10. Supperfinish usuli
Superfinish usuli ham shuningdek qayroq toshlik maxsus kallaglar yordamida olib boriladi (12.8-rasm). Bu usul tashqi va ichki aylanuvchi yuzalarga hamda yassi yuzalarga ishlov berishda ishlatiladi. Ishlov berish davrida zarradorligi 3 markali qayroqlar qo’llaniladi.
Supperfinish usuli yordamida faqat yuzaning tozaligi oshiriladi, ya’ni Ra=0,125-0,030 mkm oralig’ida bo’ladi. Bu usul bilan oldingi ishlovdagi xatoliklar to’g’rilanmaydi. Jarayon 10-15% li veretyon moyli kerosin moylovchi-sovituvchi suyuqlik berish bilan o’tkaziladi. Shuning uchun qayroqlar yuzadagi moy plyonkasi uzilgan joylardagi mikronotekisliklarga tegib o’tadi. Ma’lum tozalik darajasiga erishilganda, moy plyonkasining uzilishi natijasida jarayon avtomatik ravishda to’xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |