606
10
va topshiriqlarni bajarish bilan cheklanib qolish emas. Shu bilan birga og‘zaki va yozma nutq
savodxonligi, nutq va muloqot madaniyati, boy so‘z zaxirasi va notiqlikni ham birinchi o‘rinda
qo‘yish lozim. Buning uchun har bir sinfda imlo va izohli lug‘at bo‘lishini ta’minlash
va ona
tili fanidan ham lug‘at daftar yuritilishi lozim. So‘z boyligi bo‘lmagan o‘quvchida matn yaratish
ko‘nikma va malakasi mutlaqo shakllanmasdan qoladi. Axir, farzandlarimizning o‘z ona tilida
maromiga yetkazib, so‘zni marjondek terib, ma’nosiga tushunib so‘zlay olishi uchun ham so‘z
boyligi, nutq malakasi zarur bo‘ladi.
Ona tili barcha fanlarning onasi hisoblanar ekan, bu fanni o‘quvchilarga o‘rgatishda juda
e’tiborli bo‘lish va sinfdagi o‘quvchilarning barchasi fanni chuqur o‘zlashtirishga ahamiyat berish
lozim. Buni amalga oshirishdagi asosiy muammolardan biri sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi
va buming natijasida o‘quvchining uy ishini, sinf ishini tekshirishga vaqt yetmay qolishidir.
Chunki matn, hikoya va gap tuzish topshiriqlarini tekshirish jarayonida imlo, ishora va uslubiy
xatolarini izohlab, tushuntirib ketish kerak bo‘ladi.
Fikrimcha, davr
olimlardan zamonaviy uslubdagi, ilgʼor qarashlarga asoslangan darslik
yaratishni talab qilayotir. Аmaldagi darsliklarda qoidalardan soʼng berilgan mashq va topshiriqlar
bolaning nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi, ogʼzaki va yozma nutqini oʼstirish, tafakkur
doirasining kengayishiga yordam bermaydi, mustaqil fikrlashga undamaydi. Darslik yaratish
uchun qandaydir ilmiy darajaga(unvonga) ega boʼlish kerak, degan talabga oʼzgartirish kiritib,
oddiy oʼqituvchilarga ham oʼz tajribalariga tayangan holda bolaning yoshi va qiziqishlari doirasini
inobatga olib, yangicha uslubda darslik yaratish imkoni berilsa, maqsadga muvofiq boʼlardi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu muammolarning yechimi, boshqa fanlardan farqli
o‘laroq ona tili fani qo‘shimcha dars to‘garaklarini 2 soat emas, majburiy qilib haftasiga 4-5 soat
qilish kerak deb o‘ylayman. Qo‘shimcha to‘garaklar ona tilimizning
barcha qonun-qoidasi va
so‘z boyligini, ularning mazmunini kelajak avlod ongiga singdirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Mahmudov.“Ona tili o‘qitish metodikasi”. Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti 2010.
2. G‘.Hamroev. “Adabiy talaffuz madaniyat belgisi” . “Ma‘rifat” gazetasi. 2019-yil.48-son.
3. R.Yoldashev. “O‘zbek tili darsliklari”. “Ma‘rifat” gazetasi. 2019-yil 42-son.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ona tili fanidan o‘quv dasturi. 2017-yil.