Масъул муҳаррир


Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi:
1. induktiv
2. deduktiv


369
10
3. analogik
Psixologiyada tafakkurning o‘ndan ortiq turlariga ta’rif berib o‘tilgan. Psixologiya tarixidan 
bizga ma’lum bo‘lgan avtoritar tafakkur turi harn o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan 
keskin ajralib turadi. Muayyan fikrning chin yoki yo!g‘onligini obyektiv dalillar bilan isbotlash 
o ‘rniga 
inson shaxsning ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolish d an iborat tafakkur turi 
muallifitar tafakkur deb ataladi.
Shunday qilib, psixologiyaning peridmeti tafakkur bo‘lib , uning turi o‘zining samaradorligi 
va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi 
muammolarni o‘ylab chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo‘lib, insonning bilish 
faoliyatida yetakchi o‘rin tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. E.G‘.G‘O Z IYEV//PSIXOLOGIYA // Toshkent-2008.
2. Psixologik tushunchalar//Qo‘llanma-2013
3. P.I.Ivanov//umumiy psixologiya// Toshkent-2008.


370
10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Boltayeva Muyassar Ibragimovna
 Xorazm viloyat Gurlan tuman 8-maktab 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +998942335377
Muyassar.boltayeva@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda o‘qish fanining o‘rni va ahamiyati, 
o‘quvchilarning intelektual salohiyatini oshirish va brkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida fanning 
maqsad va vazifalari o‘z aksini topgan. 
 Kalit so‘zlar: o‘qish darsi, darslik, fan, o‘quv predmet,o‘zlashtirish.
O‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra boshlang‘ich ta’lim tizimida alohida 
o‘rin tutadi.Barcha predmet darslarini o‘qish faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki matnni 
tushunib, bir maromda to‘g‘ri va ifodali o‘qishni, o‘rgatish bilan o‘qish darslari shug‘ullanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari yuqori sinflardagi o‘zbek adabiyoti, tarix, geografiya, 
biologiya va boshqa fanlarni o‘zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun 
boshlang‘ich sinflardagi o‘qish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. O‘qish darslarini talabdagidek 
olib borish uchun o‘qituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar 
bir soatga mo‘ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi 
doim harakatda, xayoli o‘yinda bo‘ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglay 
olmaydilar. Shu tufayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o‘yin, ashula, qisqa muddatli 
qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o‘qish orqali amalga oshiriladi.
O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suya-
nib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. 
O‘qish va nutq o‘stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish 
mazmunini o‘qish ko‘nikmalarining og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullari-
ni, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning DTS bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan bilimlarini 
hamda o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalarini egallashlariga yo‘l ochadi. Aynan o‘qish ta’limida 
insonning, avvalo, o‘zligini qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beradi. Shun-
ing uchun ”O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, vatanimiz tarixi 
va bugungi qiyofasi kattalar va bolalar hayoti, mehnati, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, 
xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular kiritilgan. Maskur mavzularga oid badiiy va 
ilmiy-ommabop asarlar ta’limiy, axloqiy xarakterda bo‘lib, ular o‘quvchilarning aqliy kamolati 
va ma’naviy axloqiy tarbiyasiga qaratilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilarning ba-
diiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida 
to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. 
Tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayoti, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy 
munosabatlar bo‘yicha bilim va tarbiya berishni ta’minlaydi. Ularning ichida istiqlol, vatan, 
ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad, 
o‘quvchilarning o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.
Oʻqish darslarini boshlarida goʻzallikka muhabbat uygʻotadigan, poklik tuygʻulariga ozuqa 
beradigan, hissiyotni oʻtkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni 
boyitadigan, estetik didni oʻstiradigan musiqiy va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bogʻlangan 
boʻlishi kerak.
Oʻqish, musiqa va tasviriy san’at darslarini oʻzaro bogʻlab uyushtirish bolalarda san’at 
asarlarini toʻgʻri tushunish va qadrlash koʻnikmalarini oʻstiradi, oʻquvchilarning shaxs sifatida 
ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
”O‘qish kitobi’’ darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan 
birga, ularning og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilarning 
darslik yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning kelajak hayotda zarur 
bo‘lishini tushunib yetishlari nazarda tutilgan.
O‘qish darslarida quyidagi didaktik vazifalar alohida inobatga olinadi:
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri o‘qish, ongli, ifodali o‘qish malakalarini 
shakllantirish.


371
10
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga 
muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurutuvchi, ijodkor kitobxon 
darajasiga ko‘tarish.
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish, hamda ilmiy 
dunyo qarashlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarning axloqiy, estetik, jihatdan yetuk kishilar qilib va mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va abadiy estetik taffakurini o‘stirish.
6. O‘quvchilarning hayolat olamini boyitish.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi oʻzgarishlar yangi davr talablari asosida 
ijodiy ishlaydigan tashabbuskor, tadbirkor, mohir va har tomonlama qobiliyat egasi boʻlgan kadrlar 
tayyorlashni taqazo qiladi.
Oʻqish dasturini tuzishda gʻoyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday 
qilib, oʻquv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim boʻlgan borliq haqidagi 
bilimlar va insoniy munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’lim sohasida olib 
boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Bular asosida Davlat ta’lim standarti, 
dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan 
foydalanilmoqda.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish