MATEMATIK KECHA
Xonaga zarur bo`lgan ko`rsatmali qurollar qo`yiladi. 1dan 10 gacha bo`lgan sonlar
yozilib, qatnashuvchi bolalarning ko’ksiga osib qo`yiladi. Undan tashqari o`nlik, birlik, toq son, juft son degan yozuvlar ham bo`ladi. Quvnoq kuy yangraydi. Sahnaga boshlovchi chiqadi:
Boshqaruvchi: -Assalomu alaykum, aziz o`qituvchilar,
Bilimdon-u, zukko o’quvchilar!
Bugun biz o’tkazamiz Matematik kecha
Keling birga bo’lingiz, zerikmaysiz hecham!
1-o’quvchi: Matematika darsi
Darslarning eng sarasi..
O’rgatadi bizlarga
Qo’shishni, ayirishni,
Ko’paytirish, bo’lishni.
2-o’quvchi: - Bizning quvnoq davraga
Xush kelibsiz, marhobo.
Matematika bilan
Hamroh bo`ling doimo.
3-o’quvchi: -Matematika kerak
Har bir o`g`il va qizga.
Aqlini va fikrini
Soladi yaxshi izga.
4-o’quvchi: -Bu fan bizning do’stimiz,
Mo`’jizalar makoni.
Inoq bo`lib o`ssa kim
Ortar ilmi, imkoni.
5-o’quvchi: -Elda bor shunday naql
«Hisob-kitob qayrog`i»
Tinglab sonlar tavsifin
Bo`lingiz chin o`rtog`i.
Nol: -Juda puch ham emasman,
O`ylagandek ba`zilar.
O`tsam sonlar ortiga,
Kuchim yaqqol sezilar.
Bir: -Noldan keyin turaman
Chizg`ichingga qarab boq
Tartib sonlar ichida
Birinchiman ey, o`rtoq.
Ikki: -Qomatimni ko`ringlar
Qiyos etar oqqushga
Mendan dir-dir titraydi
Ixloosi yo`q o`qishga .
Uch: -Bilimingni bahlab,
Noiloj qoniqaman,
Qachon o`tar «to`rt»ga deb,
Ko`z tutib toliqaman.
To`rt: -To`nkarilgan stulga
O`xlab ketar, bo`y-bastim.
Otim «yaxshi» to`rtta harf
Besh mening yaqin do`stim.
Besh: -Rassom chizar o`xshatib
Yuk ko`targich ilmoqqa.
Men muallim msovg`asi
Bilimdon har o`rtoqqa.
Olti: -Koptok misol qornimni
Soyabon olaman.
Bir, ikki, uch, o`zimga
Teng bo`lina qolaman.
Yetti: -Boshga to`tib soyabon,
Belbog`cha bog`laganman.
Hisob-kitobga do`stlar,
O`zimni chog`laganman
Sakkiz: -Ipak qurt pillasidan
Qo`sh xaiqaman mustahkam
O`zgarmas qiymat, shaklim
O`ng-ters bo`lib tursam ham.
To`qqiz: -Shaklim o`xshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga
Shu yoshdan karvonboshman.
O`n: -Qo`shni bo`lib ko`paydik,
O`n hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz sanaymiz
Berib doim qo`lga-qo`l.
Boshqaruvchi: Mana sonlar bilan tanishib , do`stlashib ham oldik.
Endi raqamlarning sehrli olamiga sayohat qilamiz.
Bolajonlar boshlaylik
Yalla-navo nazmini
Savol-javob qismi-yu
Topog`onlar bazmini
Savol:-O`n tup daraxt bor edi
Qo`shni bog`da
Sakkistasin kisdilar
Kuzzak chog`da
Chorbog`da yana qoldi
Qancha daraxt?
To`g`ri javob topolmay
Boshim karaxt
Javob :
-O`n tup daraxt bor bo`lsa
Qo`shni bog`da
Sakkistasin kissalar
Kuzak chog`da
Chorbog`da qoldi yana
Ikki daraxt
Savol:-Bir qovunni o`n bo`lakka
Tappa-teng tilib qo`ydim
Endi mening savlimga
Quloq tut bilib qo`ygin.
Bir-biridan totli
Dimog`ingni yoradi
Bir tilimni senga bersam
Menga qancha qoladi?
Javob :
-Agar bitta bo`lakni,
Menga bersang quqisdan.
Ochko`zlaging tufayli
Senda qoladi to`qqizta
Savol:
-U shoxdadir yetti qush
Bu shoxdadir ikki qush
Uchib ketsa beshtasi
Shoxda qolar nechtasi?
Javob :
-U shoxdagi yetti qush
Bu shoxdagi ikki qush
Shoxda jami to`qqizta qush
Uchib ketsa beshtasi
Shoxda qolar to`rttasi
Savol:
-Oyim berdi besh olma
O`zimda ham uchta bor
Sanab bilsang ayta qol
Menda nechta olma bor?
Javob :-Besh olma-yu uch olma
Bular sakkista olma
Boshlovchi:-Bildingizmi birin-ketin,Hammangizga ofarin!
Qani aytingchisizlar
Sonlar haqida maqol.
1:-Sanamay, sakkiz dema.
2:-Biriniki mingta,mingniki tumanga
3:-Yetti o`ylab, bir kes
4:-Yer haydasang, kuz hayda.
Kuz haydamasang ,yuz hayda.
5:-Bir orzu-o`n orzu bo`lolmaydi.
6:-Bir yil tut ekkan kishi
Yuz yil gavhar teradi.
7:-Bir yigitga qirq hunar oz.
8:-Bir tup tol keksang,bir tup tol ek.
9:-Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
Boshlovchi:-Bildingizmi birin-ketin,Hammangizga ofarin!
Qani aytingchisizlar
Boshlovchi:-Balli zukko bolalar, endi sizlarga topishmoqlar aytaman.Sizlar esa, uning javobini topasiz.
Bo`ylari teng to`rt o`rtoq
To`rtoviga bir qalpoq.
1.-Stol.
Boshlovchi: -Ikki ona , har biriga besh bola
Hammasining oti bir ,bular nima?
1.-Qo`l barmoqlari
-Yo`lini yoritar ikki chiroqcha
Chiroqcha ustida pilak qalamcha
Bular nima?
1.- Ko`zlar,qosh
Mehnat qilib tolmaydi
Sira orom olmaydi.
Bu nima?
1.-Soat
Boshlovchi: -Balli bilimdon do`stlarim,
Navbat yana savol-javobga.
Savol -To`rt harfdan iborat sonlar qaysilar?
Javob-Ikki,to`rt,olti, qirq.
Savol –Ikki harfdan tuzilgan sonlar qaysilar?
Javob-Uch, o`n.
Savol –Qayin daraxtida 8ta shox bor.Har bir shoxida 8tadan olma bo`lsa, hammasi bo`lib nechta olma bor?
Javob-Qayin daraxtida olma bo`lmaydi.
Savol –Yetti aka-ukaning bittadan singlisi bor.Ularning hammasi nechta?
Javob-8ta.
Savol –Bitta tuxumni qaynatilgan suvda pishirish uchun 4 minut vaqt kerak.Oltita tuxumni pishirish uchun necha minut kerak?
Javob-4 minut.
Savol –«Kes» so`zi o`rniga qaysi sonni qo`llash mumkin?
Javob-40.
Savol –Bir oyoq da turgan xo`roz 2kg keladi.Ikki oyoqda turgan xo`roz nech kg keladi?
Javob-2kg.
Boshlovchi: Ofarin og’il -qizlar
Dono, zukko o’quvchilar.
Qani kimlar chaqqondir
Hisoblashga tayyordir.
Hisoblangchi:
Kelishardi izlab buloq
Bir echki-yu ikki uloq.
Ularda bor necha quloq,
Qancha oyoq hamda tuyoq. (6ta quloq, 12ta oyoq, 24ta tuyoq)
3 oq tovuq don cho’qir,
Suv ichadi qorasi
Necha tovuq bo’ladi
Qo’shilganda olasi (5ta tovuq)
O’ynar uchta qiz bola
Go’yo ochilgan lola
Do’stlari keldi beshta
Ayt, ular bo’ldi nechta(8ta)
Boshlovchi:
Rahmat sizga bolajonlar
Bog’lardagi gul-rayhonlar.
Topag’on qaqajonlar
Topshiriqni topinglar.
1.9gacha bo’lgan raqamlarni shunday ikkitadan yozingki, ularning yig’indisidan nuqul 9hosil bo’lsin
2.Qaysi sonni o’z-o’ziga ko’paytmasi 9bo’ladi?
3. Qaysi songa 9ni qo’shsa, yig’indi 9 bo’ladi.
4.Qaysi sondan 19ni ayirib, 9ga bo’lsa 9 chiqadi?
Boshlovchi:
Ofarin deyman sizga
To’gri javob topganlar
Besh bahoni oldingiz
Dono javob berganlar
Hamma:-Gaplarimiz yolg`onmas,
Beshni olish osonmas.
Umid uzmay o`yladik.
Chiqmaganga qo`ymadik.
Boshlovchi:
Hurmatli o’quvchilar mana matematika fanidan ko’p narsa o’rgandik, hisob- kitobni bildik. Qancha o’rgansak kam, ammo vaqtimiz tugadi. O’qib o’rganishdan hech qachon charchamang. Matematik kechamizga yakun yasaymiz.
To'rt amal haqida ertak
Dars o'tilar o'rmonda,
Qatnashmagan armonda.
Chinor osti pakkadir,
Muallimi Hakkadir.
Arifmetik to'rt araal,
O'rgatilar galma-gal.
Ayirish amali
Yong'oqqa o'ch olmaxon
Hadeb boshin qashiydi.
Uchdan to'qqiz olingach,
Uyga nima tashiydi?
Ko'rsatmaydi qarqunoq
Kundalikning qorasin
Nol ortiga besh qo'yib,
Topdi oxir chorasin.
Qo'shish amali
Doskadagi yozuvlarni
Dumida artib.
O'rganmoqda amallami
Mushuk batartib.
Qo'shib bergach, sanoq son
Boradi ortib.
To'g'ri topsa, o'nta sichqon
O'ziga tortiq.
Ko'paytirish amali
Quyon hisob bobida
Eng oldingi marrada.
Vazifani zumda ishlar
Oddiy usul karrada.
Tulki atay Quyondan
So'rab qoldi qo'qqisdan:
- Uch joyda uchta sabzi?
- Bu juda jo'n - to'qqizta.
- Olti karra olti-chi,
O'yla, qancha bo'ladi?
- O'ttiz olti karamga
Oltita qop to'ladi.
Bo'lish amali
Qizilishton nazdida,
Bo'lish og'ir ko'rinar.
Aramo sakkiz ikkiga
Judaoson bo'linar.
Tumshug'ida hisoblab,
Ter to'kar ancha-muncha.
Noldan nolni ayirsa,
Qoladi teshik kulcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |