11. Ultrafinish usuli
Ultrafinish usuli bilan detallarni sirtqi yuzalariga maxsus materiallar bilan (kiygiz, bez va shunga o’xshash junli materiallar) qoplangan kallaglar (pritirlar) yordamida pardozlov ishlovlari beriladi (12.9-rasm). Bu usul bilan ishlov berishda asosan g’adir-budirlikni kamaytirishga va juda ham toza yuza (Ra-0,007-0,012) olishga erishiladi. Tanavor yuzasini pritir-kallag 12-15 gradus burchak bilan qoplab oladi va unga nisbatan asta-sekin siljitib boriladi. Bu usul yuza tozaligiga yuqori talab qo’yilgan sharoitlarda qo’llaniladi.
12.9-rasm. Aylanuvchi sirtga ishlov berishning
ultrafinish sxemasi.
1- pritir korpusi; 2 – tanavor; 3- brezent bo’shlig’idagi pek yoki toshli (smola) saqich; 4 – almashtiriluvchi silliqlovchi junli mato; 5 – tiragich.
Do'stlaringiz bilan baham: |