Масъул муҳаррир


MAKTAB TA’LIM TIZIMIDA VA HAYOTDA ONA TILINING TUTGAN O‘RNI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MAKTAB TA’LIM TIZIMIDA VA HAYOTDA ONA TILINING TUTGAN O‘RNI
Qo‘chqarova Dilnozaxon Xolmurodovna
Faeg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani 
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o‘rinda turadi. Chunki 
maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o‘rgatmaydi - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga 
kelgunga qadar biladi va undan o‘z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol 
foydalana oladi. Maqolada ta’limning barcha tur, bo‘g‘in, bosqich va ko‘rinishlarida ona tili 
ta’limining o‘ziga xos maqsadi va zarurati mavjudligini hisobga olib, ona tili o‘qitishda yuzaga 
keladigan bugungi kun muammolari hamda uning hayotimizdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: tafakkur, fikrlash, nutq madaniyati, til, jamiyat, soha, faoliyat, adabiy, tarbiya.
Ona tili fanini o‘qitishdan maqsadi quyidagilardir: 
1. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan muhim talab - o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish 
bo‘lib, bunda ona tili mashg‘ulotlarida maxsus aqliy faoliyat usullari -til hodisalarini kuzatish, 
taqqoslash, guruhlash, ajratish, umumlashtirish, o‘xshash hodisalarni ichidan nutq sharoiti uchun 
eng qulayini to‘g‘ri tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishda voqea bo‘ladi. 
2. Nutq madaniyatini rivojlantirish. Til bu hayotimiz davomida asosiy aloqa vositasi 
hisoblanadi, shu sabali maktab davridanoq bolalarni chiroyli fikrlashga, o‘z tafakkuridagi 
fikrlarni madaniyat bilan bayon etishga o‘rgatishda ona tili fani bevosita xizmat qiladi. Ona 
tili mashg‘ulotlari fikrni bayon qilishda nutqning badiiy qimmatini oshiradigan vositalar: 
maqollardan, frazeologik birikmalardan, badiiy asarlardan olingan o‘tkir ko‘chirma va yorqin 
obrazlardan, o‘zbek xalqining qochiriq so‘zlaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a 
kabi badiiy tasvir vositalaridan, ritorik so‘roq gaplaridan foydalanishga o‘rgatmog‘i lozim. 
3. O‘quvchilarni tarbiyalashda ona tili fani shaxsning bilim olishi, rivojlanishi, tarbiyalanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilining barcha bo‘limlari bu muhim maqsadni amalga oshirishda 
katta imkoniyatlarga ega: masalan, sinonim yoki antonym so‘zlarni o‘rganishda bir-biriga o‘xshah 
va teskari ma’noli so‘zlarning qayerda va qanday tartibda qo‘llanilishi va qanday ma’no kelib 
chiqishini o‘rganish orqali o‘quvchilarning fikrlashi yaxshilanadi. So‘z boyligining oshishi va 
adabiy tilde so‘zlashish qobiliyatining shakllanishi o‘quvchilarda ona rili va adabiyotga nisbatan 
qiziqishni oshiradi.
Til hayotimiz davomida barcha sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatning shakllanishi va 
rivojlanishida uning o‘rni kattadir. Jamiyatning kelajagi yoshlar va maktab kelgusi avlodni 
tarbiyalaydigan dargohdir. Maktabni tamomlagan o‘quvchi ijtimoiy hayotdan o‘rin oladi. 
Bunda unga, ayniqsa, ona tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, mazmunli 
va chiroyli so‘zlash san’ati, ish qog‘ozlari bilan muomala qila olish o‘quvchiga qo‘l keladi. 
Shuning uchun ona tili darslarida nazariya va amaliyotni o‘zaro bog‘lash orqali o‘quvchilarni 
kelajakda jamiyatning turli sohalarida faoliyat olib borishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning 
grammatika, orfografiya va punktuasiyaga oid nazariy bilimlar bilan amaliy tayyorgarligi, 
ayniqsa, og‘zaki va yozma nutq madaniyati hamda savodxonligi orasida ma’lum farq bo‘lishi 
mumkin. Grammatika va yozuv qoidalarini ongli o‘zlashtirmay turib, mustahkam tayyorgarlikka, 
puxta malakaga ega bo‘lish mumkin emas. Shuning uchun har qanday sharoitda ona tili o‘qitish 
jarayonini amaliy ishlarga bo‘ysundirish lozim. 
Hayotiy va chiroyli jumlalar o‘quvchilarga chuqur singib boradi, ularning bilimlarini ongli 
o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Ona tili darslarini hayotga bog‘lash prinsipi bu fanning 
hayotimizda tutgan beqiyos o‘rnini hamda o‘z faoliyati davomida o‘quvchilarga nutq madaniyati, 
to‘g‘ri va chiroyli yozish qoidalarini shakllantirishda qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. 
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ona tili ta’limi va maqsadining tadrijiy taraqqiyoti, O‘quv qo‘llanma, Dilorom Yo‘ldosheva, 
Toskent, 2013.
2. N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva, G.Ziyodullayeva. Ona 
tili. 5- sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent, 2011 yil.


549

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish