Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Bolalarda natural son qatori haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish xususiyatlari



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,87 Mb.
#520905
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133
Bog'liq
MTSH majmua

Bolalarda natural son qatori haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish xususiyatlari

Bolalar 5-6 yoshga kelib, sanoq operatsiyasini o’rganib olgandan so’ng sonlarning ketma-ketlik 
munosabatini ongli ravshda o’zlashtira boshlaydi. Bolalar uchun har bir son, o’zidan oldin kelgan 
sondan bitta katta va o’zidan keyin kelgan sondan bitta kichik ekani aniq bo’la boshlaydp. Bu esa 
bolalarning sonlar orasidagi munosabatlarni tushunishi, natural sonlar qatorini qat‘iy bir tizim ekanini 
egallashga yordam beradi.
Natural son qatori “Qancha?” degan savolga javob beradi. Sonlarning tarkibiy birikmalardan 
iborat ekanligni, sonlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatadi. Natural sonlar qatori quyidagi 
xususiyatlarga egadir.
1.
Bir son hech qanday sondan keyin kelmaydi.
2.
Har bir sondan keyin bittagina son keladi. Masalan: 3 sonidan keyin 4 soni.
3. Har bir son bir-biridan birga ko’p yoki birga kam bo’ladi: 3 soni 4 sonidan 1 ga kam, 4 soni 3 
esa 1 ga ko’p.


Natijada bolalarninig fikrlash jarayoni, aqliy taraqqiyoti mukammallashib, aniq materiallar 
bilangina amal qilishdan abstrakt tushunchalarga o’tiladi, ya‘ni sonlarning o’zi bilangina amal qila olish 
imkoniyati tug’iladi.
Ilmiy tadqiqot natijasida, mavjud bo’lgan ayrim nazariy vaziyatlarni umumlashtirib quyidagi 
xulosaga kelish mumkin.
1. Yosh bolalarning turli to’plamlar bilan mashg’ul bo’lishidagi amaliy faoliyati davrida ayrim 
elem yentlardan tashkil topgan to’plamlarni butun bir ob‘ekt shaklida tasavvur qiladi. Bu hol bolalarning 
3 yasharligida sodir bo’ladi, bu davrda bolalar ongida to’plamlar tushunchasini tarkib toptirish vazifasi 
ko’ndalang turadi. Bolalar bu davrda bir to’plam elementlarini ikkinchi to’plam elementlaridan bir 
qiymatli moslikda qo’yish malakalarini egallashi, to’plamlar elementlari orasidagi miqdoriy tenglik yoki 
tengsizlik bilan tanishib, «tenglik» tushunchasini o’zlashtirishi lozim.
2. Bolalarda tarkib topgan ko’pliklar tushunchalari elementlarni bir-biriga mos munosabatda qo’ya 
bilishni o’rganishdagi amaliy ko’nikmalariga asoslanib, 4 yoshdagi bolalar guruhida sanoqqa 
o’rgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi.
Bu davrda bolalar ikki to’plamni birini-biriga solishtirib ko’rish malakasini egallaydilar va sanoq 
protsessida yakunlovchi (natijaviy) sonning ahamiyatini tushuna boshlaydilar.
3. Bolalarda to’plamlar tasavvuri shakllanishi turli analizatorlar ishtirokida bo’lishini hisobga olib, 
eshitish orqali tovushlar to’plamini, ko’rish orqali narsalar va hodisalar to’plamini paypaslab, mayda 
muskullar yordamida ko’rinmaydigan narsalar to’plamini miqdoriy qabul qilish malakalarini 
tarbiyalovchi sharoitlarni mavjud qilish zarur. 4-5 yashar bolalar gruppasida, turli analizatorlar 
yordamida bolalarning sanoq malakalarini yana ham oshirish bilan, ularga qator sonlar orasidagi to’g’ri 
va teskari munosabatlar tushuntiriladi. Bunday qilishga turli to’plamlarni solishtirish orqali erishish 
lozim.
4. 6 yashar bolalar guruhida qo’shni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham 
chuqurlashtirilib, bolalar son, funksiyani bajarishi, ya‘ni miqdorni va tartibni ko’rsatishi bilan tanishadi. 
Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qat‘iy bir sistemada bo’lishi tushunchasi shakllanib, har bir 
sonning tarkibi o’zidan kichik ikki sondan iborat bo’lishi ham o’rgatiladi. Bu tariqa ber ilgan 
ma‘lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o’zlashtirishga tayyorlaydi.
5. Bolalarga ta‘lim berish dastursidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan 
bog’liq bo’lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, ya‘ni hisob faoliyatiga ko’chish imkonini 
tug’diradi.
Miqdor va sanoq
. O'tilganlarni takrorlash.Ma'lumki, 5 ichida bo'lgan teng va teng bo'lmagan (bitta 
ko'p yoki bitta kam) miqdordagi narsalarning ikki to'plamini taqqoslash bolalarga birinchi beshlik 
sonining qanday tashkil topishini eslatish imkonini beradi. 
Teng, teng emas, ko'p, kam va sanoqning nisbatlarini aniqlash uchun ikki guruh predmetlarini 
birma-bir taqqoslash usullarini bolalar ongiga yetkazish maqsadida to'plamlarni tenglashtirishga oid 
topshiriqlar beriladi, masalan: «Hamma bolalarga yetadigan piyolalar olib kel»,— va hokazo. 
Bolalarni narsalarni tartib bilan chapdan o'ngga qarab sanashga, sanoq yakunining nomini aytishga 
o'rgatish sanoq ko'nikmalarining mustahkamlanishiga olib keladi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish