3 – Bosqich. Bu bosqichda strukturaviy modelda aniqlangan boglanishlar yana detalizastiya qilinadi. 3-bosqich asosan 1-bosqichni yangi darajada takrorlash xisoblanadi, ya’ni ob’ektni xar bir strukturasi uchun kanonik model kuriladi, kirish va chiqish parametrlari tuplami albatta ichki struktura modeli elementlari bilan moslashgan bo’lishi lozim, xamda ob’ektning umumiy kanonik modeli bilan xam moslashgan bo’lishi talab kilinadi. Buning uchun quyidagi koidalarga kat’iyan rioya kilish talab kilinadi:
1) Xar qanday elementni chiqishi boshqa biror elementga kirish eki kanonik model aniqlangan ob’ektni chiqishi bo’lishi zarur;
2) Xar qanday element uchun kirish boshqa bir elementni chiqishi eki kanonik model kiritgan element okrujeniyani kirishi bo’lishi zarur;
3) Kanonik modelni xar bir kirishi ichki struktura modelini biror elementini kirishi bo’lmogi lozim;
4) Kanonik modelni xar bir chiqishi ichki struktura modelining biror elementini chiqishi bo’lishi shart.
Ob’ektni o’rganish jarayonida bu shartlar bajarilmay qolishi xam mumkin. Bu esa kanonik modellarga uzgartirishlar kiritishga, korrektirovka (tuzatishlar) kiritishga, ichki struktura modeli elementlari tarkibi uzgartirishga olib kelishi mumkin. Shunday kilib bu bosqichda modellashtirish natijalariga suщestvennыy ( ) ta’sir etuvchi axborotlarni tanlash boshlanadi. Ichki struktura modelini ayrim jixatlarini ifodalovchi elementlar, kanonik modelni chiqish elementlari uzining iste’molchilari aniqlanmagan bulsa bunday axborotlar, elementlar keyingi buladigan kuzatishlardan chetlanadi (vaktincha).
4-Bosqich. Ob’ekt faoliyati jarayonida ichki struktura modelining xar bir elementini roli va urnini o’rganish, o’rganilayotgan ob’ektda bo’layotgan elementar jarayonlarning ro’yxatini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Bu bosqichda asosan quyidagi savollarga javob topishga xarakat kilinadi:
- bu element nimaga muljallangan, u qanday (elementar) funkstiyalarni bajaradi, qanday jinsli(informastion,maneral,kadrlar va x.k.) axboratlarni kayta ishlaydi yoki uzgartiradi?
-qanday funkstiya uchun urgatilgan,avtonom yoki boshqa elementlar bilan birgalikda bu funkstiyani amalga oshiradimi,agar birgalikda bulsa,u xolda elementlarning uzaro ta’sirlari qanday tartibda?
-kanonik modelning u yoki bu chiqishini olish uchun elementlarning funkstiyalari bir-birlari bilan uzaro boglanganmi?
-kanonik modelni xamma chiqishlari uzaro boglangan funkstiyalar tuplami bilan ta’minlanganmi?
-oldingi kurilgan kanonik modeldan kelib chikaradigan funkstiyalar,ichki struktura modellari funkstiyalari,ob’ektni funkstiyasi bilan mos tushadimi?
Bu bosqichni amalga oshirishda,ob’ektni aloxida elementlari, yoki u yoki bu elementlar tuplami bajaradigan elementar jarayonlarning-funkstiyalari ro’yxati rasmiylashtiriladi.
5-Bosqich. Ob’ektni tavsifi ketma ket kuriladi: oldin stanok, keyin esa, agar zarur bulsa, uning faoliyati dinamik tasvirlanadi. Buning uchun quyidagi tur sxematik modellardan foydalaniladi. Texnologik kartalar, texnologik diagrammalar, jarayonlarning kunfunkstiyali diogrammalari, blok-sxemalar.
Texnologik karta – u eki bu jarayonni yulini kadamba-kadam kursatadi, jarayonni (sikilgan) kompakt kurinishida mantikiy ketma-ketlikda aks ettiradi.
Texnologik diagramma texnologik karta bilan birgalikda ishlatiladi, va jarayonni borishini "joylarda" aks ettirish imkonini beradi.
Axborot sistemalarini taxlil kilish uchun strelkali diagrammalar, graflar, jadvallar va matrista kurinishidagi informastion modellardan foydalanish katta e’tiborga loyik.
Do'stlaringiz bilan baham: |