10
MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALAR YECHISHNI O‘RGATISH
METODIKASI
Shavkatova Shoira Shavkatovna
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani
40 – maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+ 99891 103 25 45
Annotatsiya: ta’limni isloh qilish, xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, o‘quvchilarda
matematik salohiyatni oshirish, boshlang‘ich sinflarda matematik masalalar yechish qobilyatini
shakllantirish haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar – masalalar, matematik savodxonlik, kundalik o‘quv faoliyat.
Ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari sifatida ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan
yaxshilash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish, majburiy
umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash, ta’limni
boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho
berish tizimini yaratish, ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi.
Mamlakatimizda
boshlang‘ich
sinflarda
matematika
o‘qitish
umuman
maktab matematika kursini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi, Shu sababli
boshlang‘ich sinflarda ishlashda o‘rta maktabda matematika o‘qitishda ko‘zda tutiladigan umumiy
masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri
baholash kerak. Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish jarayonida soda masalalarni yechishni
o‘rgatishni tashkil etish orqali o‘quvchilarning matematik tafakkurlarini shakllantirish, kasbiy
ko‘nikmalarni tarkib toptirish, umumlashtirish kabi xususiyatlarni o‘quvchilarda shakllantirish
masalasi hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida qarab kelinmoqda.
Ushbu ta’lim jarayonining markazida esa ta’lim jarayonining sub’ekti bo‘lgan o‘quvchi
hamda ushbu jarayonning rahbari – o‘qituvchi turmog‘i lozim. Chunki bu ikkala shaxsning
hamkorligi, o‘zaro muloqoti, bir-biriga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri eng zamonaviy, demokratik
talablar asosiga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun birinchi navbatda o‘qituvchi:
-o‘quv biluv jarayoniga qo‘yilgan talablar;
-ta’limni tashkil etish va boshqarish yo‘llari va prinsiplari;
-o‘quvchini aqliy hamda jismoniy jihatdan rivojlantirish metodlari;
-o‘quvchi bilan hamkorlik qilish, uni bilim olishga va kasb tanlashga yo‘naltirish;
-o‘quvchi yoshlarning kundalik faoliyatini to‘gri tashkil etish;
- ular bilan do‘stona muloqotga kirishish;
- kundalik o‘quv faoliyati jarayonida uchraydigan muammolar va kelishmovchiliklarni bartaraf
etish yo‘llarini birgalikda izlash;
- o‘quvchilar orasida ishchanlik muhitini vujudga keltirish; ularning faoliyatini aniq va to‘g‘ri
baholashi kerak.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimining isloxoti ta’limda qotib
qolgan ko‘p qoidalarning o‘zgartirilishini, respublikadagi ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarni xisobga
olgan, ilmiy asoslangan yangi, yaxlit tizimning shakllanishini taqozo etadi.
Masalan : O‘quvchida 14 ta rangli va 2 ta oddiy qalam bor. O‘quvchida hammasi bo‘lib
nechta oddiy qalam bor?
Berilgan :Yechish :
14 ta rangli qalam
14 + 2 = 16 ta
2 ta oddiy qalam
Jami qalam nechta? Javob: 16 ta
Bu masala orqali o‘quvchilarda ayirish haqida tushunchani shakllantirish, mustahkamlash
va yig‘indini topishga doir bilimlar hosil bo‘ladi. Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda yangi
308
10
bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinadi, shu orqali mustahkamlanadi. Masalan,
bilimlarning shaklanishida nazariyani amaliyot bilan o‘qitishni turmush bilan bog‘liq olib boorish
imkonini beradi. Masala yechish orqali xarid qilingan narsaning narxini, kvartira ta’mirlashning
bahosi, poyezdga kechikmaslik uchun uydan qachon chiqish kerak, degan turli xildagi amaliy
hisoblashlarni hal qilib beradi. O‘quvchilar masalalarni yechayotganda turli xil matematik
tushunchalar – son, arifmetik amal, qo‘shiluvchi, yig‘indi, qoldiq kabilar bilan tanishadilar,
shuningdek atrof muhitdagi, fandagi, texnikadagi turli xil bog‘liqli muammolar bilan tanishadilar
va uni yechadilar.
Matematika o‘qitishda tashkil etilgan soda masalalarni yechish o‘quvchilarning matematik
bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq
qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini tushunishlariga imkon beradigan
faoliyat turlaridan biridir.
FoydalanilganAdabiyotlar :
1. Karimov.I.A. “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” T-“O‘zbekiston” 1998 y 686 bet
2. Jumayev.M. vab.q.“Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi” T- 2005 y 312
b
3. Mardanova F.I. «Matematikadan test topshiriqlari» 4-sinf T-O‘qit 2007-y
309
Do'stlaringiz bilan baham: |