Matematik kriptografiyaning
asoslari
Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan rivojlangan ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda, keng ma’noda, axborotlarning muhim ahamiyatga egaligi bilan ham belgilanadi. Inson tafakkurining rivoji manbai esa ma’lumotlar (axborotlar) majmuidan iboratdir. SHak-shubhasiz, o‘z vaqtida olingan to‘la va ishonchlp ma’lumot, shu ma’lumot bilan bog‘liq bo‘lgan holatdan kelib chiqadigan amaliy faoliyatlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat maqsadlarining turlicha bo‘lishi tabiiy ravishda axborotlardan turli maqsadlarda foydalanish asoslariga sabab bo‘ladi. SHuning uchun bugungi – axborotlarni saqlash va uzatish sistemalari bir tomondan takomillashib murakkablashgan va ikkinchi tomondan axborotlardan foydalanuvchilar uchun keng qulayliklar vujudga kelgan davrda - axborotlarni maqsadli boshqarishning qator muhim masalalari kelib chiqadi. Bunday masalalar qatoriga: katta hajmdagi axborotlarni tez va sifatli uzatish hamda qabul qilish, axborotlarni ishonchliligini ta’minlash, axborotlar tizimida axborotlarni begona shaxslardan muhofazalash (keng ma’noda) va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab boshqa masalalar kiradi. Axborotlar va axborotlar tizimi insoniyat faoliyatining barcha sohalariga kirib, borayotgan bugungi jamiyatda axborotlarni maqsadli boshqarish faollashmoqda. Kompьyuterlar va komp'yuter tizimlari axborotlar tizimining muhim bo‘g‘imidir. INTERNET tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qyamrab olib, axborotlarni tez va sifatli boshqarishni ta’minlash jarayonlarini rivojlantirib bormoqda. YUqoridagi keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, axborotlarni asli holidan o‘zgartirilgan holda, ya’ni shifrlangan holda, saqlashva uzatish masalalarining muhim ekanligiga shubha yo‘qdir. Axborotlarning muhofazasi masalalari insoniyat jamiyatining qadimdan muhim masalasi bo‘lib kelgan. Aytish mumkinki, axborotlarni muhofazalash uslublari jamiyatda dastlabki paydo bo‘lgan muomala tili va yozuvi bilan uzviy bog‘liq va tengdoshdir. Haqiqatdan ham, qadimda yozuv muomala uslubidan faqat ma’lum yuqori tabaqadagi jamiyat a’zolarigina foydalanganlar. qadimiy Misr va Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi. Eramizdan avval beshinchi asrda yashab o‘tgan grek olimi Gerodotning habar berishicha, qadimiy Misrda shifrlangan axborotlar rolini, jretslar, ya’ni yuqori tabaqadagi etuk fikrli kishilar tomonidan yaratilgan muomala tili bajargan. Bunda uchta alfavitga asoslanilgan: yozuv, ilohiy va mahfiy. YOzuv alfaviti oddiy o‘zaro muomalada ko‘llanilgan, ilohiy alfavit dinny muomala matnlarini ifodalashda qo‘llanilgan, mahfiy alfavit esa ma’lumotlarni asl ma’nosini begonalardan muhofaza qilishda va astrologlar tomonidan qo‘llanilgan.
Turli yozuv alfavitlarning vujudga kelishi va rivojlanishi na-tijasida kriptografiya mustaqil yo‘nalishda rivojlana bordi.
Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas.
Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xvfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga INTERNET xalqaro komp'yuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu komp'yuterlar tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon komp'yuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qoladi. SHuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning biri shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib. Axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet masalalariga aylanmoqda.
Hozirgi kunda xavfsizlikni bir qancha yo‘nalishlarini qayd etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |