1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar
Bazalash deb, tanavorga yoki biron buyumga tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Tanavorga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, tanavorga stanokning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan ma’lum holat berilishiga aytiladi.
Texnologik amalni bajarish vaqtida, tanavorga ma’lum holat berishdan tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi.
Bu ikki masala har xil bо’lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron-bir harakatni ma’lum darajada cheklab qо’yish bilan yoki erkinlik darajasidan maxrum etishlik bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini tо’la chegaralab (tо’xtatib) qо’yish uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata о’qlari bо’ylab ilgarilanma va shu о’qlar atrofida aylanma xarakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi (10.1,10.2, 10.3 va 10.4-rasmlar).
Masalan, detal prizma shaklida bо’lgan holda (10.1-rasm), detalning pastki tekisligi xoz ni koordinat tekisligi XOZ bilan bog’lovchi uch koordinataning berilishi bir vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z о’qi bо’yicha surilish va X,Y о’qlariga parallel bо’lgan о’qlar atrofida aylanish imkoni detal ushbu tekislikning uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning koordinat sistemasi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish osondir. yoz yuzalaridan birini YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X о’qi bо’ylab surilishi va Z о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonidan, ya’ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi koordinat detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatalarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va bitta nuqta bilan bog’langanligini bildirar ekan.
Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka nisbatan holati ham 10.2-rasmda kо’rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi. Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning о’qqa nisbatan aylanishidan vujudga keltirilganligi uchun, detal koordinat sistemasi о’qlaridan biri sifatida uning о’qini tanlash qulaydir. O’q esa ikki koordinat tekisliklar yoz va xoy larning kesishuvidan hosil bо’lgan chiziqdan iboratdir.
10.1-rasm 10.2-rasm
10.3-rasm 10.4-rasm
Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan bog’lovchi va detal о’qiga joylashgan 1 va 2 koordinatlari valikni ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: Z о’qiga parallel tarzda surilish va X о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonlaridan, yoz tekisligida yotuvchi nuqtani YOZ tekisligi bilan bog’lovchi 3 va 4 ikki koordinat valikni yana ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: X о’qi bо’ylab surilish va Z о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonidan, о’z navbatida xoz tekisligida yotuvchi nuqtani detal о’qi bilan kesishuvidagi 5 koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni о’q bо’yicha surilish imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan bog’lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat о’qiga parallael bо’lgan о’q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon detalda qo’shimch shpon paz kabi sirt bo’lishi shart). Xuddi shunga o’xshash disksimon (10.3-rasm) va sar tipidagi (10.4-asm) detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil gilish mumkin.
Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir.
Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va etarlidir. Bu xulosa bir detalni ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bо’lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi.
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni о’rnini о’tovchi boshqa yuzalar, boshqacha qilib aytganda koordinat sistemasi bо’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |