“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”


Gazeta sarlavhalari va ularning lisoniy xususiyatlari



Download 0,55 Mb.
bet15/34
Sana01.08.2021
Hajmi0,55 Mb.
#135022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari

2.3. Gazeta sarlavhalari va ularning lisoniy xususiyatlari

Ma’lumki, sarlavha badiiy asar va gazeta materialida ifodalangan mazmunni dastlabki axborot tarzida yetkazuvchi, oʻquvchini tanishtiruvchi va diqqatni jalb qiluvchi muhim vosita hisoblanadi. Sarlavhaning oʻrinli tanlanishi matnda ifodalangan fikr-mulohazalarning ta’sirchanligini yanada oshiradi. Shuning uchun ham sarlavha uchun mazmunli, ixcham, ta’sirchan, tez diqqatni jalb etuvchi til birliklari tanlanadi.

“Oʻzbek tilining izohli lug‘ati”da sarlavha quyidagicha izohlangan: “Sarlavha –(f+a - kitobda lavha, bezak; titul varag‘i; epigraf) kitob, asar, maqola va sh.k.ning yoki ularning ayrim qismlarining nomini ifodalovchi soʻz yoki jumla. Sarlavha qoʻymoq. Ahmedov sahifadagi materiallarni koʻzdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib oʻqidi. A.Qahhor ”Qoʻshchinor chiroqlari”, Ahmad ocherkining sarlavhasiga va avtoriga qaradi. F.Musajonov, Himmat.

2. esk.ayn. peshlavha. Qishloqqa kirar yoʻlda. Mana katta darvoza. Darvozaga yozilgan ”Kolxoz degan sarlavha”. Z.Diyor10.

”Sarlavha - maqola va materialning ichki mazmunidan kelib chiqib, unga qoʻyiladigan nom”11. Haqiqatdan ham, asar va maqolalarning nomi yoritilayotgan materialning mazmuni va mohiyati, xarakteri va xususiyati, predmeti va belgisi bilan uzviy bog‘liq boʻladi. Shuning uchun oʻquvchi diqqatiga havola qili-nayotgan ”avtorning birinchi soʻzi” - sarlavha juda puxta oʻylanib, mohirlik, san’atkorlik bilan soʻz tanlashni talab etadi”.

Sarlavhaning badiiy asar va gazeta uchun muhimligini hisobga olib, uning asosan stilistik xususiyatlari va matn bilan uyg‘unligini tadqiq etishga e’tibor berilgan. Gazeta sarlavhalarining turli xususiyatlarini oʻrganish sohasida I.Toshaliyev, N.Jumanazarov, N.Abdusamatov, M.Parpixoʻjayev, A.Boboyeva, A.Shomaqsudov, I.Toshaliyev, P.Rustamov, B.Yoʻldoshev, B.Mirzayev, A.Abdusaidovning ilmiy maqolalari, I.Toshaliyevning «Sarlavha stilistikasi» nomli oʻquv qoʻllanmasi mavjud. A.Abdusaidovning «Gazeta janrlari tili va uslubi» (2001), «Jurnalistning tildan foydalanish mahorati» (2004), «Oʻzbek tilining ijtimoiy mohiyati» (2008) kabi monografiyalari, «Matbuot tili madaniyati», «Gazeta tilida frazeologizmlar», «Gazeta sarlavhasi", «Gazeta leksik stilistikasi» kabi qoʻllanmalari yaratildi. A.Abdusaidovning «Gazeta janrlarining til xususiyatlari»12 mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida gazeta janrlarining turli jihatlari, jumladan, rukn va sarlavhalarning xususiyatlari, adabiy norma bilan bog‘liq masalalar yoritib berildi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, sarlavhaga juda koʻp vazifa yuklanadi. Chunki u orqali gazetxon bilan dastlabki muloqot qilinadi. Mavzu haqida xabar yoki ma’lumot berish sarlavhaning birdan bir va asosiy masalasi boʻlibgina qolmay, chaqiruvchanlik, tashkilotchilik, safarbarlik, murojaat etish kabi qator-qator xislatlarga ham egadir.

Sarlavha nominativlik funksiyasidan tashqari mavzu haqida axborot beradi, ya’ni material mazmunini oʻziga xos tarzda ma’lum darajada aks ettiradi.

Masalan: “Til- millatning qiyofasi”13 sarlavhasi ostida berilgan maqolada, albatta, til haqida ma’lumot berilayotgani ko‘rinib turadi.

Reklamalilik, koʻrgazmalilik va ta’sirchanlik funksiyalari ham sarlavhada mujassamlashgan. Toʻg‘ri tanlangan til birligi mavzuni ifodalash bilan birga ma’lum ekspressiv-stilistik vazifani ham bajaradi va gazetxonga ta’sir etadi.

Masalan: “O‘zbekiston - jahon paxta bozorida hamkor”14 nomli maqola sarlavhasida ham reklamalilik, ham ta’sirchanlik funksiyalari mujassamlashgan.

Gazeta sarlavhasini tanlashda gazetaning funksiyasidan kelib chiqiladi. Gazetaning axborot berish, ta’sirchanlik, tashkilotchilik va tarbiya berish kabi funksiyalari, uning savodxonlikni va nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani keng targ‘ib qilishdagi roli sarlavha tanlashda mezon sifatida e’tiborga olinadi.

Tadqiqotchilar koʻrsatganidek, gazeta sarlavhasi sifatida soʻz, soʻz birikmasi, gap, ayniqsa, sodda gap, soʻroq gap, xalq maqollari, frazeologizmlar koʻplab ishlatilgan. Ular struktur-grammatik va uslubiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Bu vositalarning betakror ifoda imkoniyatlari va gazeta funksiyasini oʻzida aks ettira olishi ularning sarlavha sifatida koʻplab qoʻllanishiga sabab boʻlgan15.






    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish