113
Bundan tashqari, Arnasoy ko’llari bo’yidagi suvsevar o’simliklarni suv bosishi
oqibatida ko’llarning o’z-o’zini tabiiy tozalash xususiyatlarini keskin pasaytirib
yubordi va o’txur baliqlarning ozuqasiga putur etkazdi. Hozirga paytda ko’llardan
ovlangan baliqlarning miqdori 1400 t dan oshmayapti.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, agar ko’llarga Chordara. suv
omboridan 1,5 km
2
dan ko’proq, suv oqizilsa, yangi-yangi erlarni suv bosishi
yanada davom yetadi. Ushbu miqdordan oshgan har 1 km
2
suv unin balandligini
0,2-03 m ga ko’taradi va 50-70 km
2
maydonlarni suv bosadi. Bundan tashqari,
Arnasoy botig’ining bundan buyon suv bilan to’ldirilishi Mirzacho’ldagi
minerallashgan suvlarni oqizib kelayotgan kollektorlarning ko’lga kelib
quyiladigan joyidagi nishabini yanada qisqartirib yuboradi. Bu esa, Mirzacho’l va
Jizzax cho’llarining meliorativ holati yomonlashishiga olib keladi. Buning ustiga
Arnasoydagi mavjud suvniig sathi pasaygan taqdirda ham, suvdan bo’shalgan
erlarni rekultivasiya qilish ishlari ko’p moddiy mablag’larni talab qiladi va uzoqqa
cho’zilib kyetadi.
Shunday qilib, ushbu ekologik muammoning eng achinarli va mantiqqa zid tomoni
shundaki, Orol dengizi borgan sayin qurib, bir tomchi suv oltinga teng bo’lgan bir
paytda, respublikamiz miqyosida nihoyatda katta suv miqdori bekorga isrof bo’lib,
yangi-yangi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni vujudga keltirmoqda.
Arnasoy ko’llari muammolarini echish davlatlararo ahamiyatga ega. Buning uchun
transchegara (O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston) suv resurslaridan oqilona,
asosli va adolatli foydalanish bo’yicha Xalqaro huquqiy me’yorlarga tayanish
lozim.
Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan 2 hujjat mavjud:
1. 1966 yilda Xel`sinki shahrida qabul qilingan “Xalqaro daryolar suvlaridan
foydalanish qoidalari”.
2. 1992 yilda Xel`sinki shahrida qabul qilingan “Transchegara ochiq suv oqimlari
va Xalqaro ko’llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha Konvensiya”
Ushbu Xalqaro ahamiyatga molik bo’lgan xujjatlarga tayangan holda suv xo’jaligi
bo’yicha Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzib, tegishli Davlatlararo
tashkilotlarning raxnamoligida va tashabbusi orqali Markaziy Osiyo davlatlari
o’rtasida suv zahiralaridan o’zaro manfaatli foydalanish bo’yicha maxsus
Shartnoma qabul qilinishi lozim. Ushbu Shartnomada suv zahiralarini samarali
ravishda taqsimlash, ulardan unumli foydalanish strategiyasi, transchegara suv
havzalarining ekologik maqbul. sharoitini yaratish va ta’minlash bo’yicha
majburiyatlar, hamda chora-tadbirlar o’z aksini topish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: