Massagetlar malikasi To'maris eramizgacha bo'lgan 6 asrda yashab o'tgan. U Turon xalqlarining ahomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda hisoblanadi.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» asarida yozilishicha, Ahomaniylar davlati asoschisi Kir II milloddan avvalgi 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To'maris massagetlar qabilasining malikasi bo'lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo'ylari va Qizilqumda yashashgan. To'maris massagetlar podshosining rafiqasi bo'lib, u turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng davlatni boshqargan.
Butun dunyoni o'z qo'l ostida jam etishga intilgan Kir II qo'shinlari massagetlar eriga bostirib kirganda, ilk jangda massagetlar qo'shiniga To'marisning o'g'li Sparangiz qo'mondonlik qiladi. Dastavval Sparangizning qo'li baland keladi, biroq eroniylar hiyla ishlatib uni asir olishga muvaffaq bo'lishadi. Nomusga chidolmagan shahzoda Sparangiz o'z joniga qasd qiladi.
Shunda ham g'ami va iztirobini davlat manfaatlaridan ustun qo'ymagan To'maris Kir II ga erlarini yaxshilikcha va qon to'kmasdan tark etishini so'ragan. Kir II sulh tuzishga ko'nmaydi. Bazi manbalarda keltirilishicha, u hatto To'marisdan unga turmushga chqiishini so'rashga qadar jur`at eta olgan. Shundan keyin malika To'marisning jang qilishdan boshqa chorasi qolmagan.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To‘marisning oʻgʻli Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan.
Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan.
Mil.av.VI asr o‘rtalarida qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo‘lgan ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan, imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II (mil.av.558-530) O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan ilk fors podshosi bo‘lgan. Mil.av. 545 va 540-yillar oralig‘ida u Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil.av. 530-yilda, Kir II 200 000 kishilik qo‘shini bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi.
Qadimgi yunon tarixchisi Geradotning (mil.av.V asr) “Tarix” asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil.av. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris (ayrim manbalarda Tomir xotin dеgan taxminlar ham bildirilmoqda) massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. To‘marisning tarjimayi holi haqida hеch qanday ma’lumot saqlanib qolmagan, faqat uning jasorati haqidagi rivoyatlar yetib kеlgan.
Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Sparangizni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi.
“G‘arbdan Kaspiy dengizi, Kavkaz bilan chegaradosh, sharqda esa quyosh chiqish yo‘nalishida unga cheksiz ko‘z ilg‘amaydigan tekislik tutashadi. Bu ulkan tekislikni ko‘pchilik qismini tilga olingan massagetlar egallaydi, ularga qarshi Kayxusrav urush qilishni o‘yladi. Kayxusravda bu yurishga undaydigan juda muhim sabablar bor edi. Eng avvalo u o‘zini odamdan yuqori hayol qildi, keyin unga barcha urushlarda baxt kulib boqdi. Axir Kayxusravga qarshi borgan hech bir xalq o‘z halokatidan qochib qutila olmadi.
Massagetlarni malikasi marhum podshoning rafiqasi edi. Uni To‘maris deb atar edilar. Unga Kayxusrav elchilarni sovchilik bahonasi bilan go‘yoki uni o‘ziga xotin qilish maqsadida jo‘natdi. Lekin To‘maris, Kayxusrav unga uylanish emas massagetlar podsholigi ilinjida ekanini tushundi va uni rad qildi. Shunda Kayxusrav ayyorlik bilan o‘z maqsadiga erisha olmagani uchun massagetlarga qarshi ochiq urush bilan keldi. Qo‘shinni o‘tkazish uchun podshoAraks daryosiga ko‘priklar qurushni, ko‘priklar turgan kemalarda esa minoralar ko‘tarishni buyurdi. Kayxusrav qo‘shini hozircha bu ishlar bilan band ekan, To‘maris chopar orqali Kayxusravga mana buni aytishga buyurdi: Midiyaliklar podshohi o‘z niyatingdan qayt. Axir sen oldindan bilmaysanku, bu ko‘priklarni qurish sen uchun yaxshilikka xizmat qiladimi, qo‘y buni, o‘z davlating ustidan podsholik qil va biz o‘z-o‘zimizga hokim bo‘lganimizga hasad qilma.
Gеrodotning yozishicha, qadimda turonliklar, xususan, massagеtlar quyoshga, yеrga sig‘inishgan. Ular o‘z vatanlarini quyosh kabi muqaddas dеb bilganlar. To‘maris barcha turonliklarning jasoratli onasi, ozod Vatanga sadoqat timsoli bo‘lib qoldi.
Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugʻi bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |