61
Tarkibi o’zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt
kerak. 20 sm qalinlikdagi unumdor tuproq hosil qilish uchun tabiat 2000 yildan
7000 yilgacha vaqt sarflaydi. Shuning uchun tabiiy resurslarni ishlatish tezliga
ularning tiklanish tezligi to’g’ri kelishi kerak.
Tiklanadigan tabiiy resurslar uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilsa, ular inson
ehtiyojlarini qondirishga abadiy xizmat qilishi mumin.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi.
Suv barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bo’lib, u tabiatda uchta fizik
holatda: qattiq (muz), suyuq va bug’simon holatlarda uchraydi. Er sharida suvning
umumiy miqdori bitmas tuganmas bo’lib, hech qachon o’zgarmasa kerak. Biroq
insonning faoliyati natijasida suvning zahirasi va miqdori Er sharining ayrim
mintaqalarida turli davralarda turlicha bo’lishi mumkin.
Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli
bo’lgan ichimlik suvining zahiralari 1% ni ham tashkil etmaydi. Biroq bitmas-
tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o’ta ifloslanish xavfi ostida turibdi.
Chuchuk suv esa, sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki insonga har
qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Er sharining
ko’pgina mintaqalarida suvdan samarasiz foydalanish, daryolarning sayozlanib
qolishi va boshqa sabablar oqibatida ichimlik suv miqdori keskin kamaymoqda.
Holbuki, sug’orish, sanoat va kommunal xo’jalik uchun chuchuk suvga bo’lgan
ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.
Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi
tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan
resurslarga kiradi.
Quyosh radiasiyasi (yorug’lik, issiqlik), atmosfera havosi, shamol, suv va
to’lqinlar energiyasi iqlim va kosmik resurslarga kiradi. YOng’ingarchiliklar esa
suv resurslariga ham, iqlimiy resurslarga ham kiradi.
Sayyoramizga kelayotgan Quyosh nurlarining yarmidan ko’prog’i energiyaning
boshqa turlariga aylanadi. Ularning muayyan qismi tuproq, suv va atmosfera
havosini isitishga sarf bo’ladi va sekin-asta fazoga tarqaladi. Ularning muayyan
qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Quyoshning nurli energiya zahiralari
milliard-milliard yillarga etishi mumkin. Shuning uchun Quyosh energiyasi bitmas
– tuganmasdir.
Atmosfera havosi tirik organizmlar uchun hayot manbaidir. Havo bitmas-
tuganmas, lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo tarkibida karbonat angidrid
(SO
2
), radioaktiv moddalar, turli gazlarning mexanik aralashmalari, kul, chang va
boshqa moddalar mavjud. Bunday iflosliklarni sanoat korxonalari va xususan,
transnort vositalari chiqaradi. Bu esa inson sog’lig’iga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tugamaydigan resurslardan samarali foydalanish uchun ularni toza saqlash va eng
avvalo, suvni tejab-tergab sarflash kerak. Suv resurslari etishmaydigan
mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida, suvni ehtiyot qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: