J.Rowling kitobining to’rtinchi qismi “Harry Potter va olov kubogi” deb nomlanadi. Harry Potter endi maktabning 4-kursida o’qiydi va 14 yoshga qadam qo’yadi. Bu yil Hogwartsda 3 chempion turniri o’tkaziladi va Harry ham qandaydir yo’l bilan bu o’yinga 4- kishi bo’lib tushadi. Bu turnirda qatnashuvchilarning hayoti katta xavf ostiga qoladi. Chunki musobaqa shartlari o’quvchilardan katta mahorat va dovyuraklik talab etadi. Ammo bu turnirga faqat 17 yoshga kirgan o’quvchilar qatnashishi mumkin edi. Afsuski, maktabga boshqa o’qituvchining qiyofasiga kirib olgan Woldemortga xizmat qiladigan bir yovuz odam Harryni o’z xo’jayini bilan uchrashib u bilan kuch sinashishi kerakligi haqida buyruq olgan edi. Turgan gapki, ularning maqsadi Harryni o’ldirish edi. Shuning uchun o’sha odam Harryning ismini qog’ozga yozib, olov kubogiga tashlaydi va Potter turnirning oxirgi shartiga yetib borguncha hamma ishni qiladi. Chunki Woldemortning oldiga borish uchun Potter musobaqadoshlarini birin-ketin yengib labirint ichiga yashiringan(kubogni o’sha yovuz odam sehrlab qo’yadi va unga tekkan kishi Woldemort oldiga tushib qoladi) kubogni birinchi bo’lib topadi.
Shunday qilib Potter Woldemort bilan to’qnashadi. Shu payt Harry otaonasining va Woldemort o’sha qabristonda(Harry bilan Woldemort qabristonda urishadi. Baxtga qarshi uning Sedric ismli do’sti ham shu yerga tushib qoladi va urushning begunoh qurboniga aylanadi) o’ldirgan Harry do’stining ruhi paydo bo’lib, Harry qochishi uchun imkon yaratishadi. Nihoyat qayg’u va nafratlarga to’la bir yil ham nihoyasiga yetadi. Hammaning ko’ngli cho’kkan, hamma qo’rqqan, hammaning og’zida bitta gap: “Nahotki Woldemort qaytgan bo’lsa!”
Potter yana xayollarga chulg’anib, uyiga qaytadi. Axir uni deb begunoh do’sti olamdan ko’z yumgan edi.
J.Rowlingkitobining beshinchi qismi “Harry Potter va Feniks ordeni” deb nomlanadi. Harry Potter maktabning 5-kursiga qadam qo’yadi. Harry uchun eng ayanchlisi ham shu yil bo’ladi.
Potter maktabga qadam qo’ymasdanoq uning ismi gazetalarning 1-sahifasida chiqa boshlaydi. Chunki u maktab tashqarisida sehr ishlatgani uchun sud qilinadi.
Ammo sud natijalari Harryning foydasiga hal bo’ladi va u maktabga qaytadi. Ammo maktabda hamma o’quvchilar uni yomon ko’rib qolishadi. Sehr jodu ministrligi Hogwarts ustidan o’z tazyiqini o’tqaza boshlaydi. Ular maktabga yangi o’qituvchilar yuborish orqali, maktabni o’zlaricha boshqarmoqchi bo’lishadi. Kelgan o’qituvchilar faqat nazariy bilim berishib, amaliy mashg’ulotlar o’tkazishmaydi. Bu esa o’quvchilarning o’zlari mustaqil shug’ullanishlariga olib keladi. Bu o’quvchilarni Harry o’qita boshlaydi. Chunki u boshqalardan ko’ra ko’p sehrlarni bilar va aqlliroq edi. Ammo bundan shu maktabga yuborilgan o’qituvchi xabar topib, ularni jazolaydi. Endi Woldemort qaytdi, degan gap hamma orasida tarqalgan edi. Ha, u qaytgan edi, juda kuchga to’lib qaytgan edi. Uning yo’liga tushadigan hech qanday mard topilmasdi. Faqatgina Dambldor unga teng kela olardi.
Harry o’zining beshta do’sti bilan Woldemortni qidirib, yo’lga tushishadi.
Ammo ular ham Woldemortning tarafdorlariga tutqun bo’ladilar va ularga Feniks ordeni sehrgarlari yordamga kelishadi. Bu orden boshqaruvchisi Sirius Black edi.
Biroq Sirius Black shu yerda halok bo’ladi. Harry bir yo’la ham otasidan, ham eng yaqin do’stidan judo bo’ladi. U yana hech kimsiz yetim bo’lib qoladi. Shu urushda Woldemort ham Harryni o’ldirish uchun paydo bo’ladi. Ular orasida jang bo’layotgan bir paytda Dambldor kelib, Harryni qutqaradi va Woldemortni qochishga majbur qiladi. Ammo bu qochish uzoqqa cho’zilmasligini Dambldorning o’zi ham bilar edi. Ular vaqtincha bo’lsa ham undan qutulishdi. Harry va Dambldor yangi jangga tayyorgarlik ko’ra boshlashdi. Yana bir yil o’z nihoyasiga yetadi.