Masshtab. Masshtab: Yer sharini kichiklashtirish, kompilyasiya va generalizatsiya



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.10.2022
Hajmi1,21 Mb.
#851815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
K.D.M3

Karta qirqimi 
Karta bo’lmagan kartaning qirqimi asosiy karta tarkibida va asosiy karta kadri 
doirasida ishlatiladi. Kiritilmagan masshtab olish kartaning katta bo’lmagan 
uchastkasiga etiborni tortishi yoki kuchaytirishio’quvchiga tanish bo’lmagan 
soxanio’rnatishi uchun aniqlashtirishda foydalaniladi. Karta qirqimlari murakkab 
konstruksiyalarni va komponovka muommolarini yechimda juda foydali bo’lishi 
mumkin, lekin ulardan ko’p foydalanib bo’lmaydi. (2.24-rasmga qarang). 
Agar juda ko’p kiritmalar yaratilsa dizayn bir butun ko’rinmaydi, tartibli 
ko’rinishda bo’lmaydi. 
Ba’zi tumanlar berilgan formatda oson chizilmaydigan noto’g’ri shakillarga ega. 
Alyaska shunday joylardan biridir. Agar butun Alyaska shtatini “portret” 
formatidagi saxifaga joylashtirilsa karta juda kichkina bo’lib, ma’lumotlarni 
ko’rsatish qiyin bo’ladi; Aleutlar uchun kiritmalardan foydalanilsa, unda karta 
katta bo’lib ketishi mumkin. Agar qirqim asosiy kartadan boshqa masshtabda 
bo’lsa, 
o’lchamlardagi


2.24-rasm. Ramkalar ichiga foydali ma’lumotlar va kartalarni o’rnatish. Bu esa 
kartaga tartib bag’ishlaydi. 
chalkashlikdan qochish uchun masshtab kartada xam, qirqimda xam joylashtirishi 
mumkin. 
Alyaska va Gavay orollari kartalarining qirqimlaridan ko’puncha 50 ta qo’shma 
Shtatlarning ko’rsatuvchi kartalarda foydalaniladi. Ba’zan bu bolalar uchun 
muommo yaratadi, ular Alyaska va Gavayi 48 ta chegaraviy davlatlardan janubda 
joylashganligi va Alyaska orol ekanligiga ishonishi kerak. Bu muammo 2 ta 
davlatlarni ajratib turadigan Shimoliy Amerika va Tinch okeaning qirqmalari 
yordamida xal qilinadi. Bunday turdagi qirqma shuningdek xar qanday turdagi 
viloyat uchun foydalanilib, buni o’quvchi uchun notanish deb xisoblashimiz 
mumkin (2.25-rasm). 2.26-rasmda markaziy zona detallari ajratilib bo’lmaydi; agar 
karta viloyatni batafsil ko’rsatish uchun etarlicha katta qilinsa, u formatga muvofiq 
kelmaydi; agar faqatgina viloyat atrofi ko’rsatilsa, o’quvchi yo’nalish ololmay 
qoladi. Yechimlardan biri maydonni kattalashtirib, uni qirqma sifatida taqdim 
qilishdir. 


rasm. Karta qirqimining geografik joylashuvi. Karta qirqim kartadan 
foydalanuchiga noma’lum ob’ektlarni o’qish uchun xizmat qiladi 
Yordamchi matnlar va illyustratsiyalar 
Shunday matnli qo’shimcha elementlar borki, ular karta ular joylashishi shart. 
Boshqa mutaxassislar tomonidan yaratilgan kartalardan foydalanishga asoslangan 
miqdorli kartalar uchun shaxsiy ma’lumotlar ushbu usul bilan tasvirlanadi. Ushub 
amallar kitoblardan ko’chirib olishda xam qo’llaniladi. Yana boshqa qo’shimcha 
matnlar borki, ular loyixalash nomini va bu orqali kartadan foydalanuvchilar 
kartadan foydalanish darajasini va aniqligini bilib oladilar. Boshqa kartaning 
elementlari kabi ular kartaning aniq va ravshanligini ta’minlaydi. 
Kompyuterlar orqali rasmlar va matnlarni joylashtirish mumkin hamda karta va 
atlaslarga o’zgacha ko’rinish va ommabopligini ta’minlaydi. 


poytaxti 
1-KO СНА 2-KO СНА 3-KO CHA 
4. 
Bino 

rasm.Ajratib ko’rsatilgan joy aniqroq 
ma’lumotni ko’rsatishuchun zarur. 
Bu 
albatta samarali bo’lishi mumkin 
lekin 
ulardan 
foydalanishda 
extiyotkorlik talab etiladi. Keragidan 
ko’proq ma’lumotlar kartaning o’qilishiga yoki uni loyixalashtirishga ta’sir qilishi 
mumkin. SHunday atlaslar borki, ularda kartadan ko’ra matnlar ko’proq. Kartadan 
foydalanuvchilar bunday karta va atlaslarga boshqacha nazar bilan qarashlari 
mumkin. Xulosa shuni ko’rsatadiki kartaning maqsadiga ko’ra ma’lumotlarni 
joylashtirish kerak. Ushbu qo’shimcha tuzilayotgan kartani to’ldiradimi yoki 
tartibsizlikka olib keladimi? Kartadagi rasmlar kartada predmet sifatida 
illyustratsiyalanadimi yoki ular ortiqchami? Kartografiya tarixida kartalarga 
dekorativ tasvirlarni xam joylashtirishgan. 17 asrda “Blaeu” nomlanuvchi atlasning 
xar bir kartasi atrofida binolarni tasvirlovchi chizmalar tasvirlangan; 17-asrning 
oxiri va 18-asrda yaratilgan kartalarda allegorik shakllar qo’shilgan. 19 asrda 
yaratilgan atlaslarda esa, tarixiy voqealarni ko’rsatib beruvchi tasvirlar mavjud. 
2.27- rasmda tasvirlangan kartada pero va ruchka bilan tasvirlan binolar andazalari 
mavjud. 


Ramkalar va tartibli chiziqlar 
Tartibli chiziqlar kartani boshqa ma’lumotlardan ajratgan holda ularni karta 
ramkasining ichiga jamlaydi; karta atrofidagi barcha tavsilotlar chegarasidir. 
Ushbu chiziqlar 2.15-rasmda kartaning umumiy ko’rinishida tasvirlangan. Kadr va 
to’g’ri chiziqlardan foydalanish borasida bir qancha qarama-qarshiliklar mavjud. 
Ko’pchilik karkassiz kartalar ularning varag’iga “ozodlik” bag’ishlaydi desalar, 
boshqalar esa kadr karta varag’iga barqarorlik beradi deb hisoblaydi. Bularning 
barchasining ahamiyatli darajasi shaxsiy qarashlar bo’lib, bu yerda kartalardan 
qaerda foydalanish, ulardan kimlar foydalanishi va qaysi kompaniya va agenstvalar 
kartalar seriyalarini tuzishadi. 
rasm. Tasvirlar va rasmlar kartaga nisbatan qiziqish ortishini ta’minlashi mumkin. 
Montichellodan Virdjinyaning ma’lum qismi pero va tushda qo’l bilan aloxida 
tasvirlangan. Norman J. W. Thrower. 
tomonidan tuzilgan karta. 
Kartaning umumiy ko’rinishi. Bog’likliklar 
Kartograflar kartaning umumiy tashqi ko’rinishini inobatga olishlari kerak. 
Kartalarga ko’pgina miqdordagi shartli belgilarni yuklashimiz mumkin, ammo ular 
kartaning yaxshi o’qilishiga to’sqinlik beradi. Bularning barchasi kartaning 
mavzusini illyustriyastiyalash uchun zarur bo’lishi mumkin. Ko’plab 


ma’lumotlarni o’zida jamlagan kartalarda mavzularni ajratish va shartli belgilar 
orasida ziddiyatlar vujudga kelishi sababli o’quvchining diqqatini oshiradi. 
Innovastion uslublar va stillar grafiklarga nisbatan ustun bo’lganda grafiklardan 
tortib toki nuqtalargacha dizayn qilish oson bo’ladi. Kartada shartli belgilar 
jozibador ko’rinish aks etadi, ammo shartli belgilarning sekinlik bilan paydo 
bo’lishi natijasida ma’lumotlarni yo’qotishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan 
ijodiy va innovastiyaning yo’qolishi olib kelishi kerak emas. 
Kartaning manzaraligi (ko’rkamligi) 
Kartaning umumiy tashqi ko’rinishlari mavjud aspektlar ya’ni oxirgi yillarda 
keraksiz deb topilgan aspektlaridan biri bu kartaning ko’rkamligi (chiroyi). Eski 
kartalarni devorlarga osishda ularning bejirim ko’rinishlari va ramkaga 
solinganligiga qarab baxolangan, bunday holatlarda ilgari kompyuterlarda 
yaratilgan, bir qancha tuzatishlar kiritilishi lozim bo’lgan kartalarni ko’rinishlarini 
tasvirlash juda mushkul. Albatta, kartalarning chiroyi va ularning ko’rinishlarining 
standartlarirni aniqlash juda qiyin, lekin kartadan foydalanuvchilar kartaning 
estetikasiga e’tibor berishadi. Hozirgi zamonaviy kartalarda xarflar naqshli 
ko’rinishlarda, mukammal shartli belgilar va kemalar hamda boshqa murakkab 
ob’ektlarni tasvirlansada, an’anaviy usulublarda (eski kartalar) yaratilgan 
kartalarning jozibadorligi haligacha saqlanib qolgan. Bir qancha norasmiy 
kartalarda naqshlarning yetishmovchiligi uchrab turadi, chunki ulardagi naqshlar 
o’rinsiz va chalg’ituvchi hisoblanadi. Ushbu kartalar bashang va chiroyli 
hisoblanadi. 
Keng qiziqishdagi predmetlarni tasvirlash uchun ishlab chiqilgan katta formatdagi 
kartalar ya’ni National Geographik maxsus kartalarni tuzishda naqshlardan 
foydalanish samarali natija beradi. Ko’rganimizdek, naqshlar kartaga vizual 
jozibadorlik bag’ishlaydi va kartadagi ma’lumotlarning obzorli ko’rinishini saqlab 
qoladi. Ko’plab kartalar aniq bo’lishiga qaramasdan xira bo’ladi. Yaxshi kartalar 
esa ko’rish va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. 
Bir qancha tashkilotlar, amerikalik geograflarning maxsus kartografiya guruxlari 
karta dizayniga xomiylik qilib, musobaqalar tashkil qilib turishadi. Ularning veb 
saxifalari haqidagi ma’lumot V ilovasida keltirilgan. 
Kartalarni muhokama qilish 
Foydali odat (va ko’pgina kompaniya va agentliklarning umumiy qabul qilgan 
amaliyoti), ya’ni tuzilgan karta texnik talablarga mos kelishi uchun nazoratdan 
o’tkazilishi: ranglardan foydalanish, shriftlar, chiziqlarning vazni, statistik tartibi. 
Bu kartografga kartani qayta ko’rib chiqish va yangilash ishlarini kamaytirishga 
yordam beradi. 
Kartalarni tanqid qilish 
Kartalarni loyixalash, taxrir qilish va nashrga tayyorlashning oxirgi vazifasi bu 
ularni tanqidiy nuqtai nazardan qarash hisoblanadi. Agar siz kartaning har bir 
elementini nazorat qilganingizda va oxirgi baxolash ishlarini olib borganingizda 
ham. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish