10
BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Bojiyeva Nodira
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani
5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998990412485
Annotasiya: Maqolada pedagogik texnologiyalardan , ya’ni o‘qitishning rivojlantirishni
innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiya, uzluksiz ta’lim, kompyuter
savodxonligi, WEB-texnologiya.
Har bir avlod singari bir insonning ham umr daftari bo‘ladi. Ayni daftarni “shohsatrlar” – ezgu
ishlar, yaxshiliklar bilan bezash o‘zimizning qo‘limizdadir.
Bunda fursatni g‘animat bilmoq vaqtni qadrlamoq nihoyatda muhim.
Barchamizga ma’lumki, har bir jamiyat kelajagi unda ta’lim tizimining qay darajada
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha b
o‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi
darajali vazifamiz deb bilamiz. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarb
va ahamiyati hech qachon yo‘qolmaydigan bo‘lib bormoqda. Buning uchun, avvalo, boshlang‘ich
sinflarda o‘sib kelayotgan yosh avlodga mukammal ta’lim-tarbiya berish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kuchli pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari shart. Ular
o‘quvchilarni to‘la darsga qamrab olishlari, dars jarayoniga qiziqtira olishlari lozim.Uzluksiz
ta’lim jarayonida har bir o‘qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni amalyotda tatbiq
eta olishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
– innovatsion texnologiya tushunchasi uning mazmun-mohiyatini bilishi;
– innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o‘rni va rolini bilishi;
– innovatsion texnologiyalarni fanlar bo‘yicha qo‘llash prinsiplarini bilishi;
– ta’limiy va ishchanlik o‘yinlarini bilishi;
– muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
– o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llarini bilish;
o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
– ko‘rgazmali o‘qitish usullarini bilishi va egallashi.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari oldida
turgan asosiy vazifa mamlakatimizning iqtidorli va istiqbolli yangi avlodini tarbiyalash va
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan kirib kelishi quvonarli
holdir. Uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini o‘qitishni takomillashtirish, o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan,
interfaol va noan’anaviy usullardan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Axborot texnologiyalari – gipermatn, multimedia, internet, elektron pochta, WEB-texnologiya,
sun’iy intellekt tizimlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Axborotlar ko‘paygan va texnik vositalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda o‘qitish
jarayonida o‘qituvchi har bir mavzuga doir ma’lumotlar berishida faqatgina kitobdagi ma’lumotlar
bilan cheklanib qolmasdan, mavzuga oid proyeksion ko‘rgazmalar, elektron darsliklardan,
internet ma’lumotlari, turli dasturlarda tayyorlangan animatsiyalardan foydalanish juda muhim
hisoblanadi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi barcha zamonaviy texnika, axborot va pedagogik texnologiyalardan
xabardor bo‘lishi davr talabidir. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yangi adabiyotlardan
foydalanish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish ta’lim
samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi quyidagi bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi:
– kompyuterning asosiy texnik vositalari va ularning tavsiflarini bilish;
– kompyuter savodxonligi, Internet tizimi, modem aloqa va elektron pochtadan foydalana
367
10
bilish;
– dars jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish metodologiyasini bilish;
– dars jarayonida axborotni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qila olish;
– axborot texnologiyalari ularni dars jarayonida joriy etish yo‘llarini bilish;
– axborot texnologiyalar asosida bilim olishning didaktik tamoyillarini bilish;
– axborot texnologiyalar asosida muammoli ta’limni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or pedagoglarning
tajribalarini o‘rganish;
– dars jarayoniga tegishli bo‘lgan manbalarni Internetdan izlab topish va undan foydalanish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Endi o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchiga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni
mustaqil egallashlariga ko‘maklashishdan iborat. Buning uchun o‘quvchilarning o‘z qobiliyati
va imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyon etishlari va butun kuch-g‘ayratlarini bilim olishga
sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur.
O‘qituvchi buning uchun imkon darajasida o‘zining moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lishi lozim.
Bor kuch-g‘ayrati, mahorati, tirishqoqligi bilan, qoleversa, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ish
tajribasiga muntazam yangilik olib kirgan pedagogning shogirdlari kreativ fikrlovchi va komil
inson bo‘lib shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. A.Mavlonov, S.Abdalova, L.Yusupova ,,Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillar asosida
dars mashg‘ulotlarini olib borish texnologiyasi”Toshkent 2010. 2. Jo‘rayev.R.H, Zunnunov.A ,
Hayitov A. “Ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish”. Uslubiy qo‘llanma. Buxoro-1999 y. 40 bet.
368
Do'stlaringiz bilan baham: |