Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?
Kimga ishlab chiqarish kerak?
Yuqoridagi savollardan ikkitasi, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak? va qanday ishlab chiqarish kerak? degan savollar - resurslardan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining juda ko’’ alg’ternativ variantlari mavjudligini taqozo qiladi.
Ma’lumki, har bir vaqt oralig’ida jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari chegaralangan. Bunday chegaralanganlik jamiyatdagi mavjud resurslarning chegaralanganligi hamda bu resurslarni foydali ne’matlarga aylantiradigan texnologiyaning holati bilan, uning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan birini tanlab qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Boshqa variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo’lgan foydadan voz kechamiz, ya’ni bu foydalanilmagan imkoniyatlar bo’lib, alg’ternativ xarajatlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |