Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
205
jarayonini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmas ekan. Badiiy asardagi onomastik
birliklar, xususan antroponimlar ham mana shu millat, xalq hayoti va o‘tmishidan
olingan, unda o‘z aksini topadi. Xuddi shuning uchun ularni o‘rganish, tadqiq qilish
muhimdir. Bu orqali biz o‘z milliyligimiz, tariximizni bilish va anglashda yana bir
qadam oldinga siljiymiz. Badiiy asar tilidagi antroponimlar tadqiq qilish bir
tomondan tilshunoslikning antroponimika sohasi uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi
tomondan tilshunoslikdagi eng dolzarb masalalardan biri – badiiy asar tili va
yozuvchining uslubi muammosiga ma’lum bir aniqliklar kiritishi bilan
ahamiyatlidir. Badiiy asarlarda qo‘llanilgan antroponimlarni tahlil qilish o‘zbek
tilshunosligida shaxs nomlarining o‘rnini belgilash, bugungi kunga qadar qanday
fonetik, leksik va grammatik holatlarni boshdam kechirganligi, semantik taraqqiyoti
to‘g‘risida ma’lum bir xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi. Ushbu fiklar tasdiqini
topish uchun
O‘tkir Hoshimov asarlariga murojaat qilamiz.
ertasiga Shodivoy dadasining gapini unga yetkazadi: “Jo‘rang aqalli bittayam
shoxini qoldirmabdi. Qo‘limga tushsa…”
Rais tomonidan ba’zi o‘rinlarda “tutxo‘r” deb murojaat qilingan:
-Iye, senmisan? – dedi g‘alati iljayib. Ovozi yalinibroq, yig‘lamsirabroq
chiqqanga o‘xshadi. – Nima qilib yuribsan, tutxo‘r? “Tutxo‘r” dedimi. Bundan
chiqdi haliyam esida ekan-da. Battar qo‘rqib ketdim. (1)
Shunisi qiziqki, hamma narsani ko‘paytirib aytadigan Qo‘shovoy singlisi
Mavjudaning ismini qisqagina qilib “Ju” deydi: O‘zimdan bir yosh Ju degan singlim
bor. (Oti Mavjuda men uni “Ju” deyman.)
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”
(2) qissasida “Po‘stdumbali
moshkichri” hikoyasi bor. Hikoyada Naim sartarosh tomonidan Olim parovoz,
Hakim naynov deya kishilarning aynan laqab qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Laqab bilan qo‘llash kishi nomini aytish aynan o‘shao damning ma’lum bir
xususiyatini kamchilik sifatida bo‘rttirib ko‘rsatish uchun yoki salbiy munosabat
ifodalash maqsadida atayin qo‘llaniladi. Bu bilan laqab qo‘yuvchi kishi o‘zini baland
tutishi, mensimasligini ifodalaydi. Xalq orasida Olim paravoz (paravoz haydaganiga
ishora qilib, kamsitish ma’nosida buyum bilan tenglashtirish ma’nosi sezilib turibdi),
Hakim naynov deganda esa “naynov” so‘zida novcha so‘ziga nisbatan “salbiylik”
semasi borligini ko‘rish mumkin.
Quyidagi parchalarga e’tibor bering: “-O‘zingni soddalikka solma, uka. Man
hammasini bilaman. “Ohoni” bo‘lmasa…
Do'stlaringiz bilan baham: