Chiqish
Moddiy – material
|
Xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar, detallar, uzellar, bloklar, agregatlar, kooperastiya plani bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar. Ishdan chiqqan, ma’naviy va jisman eskirganlarni almashtirish qayta tiklash uchun texnologik uskunalar, asbob aslahalar, binolar va qurilish jihozlari.
|
Tayyor mahsulotlar; ehtiyot qismlar; kooperastiya plani bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar; resurslar va materiallarning chiqindilari. Texnologik uskuna va asbob aslahalarning chiqindilari; bino va inshootlarning chiqindilari; ishlab chiqarish chiqindilari.
|
Energetik
|
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur xisoblangan elektr energiyasi va yoqilg`i moylash materiallari.
|
Har xil turdagi energiyalarning va yoqilg`i moylash materiallarining chiqindilari.
|
Informastion
|
Mahsulot ishlab chiqarishning reja topshiriqlari; texnik va texnologik hujjatlar; kirishni rasmiylashtirish bo’yicha informastiyalar; korxonadagi jihozlarni ekspluatastiya qilish natijadari bo’yicha informastiyalar
|
Texnik tafsilotlar, instrukstiyalar; mahsulot pasportlari; hisobot hujjatlari; korxonadagi ichki va tashqi informastion aloqalar.
|
Kadrlar
|
Korxonada ishlash uchun tayyorlangan kadrlar; korxonaning o’z kuchi bilan tayyorlash talab qiladigan va qayta tayyorlanadigan kadrlar.
|
Reja bo’yicha o’tkazilgan kadrlar, kadrlarning ketib qolishi.
|
Toydiruvchi ta’sirlar (tashqi ta’sirlar, boshqarib bo’lmaydigan ta’sirlar)
|
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnikaviy hujjatlaridagi ko’zda tutilmagan o’zgartirishlar, materiallarning o’z vaqtida kelmasligi, kadrlarni vaqtincha boshqa ishlarga jalb qilinishi va boshqalar.
|
Yaroqsiz (brak) mahsulotning chiqishi; kooperastiya plani bo’yicha mahsulotni ishlab chiqarishning buzilishi; atrof-muhitni ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslantirish, noaniq informastiyalar.
|
Ob’ektning faktorlarini klassifikastiyalash
Ishlab chiqarish korxonasi uchun chiqish faktorlarini aniqlash uncha qiyinchilik keltirib chiqarmaydi, lekin kirish faktorlarini aniqlash ancha murakkab hisoblanadi. Shu boisdan ob’ektning faktorlarini tiplari bo’yicha klassifikastiya qilish bilan birga faktorlarning alomatlari, belgilari bo’yicha ham klassifikastiyalash maqsadga muvofiqdir.
Faktorlarning belgilari, alomatlari bo’yicha klassifikastiyalash
Miqdorli tavsiflash imkoniyati bo’yicha
Aniqlanganlik darajasi
bo’yicha
Faktorning modeldagi roli bo’yicha
Kirish parametrlarini sifat jihatlari modelda darajalar ko’rinishida beriladi - gruppalarni yoki klasslarni shartli belgilari: nomerlari yoki indekslari. Tartiblangan faktorlar uchun indekslar va nomerlar albatta tartiblangan bo’lishi kerak. Klasslarga bo’lingan faktorlar uchun bunday tartiblanish hech qanday ro’l o’ynamaydi. Tartiblangan va klasslarga bo’lingan faktorlar modelni ko’rinishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin: ayrim hollarda har bir darajani, gruppani tavsiflash uchun maxsus matematik modellar qurish talab qilinishi mumkin.
Fan texnikaning hozirgi rivojlanish davrida axborotlarni sifat jixatlarini ayrimlarini matematik model qurish uchun umuman rasmiylashtirish mumkin emas (masalan, ishchining kayfiyatini, jamoaning his tuygularini, kayfiyatini) va shu sababdan modelda hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |