Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nibsatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning bpripchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturnnng bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “o’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik to’ldiradi. Mana shuning uchun xam bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida xam davom ettiriladi.Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturning yangi vazifasiga - boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga - o’tish uchun zarur asos bo’ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasiga bilgandagina mumkin bo’ladi. Bola xayolan bu sxemani boshqa ob’ektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik buyicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol xarakat kilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini xarakterli detallarga karatadi. Masalan, mashina karalayotgan bulsin; oldinda kabina, orkada kuzov, pastda oldingi va keyingi gildiraklar. Buyumlar tasvirlangan kirkma rasmlar, kubchalar mustakil ravishda detallardan (kismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni ob’ektning fazoviy buyumlarini (ustida-ostida, tagida-yukorisida, oldidan-orkasidan, bir tomoni - yon tomonidan va ikkinchi tomonidan) uzlashtirish imkonini beradi. Bolalar xali ob’ektning ung va chap tomonlarini farklay olishmaydi; bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda uzlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy xarakteristikasini tushunish kisman uzlashtiriladi. U xolda, deb suraladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan muljal olishga urgatish zarurmi? “Uziga” nisbatan muljal olishning uzi yetarli bulishi mumkinmi?
15.Rejalashtirish turlari.
Har qanday korxonada rejalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bir vaqtning o'zida hamma narsani qoplamaslikka harakat qiling. Zarur bo'lgan har tomonga e'tibor berish muhimdir. Sizni sifatli natijaga erishish uchun tashkil etish va amalga oshirish uchun uni yanada osonroq va tushunarli qilish uchun ish rejasini tuzishga qaror qilindi. Bunga asosan rejalashtirishning umumiy turlari va shakllari qabul qilindi va shartli qilindi. Masalan, strategik, taktik va operatsion. Taqvim kabi yana bir qo'shimcha rejalashtirish mavjud. Turli sohalarda foydalanish mumkin, bu maktabda rejalashtirish turlari va biznesni rejalashtirish turlari uchun juda yaxshi. Rejalashtirishning maqsadi, turlari va usullari Strategik rejalashtirish turlari - bu istiqbolli rejalashtirish, bu rejalashtirish korxona maqsadlarini amalga oshirish va maqsadlariga erishish uchun harakat yo'nalishini ko'rsatmoqda. Strategik rejalashtirish boshqa usullardan sezilarli farq qiladi, ya'ni: Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma R.) (qarang Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada R. davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-yillar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ R., yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi R. amalga oshirila boshladi. Bunday R. Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-yillariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-yillar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i.ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va boshqalarning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi. Bu umumiy rejalar tizimi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish rejaprognozlarini ham oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha tanlangan ustuvorliklarni moliya va sanoat guruhlari, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari va boshqa manfaatli guruhdar bilan kelishib olish tartibi indikativ R.ning tarkibiy unsuri hisoblanadi. Xuddi shu mexanizmlar muayyan davr davomida davlat boshqaruvidagi bunday shaklning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini taʼminladi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab boshqarishni markazlashtirmaslik jarayonlari taʼsirida indikativ R. tizimi parchalanib ketdi va uning oʻrniga uzoq muddatli strategik rejalashtirish usuli qaror topdi. Davlatning R. faoliyatida davlat buyurtmalari (qarang Davlat buyurtmasi), kontraktlar tizimi vositasida amalga oshiriladigan biron-bir tarmoqni rivojlantirishga doir umumiy va maxsus davlat dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot harakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi. Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006 yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010 yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va boshqa oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi.
16.Bolalarning arifmetik masalalarni tushinishining o’ziga xos xususiyati.
Bolalar masala tuzilishini, masalalarni mustaqil tuzishni savollarga to`g`ri javob berishni o`rganib olganlaridan keyin ularni arifmetik amallarni (qo`shish va ayirishni) ifoda etishga o`rgatish mumkin. Bolalar «Masalani echish uchun nima qilish kerak?, Siz masalani qanday echdingiz?» - kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlay olish hamda olingan natijani tushintira olish ko`nikmasini o`stirish muhimdir. Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda bolalar birinchi sinf o`quvchilari masala echishda foydalanadigan metodlarni elallab olsinlar. Masala muayyan sxema asosida tahlil qilinadi. Namunaviy savollar: «masalada nima haqida gapiriladi? Nima deyilgan? Nechta? (Masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular o`rtasidagi munosabatlar aniqlanadi). Biz nimani bilamiz? (Nima ma'lum?) Biz nimani bilmaymiz? (Nima noma'lum?) masalani echish uchun nima qilish kerak? Predmetlar soni ko`paydimi yoki kamaydimi? Shunday qilib masalani echish uchun nima qilish kerak?» Bolalar arifmetik amallarini ifoda etib, masala savollarga to`liq javob beradilar hamda echimning to`g`riligani tekshiradilar. Mashg`ulot oxirida muayyan harakat qanday mio`doriy uzgarishlarga olib kelganini — natijada miqdor ko`paygaiini ta'kidlash zarur. Har bir bola masalani takrorlash, uning elementini ajratib olish, tanlangan harakatni tushuntirish ko`nikmasini egallab olishi kerak. Yig`indini topishga 1 ta mashg`ulot bag`ishlanadi, so`ngra bolalar: qoldiqni toshishga, ya'ni hisoblash harakatlarini ifoda etishni, o`rganadilar. Masalani tahlil qilish ham qo`shish amalini ifoda etishdek o`tiladi. Tarbiyachi oxirida «6 dan 1 ni ayirsak, 5 qoladi», deydi. Bolalar hisoblash ifodasini taqqoslaydilar. O`qituvchi (tarbiyachi) ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi sonni ayirish kerakligini so`zlab berishlarini aytadi. Bolalarning nima uchun ayirish kerakligini va ayni barakat qanday miqdoriy o`zgarishlarga (soni kamaydi) olib kelganini tushunib olishlari muhimdir. Bolalar maktabda qo`llaniladigan arifmetikaga doir atamalarni o`rganib olishlari kerak. Bolalarga dastlabki qadamdanoq «qo`shish», «ayirish», «hosil bo`ladi», «teng bo`ladi» so`zlarini o`rgatib borish kerak. «Oluv», «qoladi» kabi turmushda ishlatiladigan so`zlardan qochish lozim. Bolalarning har bir harakatning mazmunini, shuningdek harakatlar o`rtasidagi bog`liqlikni anglab olishlari uchun qo`shish va ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslash zarur. Bu ularning farqini yaxshirok tushunish va tegishli harakatlarni farq qiladigan, keyinroq esa biri ikkinchisiga o`xshash masalalarii taqqoslash uchun kerak bo`ladi. Masalan, bolalar bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, so`ngra konvertlardan 1 ta kvadrat oladilar, ayrim hollarda esa konvertta 1 ta kvadrat qo`shadilar, shunday qilib ular qo`shish va ayirishga oid masala tuzadilar. Masalalar nimasi bilan bir-biriga o`xshash va bir- biridan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydilar. Tarbiyachi savollar beradi: «Birinchi va ikkinchi masalalarda nimalar to`g`risida gapirilyapti? Nima ma'lum? Nimani bilish kerak? Birinchi masalani echish uchun nima qilish kerak? qaysi masalada natija (yig`indi) ko`proq chiqadi? qaysi birida kamayadi? Nima uchun?» Birinchi masalada biz 1 ta kvadrat qo`shdik, kvadratlar ko`paydi — biz qo`shdik. Ikkinchi masalada biz 1 ta kvadratni oldik, konvertdagi kvadratlar kamaydi, deb javoblarni umumlashtiradi. Keyinchalik bolalar mustaqil suratda bir sonin ikkinchi songa qo`shish yoki bir sondan ikkinchi sonni ayirishga doir masalallarni tuza oladilar. Bolalar e'tibori masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi. qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga qancha qoldi?) ega bo`lishi bilan farq qiladi. Chunki ayirishga oid oddiy masalalarni echish bolalarda qiyinchilik tug`dirmaydi. qo`shishga oid masala savolida masala shartida bayon etilgan yoki undan kelib chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi shart. Odatda bolalar sxemasini tezda o`zlashtirib olib, savolni bir qofiyada ifoda etadilar: «qancha bo`ldi?» Ularni tasvirlangan harakatlarni aks ettirib yanada aniqrok ifodalar qildirishga undash kerak: «Nechta sovg`a qilishdi? «Nechta quyishdi»? «Nechta o`tiribdi» «Nechtasi sayr qilyapti?» «Nechta bola hovlida o`ynamokda?» va hokazo. Masalalarni tasvirlash usuli masaladagi berilgan sonlarining nechtaligini ta'kidlashga va ular o`rtasidagi munosabatlarni aniqlay bilish ko`nikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng qimmatli usul — masalani tasvirlashdir. Rasmda 2 ta qo`shiluvchi predmetni ko`rsatib tasvirlash kerak. Bolalarni predmetlarni sxematik tasvirlash usullari bilan tanishish ham foydalidir. Dastlabki 1 - 2 ta masalani tarbiyachining o`zi tasvirlab chizadi. U doskaga bo`r bilan ichiga 5 ta qo`ziqorin solingan savatchaning rasmnni chizadi. Bolalar tarbiyachi qanday masalani chizginini topganlaridan keyin, o`zlari xohlagan predmetlari haqida masala tuzadilar. Bolalarni masaalaninig javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Tarbiyachi tez chiziladigan predmetlarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va l — 2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganligini topadilar. Ular qaysi rasm bo`yicha masala tuzish mumkin, qaysi masala bo`yicha masala tuzib bo`lmasligini, nima uchun, xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan sonlar ko`rsatilishi kerakligi haqida ishonch hosil qilinadi. O`zaro tekshirish uyushtirilsa yaxshi bo`ladi stol atrofida o`tirganlar o`zaro ramlarini almashtirib o`rtog`ining rasmi bo`yicha masala tuzadilar.
17.Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarini idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Маtematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. “Bolajon” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish. Kichik guruh
Do'stlaringiz bilan baham: |