10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFATLI MATEMATIK BILIMLAR BERISHNING
AHAMIYATI
Ataxanova Faridaxon Amanbayevna
Mavlyanova Muqaddas Mamatxanovna
Namangan shahar 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika fanidan
o‘qitishdagi o‘zi xosliklar, matematika darslarini tashkil etishda e’tiborga olish kerak bo‘ladigan
ahamiyatli jihatlar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: matematika, matematik modellashtirish, formula, strategiya
Boshlang‘ich maktabdagi matematika darslarida xilma-xil masalalarning javobini “kashf
etish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak, masalan: boshqotirmalar, katta hajmdagi rebuslar, olimpiada
va mantiqiy masalalar darajasida bo‘lishi lozim. Bu muammolarni hal qilish mustaqil ravishda
matematik muammolar ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq.
O‘quvchilarning matematik vazifalar yoki haqiqiy matematik masalalarni oddiy yoki maxsus
yo‘l bilan hal qilish, intuitsiya orqali javoblarini kashf etish qobiliyati ham katta ahamiyatga ega.
Raqamlar orasidagi yoki sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va topish boshlang‘ich
maktab matematikasi darslariga har doim ham yetarlicha e’tibor berilmaydi.
Sof matematikada bolalarning real muammolarga duch kelishi qiyin, ya’ni bunda
matematikaning aniq tadbiqini ko‘ra olishmaydi. Ko‘pincha, shunga o‘xshash tuzilishga ega
bo‘lgan vazifalar va misollar ustida ishlash ancha ko‘p uchraydi. Ammo, avvalam bor mustaqil
ishlovchi va matematikani sevuvchi bolalar bunday vazifalarni bajarish bilan bir qatorda
masaladagi bog‘liqliklarni tushunish va ularni hal qilish usullarini targ‘ib qila oladi. Hatto har
bir topilgan yechim bolaning matematikaga yanada ijobiy munosabatda bo‘lishga hissa qo‘shadi.
Odatda muammo boshlang‘ich holatda berilganda uning yechimiz topishga bolada maqsad
uyg‘ota olish lozim, dastlabki holatni maqsadli holatga aylangach bolaning oldida to‘siqlar hosil
bo‘ladi. Ushbu to‘siqlarni yengib o‘tish har bir o‘quvchini har xil qiyinchiliklarga olib kelishi
mumkin.
Mavjud to‘siqlarni yengib o‘tish esa masala yechimini topish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni
to‘plash va matematik asoslardan foydalanishga bog‘liq.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematik masalalarni hal qilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiradan
maqsadli holatga o‘tkazadi, ya’ni ular oldin shunga o‘xshash masala yoki mental amal bajarilgan
yoki yo‘qligi borasida ostki ongini ishga tushiradi. Bu esa matematikadan bolalarni o‘qitishda,
ayniqsa uy vazifalarini bajarishida turli xil murakkabliklar keltirib chiqaradi. Bu o‘ziga xoslik
o‘quvchi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan misolning vazifa yoki muammolar xarakteriga ega
bo‘lishiga ham bog‘liqdir.
Matematik masalani hal qilish usulini quyidagi ikki yo‘l bilan talqin qilinishi mumkin:
- Muammoni kengroq ma’noda hal qilish- bu matematik darslardagi barcha vazifalar darhol
yechim usuli hisoblanadi.
82
10
Bunday masalalarga ham matematik, ham hayotiy jarayonlarga bog‘liq masalalar, ularni
modellashtirish va ko‘pncha hisoblash vazifalari kiradi.
- Muammoni tor ma’noda hal qilish esa - ichki matematik jarayondir. Tekshirilishi kerak bo‘lgan
predmetlar o‘rtasidagi o‘ziga xos xususiyatlar va munosabatlarni topish, raqamlar yoki sonlar yoki
matematik qonuniyatlarni kashf qilish va tekshirish funksiyalari kiradi.
Jorj Polya matematik masalalarni to‘rt bosqichda hal qilish uchun bosh rejani ishlab chiqdi:
Shuni e’tiborga olish kerakki, Polya bu strategiyani ishlab chiqqan paytda matematikani o‘qitish
borasida faqat hisoblashlar, matematik bog‘liqliklar va formulalar bilan ishlashga ahamiyat
qaratgan edi.
Endi esa hozirgi kun matematika darslarida asosiy e’tibor oddiy faktlar emas, aksincha
bilimlarga moslashuvchanlik, mavjud muammoning matematik modelini yaratish, uni baholash va
hal qilish yo‘lini topishga qaratilishi lozim. O‘quvchilarimiz o‘sib ulg‘ayotgan hozirgi paytda biz
ularini haqiqatdan ham bashorat qila olmaydigan dunyoda yashayotganligini inobatga olsak, o‘z
bilimlarini yangi, noma’lum holatlarga o‘tkazish qobiliyatilari bo‘lishiga katta ehtiyojlari bor. Shu
nuqtai nazardan boshlang‘ich sinflardan boshlab, o‘quvchilarga mavjud muammo va vaziyatni
analiz va sintez qila olishga yetarli bo‘lgan sifatli matematik bilimlar olishiga erishishimiz darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (O
O‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai”, 2005.
2. Jumayеv M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.
(KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” 2005.
3. Azizxo‘jayeva N.N. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Toshkent, 2006.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |