АMАLIY MАShGʼULOT №22
Mavzu: Rezba kesuvchi asboblarni xisoblash va loyihalash
Ishdan maqsad: Rezba kesuvchi asboblarni xisoblash va loyihalashni tahli qilish.
Nazariy qism
Rezba qirqish keskichlarining konstruktsiyasini va rezba qirqish jarayonini sharoitlarini takomillashtirish borasida izlanishlar olib borgan navotorlarning qilgan ishlari katta ahamiyatiga egadir.
Bularga tokar Navotorlar Yu.Dikov va N. CHikirovlar tomonidan ishlab chiqilgan ya’ni yuqori tezlik bilan rezba qirqish usuli (rasm 323) qora trapetsiyasimon rezba qirquvchi keskich keltirilgan bo’lib, umumiy profil burchagi 500 oldingi burchagi g=00 ; orqangi burchagi α=2-30 (keskichning mustaxkamligini oshirish maqsadida). Toza rezba qirquvchi keskich profili burchagi toza qirqilgan rezba burchagi profili burchagiga teng. (hozirgi holat uchun 400).
Po’latdan tayyorlangan zagotovkaga ishlov berishda kesish tezligi V=155- 450 m/min bo’lib, bundan keskichning konstruktsiyasining kesuvchi qismi T15K6 markali qattiq qotishma plastinkasidan tayyorlanagan bo’lib, ba’zi bir detallarga ishlov berish jarayoniga ketgan vaqt 3 soat gacha qisqargan.
Prizmatik rezba qirquvchi keskich (rasm 324) da keltirilgan. Bunday keskichdan foydalanayotganda uni maxsus dastakcha, prujina yordamida mahkamlanadi. Orqangi burchagi α uni dastakcha og’ma ravishda o’rnatilishi natijasida hosil qilinadi. Oldingii burchak γ ishlov berilayotganda materialimizga bog’lab qabul qilinadi. Prizmatik keskichlarning faqat rezbaning ko’tarilish burchagi katta bo’lmagan xolatlarda qo’llash mumkin. CHunki bunday kesikchlarda profilning yon sirtlarida har xil orqangi burchakni qabul qilish imkoni yo’q. Yumaloq rezba qirquvchi keskichlar rezba qirqishda ko’proq qo’laniladi, chunki uni tayyorlash prizmatik keskichga nisbatan osonroq. Tashqi yuzalarga rezba qirquvchi yumaloq keskichlar opravkaga qo’ndiruvchi qilib tayyorlanadi. Keskich opravkaga o’rnatilib, uni opravkada aylanib ketmasligi uchun yon sirti bir yoki ikki tomonida kichik tishchalar qilinadi.
Rezbani hosil qilish usullari
a) Bir tig’li rezg’ba qirquvchi asboblar bilan prizmatik yoki yumaloq sterjenli keskich, bir tig’li va ko’p tig’li jilvirlash toshlari bilan;
b) Grebyonka, yumaloq plashka, metchik, rezba qirquvchi galovka, ko’p tig’li jilvirlash toshi;
v) Bir marta o’ztuvchi frezerlash aylanuvchi asbobi bilan, bir tig’li rezba frezasi qattiq qotishma plastinkasidan tayyorlangan keskich uyurma kallagi bilan;
g) Aylanuvchi ko’p tig’li freza bilan frezalash;
d) Rezbani sharok, rolik yoki plashka bilan nakatkalash yo’li bilan hosil qilish;
e) Bir marta o’tuvchi qisqa tutashish yuzali rolik bilan o’q bo’yicha surish orqali nakatkalash;
j) Bir marta o’tuvchi obkatka keskichi bilan obkatkalash;
Rezba qirquvchi keskichlar va grebyonkalar
Rezba qirquvchi keskichlar tashqi va ichki rezbalar qirqish uchun xizmat qiladi. Ular sterjenli, bir tig’li va grebyonkasimon, yumaloq hamda shunga o’xshash. sterjenli bir tig’li rezba qirquvchi keskich ko’rsatilgan.
O’zimizda tasavvur qilamizki, rezba qirquvchi keskich ish jarayonida juft rezba qirqadi.rezbaning yon sirti vintsimon bo’lib S qadamdan iborat. Keskichning kesuvchi qirrasidan birida A nuqtani belgilaymiz. (rezbaning tashqi diametridan). Ish bajarmayotgan holatida keskichning orqangi burchagi α1 keskichning kesuvchi qirrasiga nisbatan normal bo’yicha bir xilda o’zgarmas.
dan orqangi burchak α1A A nuqtada ko’rsatilgan AV kesimda, zagotovka o’qiga nisbatan paralel, ish jarayonida o’sha kesimda xaqiqiy orqangi burchak αz ikki burchak oarsidagi tafovutdan (farqdan) aniqlanadi, ya’ni α1A- ωA
bu yerda ωA - A nuqtadagi rezbaning ko’tarilish burchagi;
Odatda xisoblashda rezbaning ko’tarilish burchali shartli ravishda o’rta diametrda qabul qilinib ω bilan belgilanadi.
U xolda :
SHunday qilib, o’ng rezba qirqish davomida keskichning chap kesuvchi qirrasida haqiqiy orqangi burchak αxak, ωA miqdoriga kichrayadi, hamda keskichni o’ng qirrasida esa (V) nuqtada shuncha miqdorga kattalashdi.
Keskichning kesuvchi qirrasidagi normal kesim bo’yicha kesish jarayonidagi burchak quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
CHap kesuvchi qirrasidagi orqangi burchak uchun (rasm 320)
O’ng kesuvchi qirrasi uchun
kesimdagi μ burchagi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Bundan ε rezba profilining yarim burchagi.
Uchburchakli rezbalar uchun profil burchagi 2ε= 55-600 va ko’tarilish burchagi ω= 3-40 bo’lganda μ burchagining ta’siri hisoblanmaydi va keskichlar o’ng va chap kesuvchi qirralarida bir xil orqangi burchak bilan ta’sinlanadi.
Trapetsiyasimon rezbalar uchun μ burchagi kattalashadi va katta ahamiyatga egadir. SHuning uchun orqangi burchakni belgilashda hisobga olinadi.
Rezba qirquvchi keskichlarning oldingi burchagi γ ishlov berilayotgan zagotovka materialiga bog’liq xolda qabul qilinadi yoki shakldor keskichlarnikiga o’xshash qilinadi. Trapetsiyasimon rezba qirqishda keskichning oldingi yuzasini zagotovka o’qiga nisbatan paralel o’rnatish (rasm 322a) vint profilida yuqori aniqlikda rezba olishga imkon beradi. Rezbaning profil burchagida (agar oldingi burchak γ=0) keskichning profili burchagidek bo’ladi. Lekin keskichning oldingi burchagi γ1 manfiy qiymatga ega bo’lganligi sababli kesish sharoiti yomonlashadi hamda rezbaning ko’tarilish burchagi kattalashib keskichni γ2 ta’sirida kesuvchi qirrasining mustahkamligi kamayadi. Bu usul faqat qirindi kesish qatlami katta bo’lmagan toza rezba qirqishda ishlatiladi.
Keskichning oldingi yuzasini rezbaning ariqchasiga nisbatan perpendikulyar o’rnatish (rasm 322b) qora rezba qirqishda profilning ikki tomonida ham kesish jarayoni tenglashtiriladi. Lekin aniq tug’ri chiziqli rezbaning profilini olish uchun keskichning kesuvchi qirrasiga egri chiziqli shakl berilishi zarur bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |