasrdan kelib chiqadi.12 nafar o‘quvchi
5-savol: Qanday kasrga birga teng bo‘gan kasr deyiladi?
Javob: Surati va maxraji bir-biriga teng bo‘lgan kasrga aytiladi.
6-savol: Qanday kasr nol kasr deyiladi?Atlas 10 metr. 2/5 qismi ko‘ylak tikishga ishlatilgan bo‘lsa, necha metr atlas qirqib olingan? Matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi(O‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish; arifmetik amallarni bajarishda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish;)
Javob:Surati nolga teng bo‘lgan kasrga aytiladi.4m atlas qirqib olingan
O’tilgan ochiq darsdan foto lavhalar
Do'stlaringiz bilan baham: |