Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Matematik o‘yinlar va ularning bolalarda tenglik va tengsizlik haqidagi tasavvurlarini mustahkamlashdagi ahamiyati



Download 190,54 Kb.
bet6/11
Sana15.12.2022
Hajmi190,54 Kb.
#886612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
To‘plamlarning tengligi va teng emasligi haqidagi tasavvurlarini

2.2. Matematik o‘yinlar va ularning bolalarda tenglik va tengsizlik haqidagi tasavvurlarini mustahkamlashdagi ahamiyati


O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy faoliyati hisoblanadi. O‘yin bolaning har tomonlama rivojlanishi bog‘cha yoshidagi bolaning xususiyati va o‘z-o‘zini baholashini hisobga olgan holda vositasi sifatida foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb masala bo‘lib turibdi.


O‘yin faoliyat sifatida matematik tasavvurlarni shakllantirish masalalarini muvaffaqiyatli hal etadi, chunki unda na faqat o‘yin malakalari va mahnolarining yuqori darajasiga erishishga balki bolalarni matematik bilimlarini va amaliy tajribasini sinab ko‘rishga mashq qilishga imkon beradigan qoidalar va masalalar ishtirok etadi.
Sonlar va ular orasidagi munosabatlarni, vaqt va fazo haqidagi bilimlar, hamda ularning bilishi funktsiyalari(xotira, tafakkur, nutq, fikrlash) o‘yin shaklida oson rivojlanadi va o‘zlashtiriladi. SHu bilan birga bolaning shaxsi shakllanadi, ezgulik, mehribonlik, do‘stlik, rostgo‘ylik, haqqoniylik, ziyraklik, iroda kabi axloqiy fazilatlar shakllanadi. O‘yinning ijobiy tahsiri va uning to‘g‘ri tashkil etilishi ko‘p jihatdan pedagogning shaxsiyatiga, uning o‘yinni to‘g‘ri yo‘naltira olishiga, uning tarbiya vositasi sifatida foydalana olish qobiliyatiga bog‘liq.
Har bir o‘yin bolaning kattalar bilan, boshqa bolalar bilan muloqotini nazarda tutadi. Bu – hamkorlik maktabi, unda u o‘qiydi va tengdoshi muvafaqqiyatiga quvonadi va muvafqiyatsizliklarini mardona boshidan o‘tkazadi. Bir-birining bilimlar bilan, qiziqarli mahlumotlar bolalarni yaqinlashtiradi va ularning umumiy qiziqishlarini aniqlab beradi. Bir- biriga do‘stona munosabat, qo‘llab quvvatlash,o‘ylash va fantaziyaning quvonchli vaziyati–bunday sharoitlarda o‘yinlar maktabgacha yoshdagilarning rivojlanishi uchun foydali bo‘lib hisoblanadi.
Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini o‘stirishda nutq muhim rolg‘ o‘ynaydi. Shuning uchun 5-7 yoshdagi bolarga mo‘ljallangan o‘yinlar orasida juda so‘z o‘yinlar uchraydi.Ularning ba'zilari mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
O‘yinda bolalar o‘zlarining ijtimoiy huquqlarini amalga oshirib, o‘yin qoidalarni bayon etishni va ularga rioya qilishga o‘rganadilar, ularning raqiblar tomonidan bajarilishini nazorat qiladilar, muloqot qiladilar, bahsli vaziyatlarda o‘z nuqtai nazarini himoya qiladilar, boshqalar manfaatlarini hisobga oladilar, bir-birlarini o‘zaro o‘rgatishga harakat qiladilar. O‘yin qoidalari qanchalik yaxshi tushuntirilishi o‘yin muvafaqqiyatini hal etadi.
Barcha bolalar o‘yin qoidalarini o‘rganib olganlariga ishonch hosil qilgach pedagog ularga o‘yinni mustaqil o‘ynashlarini taklif etadi.
O‘yin tanlashda u unchalik qiyin bo‘lmasligi va unchalik ham oson bo‘lmasligiga ehtibor berish zarur - mana shunday holda o‘yin bolalarga quvonch va foyda keltiradi.
Taklif qilinayotgan o‘yinlarda murakablashuvchi o‘yin masalalari uchraydi. O‘yin tashkil etayotib, pedagog bolalarga jiddiy ehtibor qilishi lozim: agar ular tez va oson topshiriqlarni bajarsa, yanada murakabroq topshiriqlarni taklif etish mumkin.
Matematik o‘yinlar tashkil etish shakllari turlicha jamoaviy (“Tushib qolgan sonni ayti”, “ Nechta va qancha”); bolalarning unchalik katta bo‘lmagan guruhi ( guruhlarga faol bolalar, faol bo‘lmagan bolalar bilan birlashtiriladi: ular o‘z o‘rtoqlariga taqlid qiladilar va topshiriqlarni oson bajara boshlaydilar)(“ Olmalar”, “Qayer o‘ng, qaer chap?”); raqobatli (“Qaysi raqam yo‘qoldi?, “Buni boshqacha bajaring”)
Raqobatli o‘yinlarda o‘yin juftligida ikkalasi ham faol. Biri raqibiga tushunarli holda topshiriqni bayon etadi. Ikkinchisi topshiriqni diqqat bilan tinglashi va to‘g‘ri javob berishi o‘yinlarni xonada ham ( “Men aytganday yoyib chiq”, “Sana-xato qilma”) ochiq havoda ( “Ha yoki yo‘q”,” Yil hisobi”) o‘tkazish mumkin.
Turli tuman o‘yin jihozlari bolalarning o‘yinga qiziqishini oshiradi, matematik amallar bilan bog‘liq o‘yin amallarini bajarishlariga rag‘batlantiradi.
Tarbiyachi «Topshiriq» o‘yinini tashkil qilishi mumkin, bu o‘yinda bolalar to‘plamni aniqlashni, buyumlarni mustaqil tanlashni o‘rganadilar. Bu o‘yin uchun buyumlar birlik va ko‘plikda berilmog‘i lozim, masalan, birinchi stolga bitta, ikkinchi syulga ko‘p o‘rdakcha qo‘yish mumkin. Bolalar tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra oldin ko‘p, keyin esa bitta o‘rdakchani olib kelishadi. Topshiriqni qiyinlashtirish ham mumkin: bir stolning o‘ziga bitta archa va ko‘p qo‘ziqorin qo‘yish mumkin. Bu galda bolalar o‘yinchoqlarni olib kelmaydilar. balki stolga yaqin kelib, unda nimalarni ko‘rayotganlarini gapirib berishadi.
O‘yinchoq guruhlarini tobora har xil joyga, ya’ni: stollarga, deraza tokchalariga, gilamga joylashtirish mumkin. Topshiriqni bajarishda oldin bolalarning e’tiborini xonaning alohida joylariga (deraza tokchasi, gilamning o‘ng tomonidagi burchak va b.) qaratish kerak, shundan keyin ularning o‘zlari ham yaxshi mo‘ljal ola boshlaydilar.
Bolalar avval «Ko‘p gullar», «Bitta daraxt» kabi sodda gaplardan foydalanadilar. Keyin ular ikkita sodda gapni bitta qo‘shma gapga birlashtirishni o‘rganadilar: «Gullar ko‘p, daraxtlar esa bitta».
«Bitta» va «ko‘p» tushunchalarini mustahkamlash uchun har xil usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalarga ko‘p marta chapak chalishni, bir marta baland sakrashni, bolg‘a bilan ko‘p marta taqillatishni, so‘ngra tarbiyachi bolg‘a bilan necha marta taqillatgan bo‘lsa (2-3 martadan ko‘p emas), shuncha marta taqillatishni taklif qilish mumkin. Ritmik, bir tovushni ikkinchisidan ajratib taqillatish kerak. Agar bolalar 2-3 ta tovushni ajratishga qiynalishsa, u holda har qaysi urishdan keyin: «Bir, yana bir, yana bir» deyish kerak.
O‘yinchoqlar va buyumlar bilan didaktik o‘yinlar bajarish ma’qul, bu o‘yinlar jarayonida bolalar «bitta» va «ko‘p» tushunchalarini bir-biridan farq qilishni o‘rganadilar.

Download 190,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish