Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
18
prosuppozitiv aspektiga ega bo‘ladi. Semantikaga qo‘shimcha tarzda ifodalangan
modal, kommunikativ hamda presuppozitiv mazmun pragmatika uchun ahamiyatli
bo‘lib, ularning yuzaga chiqishi gap tarkibidagi sintaktik qurilmalar, birliklar
mazmuniy qurilishi, pozitsiyasi bilan uzviy aloqador bo‘ladi. Jumladan, kirish va
kiritma konstruksiyalar, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklari tartibi
(inversiya), undalmalar, gapning aktual bo‘linishining jumlaga pragmatik ma’no
yuklashdagi o‘rni juda kattadir.
Gap sintaktik sathga tegishli birlik hisoblanadi. Sintaktik semantika bo‘yicha
E. P. Paduchevaning izlanishlari o‘ziga xosdir. Uning fikricha, gap ma’nosi leksema
ma’nolaridan, so‘z shakllarining grammatik ma’nolaridan tashkil topadi. Shuning
uchun leksik va morfologik semantika bir butun gap semantikasining komponenti
bo‘lishi kerak. [2] V. G. Gak gapni to‘liq til belgisi hisobla[3], gap referenti
vaziyatdir, ya’ni gapirish momentida obyektiv borliqdagi so‘zlovchi ongida mavjud
bo‘lgan va gapning o‘zini shakllantirish jarayonida til elementlarini tanlashga
ma’lum darajada sharoit yaratuvchi elementlar yig‘indisidir deydi. [3]
Tilshunoslikda gapning semantik strukturasi bilan birgalikda uning pragmatik
qiymati ham bugungi kunda o‘rganilib kelinmoqda. Vaziyat va uni ifodalovchi gap
o‘rtasidagi munosabat ikki yo‘nalishda-ifoda planidan ma’no planiga qarab va,
aksincha, ma’no planidan ifoda planiga qarab o‘rganiladi. Birinchisi nutqiy
faoliyatning yushunish aktini, ikkinchisi esa ifodalash aktini namoyon qiladi. Bunga
muvofiq, sintaktik semantikada ham o‘zaro bog‘langan va ayni yo‘nalishga ko‘ra
bir-biriga zid bo‘lgan ikki aspekt: semosiologiya va onomasiologiya ajratiladi.
Birinchisi ma’lum sintaktik birlik nimani aks ettirishini, ikkinchisi ma’lum vaziyat
qanday ifodalanganini o‘rganadi.
Birinchi yo‘nalish gap ma’nosini obyektiv borliq bilan bog‘langani uchun
vaziyatni aniqlashga va tahlil qilishga alohida ahamiyat beradi, u gapning denotativ
yoki nomenativ aspekti ham deyiladi. [4;327]
Gap faqat voqea-hodisa haqida xabar berishdan tashqari, subyektiv
munosabatni ham ifodalaydi. Gap tarkibidagi kirishlar, undalmalar, gapning
kommunikativ turlari orqali subyektiv munosabatning, emotsionallikning aks etishi
G‘. Abdurahmonov, A. Abdullayev, N. Mahmudov, A. Nurmonov, M. Hakimov
kabi qator olimlar tomonidan qayd etilgan. Aslida har qanday gap muayyan maqsad
asosida yuzaga kelgan fikr hamda shu fikrga qo‘shimcha ravishda paydo bo‘lgan fikr
ifodasi sanaladi. Gap nutq ichida yashaydi. [1;102] Shuning uchun gap mazmuni
nutqiy vaziyat bilan uzviy bog‘liq. Bu esa gapning pragmatik xususiyatlarini
ko‘rsatadi. Masalan: -
Do'stlaringiz bilan baham: