10
DARS JARAYONIDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Jumayeva Nodira Ilxomovna
Navoiy viloyati Karmana tumani
7-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya: Innavatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash samarali yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Interfaol metod, o‘qitish jarayoni, aqliy faoliyat, zamonaviy ta’lim, pedogogik
mahorat, ko‘nikma, fikriy hujum metodi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega.
Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni
yarati shi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni
kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali
pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan
maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Quyida amaliyotida foydalaniladigan
interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
«Fikriy hujum» metodi o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni
erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu
yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining
dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi.
«Fikriy hujum» metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili
va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan
tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan
iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini
ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati
va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu kabi metod va innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga
xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining
faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini
teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik
qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga
ixlos bilan qaragan o‘qituvchi dars jarayonida ko‘zlagan maqsadiga yetadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan
foydalanish uslubiyoti (Uslubiy qo‘llanma) Qarshi 2011.
2. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |