egallashga yordam beradi. Natural son qatori qancha? Degan savolga javob beradi.
Sonlarning
tarkibiy
birikmalardan
iborat
ekanligni,
sonlar
o‘rtasidagi
munosabatlarni ko‘rs atadi. Natural sonlar qatori quyidagi xususiyatlarga egadir.
1. Bir son hech qanday sondan keyin kelmaydi. 2-dan,
har bir sondan keyin
bittagina son keladi. Masalan: 3 sonidan keyin 4 soni. 3. Har bir son bir-biridan
birga ko‘p yoki birga kam bo‘ladi: 3 soni 4 sonidan 1 ga kam, 4 soni 3 esa 1 ga
ko‘p.
Natijada bolalarninig fikrlash jarayoni, aqliy taraqqiyoti mukammallashib,
aniq materiallar bilangina amal qilishdan abstrakt tushunchalarga o‘tiladi, ya’ni
sonlarning o‘zi bilangina amal qila olish imkoniyati tug‘iladi.
Ilmiy tadqiqot
natijasida, mavjud bo‘lgan ayrim nazariy vaziyatlarni umumlashtirib quyidagi
xulosaga kelish mumkin:
1. Yosh bolalarning turli to‘plamlar bilan mashg‘ul bo‘lishidagi amaliy
faoliyati davrida ayrim elementlardan tashkil topgan to‘plamlarni butun bir obyekt
shaklida tasavvur qiladi. Bu hol bolalarning 3 yasharligida sodir bo‘ladi, bu
davrda bolalar ongida to‘plamlar tushunchasini tarkib toptirish vazifasi ko‘ndalang
turadi. Bolalar bu davrda bir to‘plam elementlarini ikkinchi to‘plam
elementlaridan bir qiymatli moslikda qo‘yish
malakalarini egallashi, to‘plamlar
elementlari orasidagi miqdoriy tenglik yoki tengsizlik bilan tanishib, «tenglik»
tushunchasini o‘zlashtirishi lozim.
2. Bolalarda tarkib topgan ko‘pliklar tushunchalari elementlarni bir-biriga
mos munosabatda qo‘ya bilishni o‘rganishdagi amaliy ko‘nikmalariga asoslanib, 4
yoshdagi bolalar guruhida sanoqqa o‘rgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi.
Bu davrda bolalar ikki to‘plamni birini-biriga solishtirib ko‘rish malakasini
egallaydilar va sanoq jarayonida yakunlovchi (natijaviy)
sonning ahamiyatini
tushuna boshlaydilar.
3. Bolalarda to‘plamlar tasavvuri shakllanishi turli analizatorlar ishtirokida
bo‘lishini hisobga olib, eshitish orqali tovushlar to‘plamini, ko‘rish orqali narsalar
va hodisalar to‘plamini paypaslab, mayda muskullar yordamida ko‘rinmaydigan
narsalar to‘plamini miqdoriy qabul qilish malakalarini tarbiyalovchi sharoitlarni
mavjud qilish zarur. 4-5 yashar bolalar guruhida, turli
analizatorlar yordamida
bolalarning sanoq malakalarini yana ham oshirish bilan, ularga qator sonlar
orasidagi to‘g‘ri va teskari munosabatlar tushuntiriladi. Bunday qilishga turli
to‘plamlarni solishtirish orqali erishish lozim.
4. 6 yashar bolalar guruhida qo‘shni sonlar
orasida munosabatlarni
tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funksiyani bajarishi, ya’ni
miqdorni va tartibni ko‘rsatishi bilan tanishadi. Bu
bilan bolalar ongida sonlar
qatori qat`iy bir sistemada bo‘lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi
o‘zidan kichik ikki sondan iborat bo‘lishi ham o‘rgatiladi. Bu tariqa ber ilgan
ma’lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
5. Bolalarga ta’lim berish dastursidagi bunday izchillik tartibi bolalarni
konkret narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash,
ya’ni hisob faoliyatiga ko‘chish imkonini tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: