Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Yosh tarbiyachilarga metodik yordam



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

Yosh tarbiyachilarga metodik yordam 
 
Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir ish kunlar hisoblanadi. Bolalarda ularning 
yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg‘otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, 
qat’iyatsizlik ko‘rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho‘chisa, bolalar 
buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo‘lmaydi, «gruppani eplolmaydi» deyishadi
bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, 
xatto o‘zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish 
kerak? Eng avvalo uni tajribali, bilimdon, bolalarii va o‘z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan 
gruppaga yo‘llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini 
ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdik yordam bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlod 
istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab 
ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, 
aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim 
olishga /maktab bog‘chaga/ tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish 
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘lishidan 
qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan 
minimal talablar. 
Maktabgacha yoshdagi bola ta’limini bola o‘rganayotganini tushuna oladigan qilib ko‘rish kerak.


Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga guruch solingan tog‘orachani 
qo‘yamiz. Bolaga shu tog‘orachadan 5 qoshiq rypuch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu 
vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq guruchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga «Endi olgan
guruchingni tog‘orachaga qaytarib sol va sana» deymiz.
Maktabgacha yoshdagi bola guruchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay 
darajada to‘laligiga mutlatqo e’tibor bermaydi. Bola to‘rtgacha sanagandan keyin «Necha qoshiq guruch 
qoldi?» - deb so‘raymiz. «Bir qoshiq- deb javob beradi u. Tekshirib ko‘rishni taklif qilamiz: Bola bilan 
birga guruchni qoshiqqa (to‘ldirib) solamiz. Guruch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo‘ldi, degan savol 
bolani boshini berk ko‘chaga tiqib qo‘yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo‘lgan 
ma’lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da.
Bolani sanashga qanday o‘rgatish kerak? Sanoq bola uchun ma’lum tartibda yodlab olingan 
so‘zlar majmuasi bo‘lmay, balki sanash sonning mazmunini bilganlikka asoslanadigan bo‘lishiga 
qanday erishish mumkin?
Eng sodda va samarali metod- predmetlarni qayta sanashdir. Buning uchun maxsus 
mashg‘ulotlarni tashkil qilishning hojati yo‘q. Bolaning kattalar bilan muloqoti vaqtida, bolalar o‘yinlari 
vaqtida sanoq bo‘yicha mashqlar uchun imkoniyatlar ko‘p. «Uy oldida nechta daraxt o‘smokda? 
Gulpushtada nechta gul ochilgan? Mashinalar turadigan joydagi qizil mashinalar nechta? Qutidagi 
qalamlar nechta? Beshta tarelka, beshta qoshiq keltir. Nechta odam choy ichsa, shuncha piyola keltir 
(qo‘y)». 
Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin bilan mustahkamlash mumkin. Boladan 
ko‘zlarini yumishini so‘rang, o‘zingiz esa bip necha marta chapak chaling yoki bolg‘acha bilan stolni bir 
necha marta yping. Bola ko‘zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanash, 
stolda qancha predmet turgan bo‘lsa, shuncha marta chapak chalish, bolaning o‘zi nechani o‘ylagan 
bo‘lsa, shuncha marta o‘tirib- yoki sakrash va so‘ngra shu sonni aytish, ular oldiga qo‘ygan 
predmetlaringizni sanash, xonadagi bir xil predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar,gullarni va 
boshqalarni) sanash. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish