Yuqori darajadagi dasturlash tillari
Yuqori darajadagi dasturlash tillari haqida so'z
borar ekan, eng avvalo ularning
tarixiga nazar tashlab o'tishni lozim deb bildim.
Dastlab 1950-yillarda yuqori darajadagi dasturlash tillarining yangi avlodi
paydo bo'ldi. Yuqori darajadagi til bizga qudratli
va murakkab dasturlarni
yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, aksariyat yuqori
darajadagi dasturlash
tillarida oson tushuniladigan so'zlardan foydalaniladi. 1950-yillarda yaratilgan eng
yuqori darajadagi tillardan biri COBOL dasturlash tili hisoblanadi.
Ushbu dasturlash tilida monitorda "Salom dunyo!" xabarini aks ettirish uchun
dasturchi quyidagi ko'rsatmalarni yozish kerak bo'lgan. Masalan
DISPLAY "Salom dunyo!"
Hozirgi kunda bunday dasturlash tillariga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin.
Ada, BASlC, FORTRAN, COBOL, Pascal, С, С++, С#, Java, Python, Visual
Basic v boshqa tillar shular jumlasidandir.
Endi, Ushbu dasturlash tillariga qisqacha izoh berib o'tamiz:
ADA.
1970-yillarda asosan Amerika Qo'shma Shtatlarining mudofa
vazirligi
tomonidan qo'llaniladigan dasturlar uchun yaratilgan dasturlash tili hisoblanadi. Til
nufuzli tarixiy shaxs grafinya Ada Lavlasning nomi berilgan.
BASIC.
1960 yillarning boshlarida yangi boshlovchilar o'rganishi uchun juda
oson dasturlash tili hisoblanib, universal ramziy kodlash tizimi (Beginners
Allpurpose Symbolic Instruction Code) hisoblanadi.
FORTRAN.
Matematik hisob-kitoblar uchun 1950-yillarda ishlab chiqilgan
Formulali tarjimon (FORmula TRANslator) birinchi yuqori darajadagi dasturlash
tili hisoblangan.
PASCAL.
Bu dasturlash tili 1970 yilda yaratilgan va dastlab dasturlashni o'rgatish
uchun mo'ljallangan. Ushbu til matematik, fizik va faylasuf Blez Paskal nomi bilan
atalgan.
C va C++.
C va C ++ bu kuchli umumiy
maqsadli tillar hisoblanib, Bell
Laboratories tomonidan ishlab chiqilgan. C tili 1972 yilda, C ++ tili esa 1983 yilda
chiqarilgan.
C #
"o'tkir" deb talaffuz qilinadi. Ushbu dasturlash tili Microsoft tomonidan 2000
yilda
Microsoft.NET
platformasi asosida dasturlarni ishlab chiqish uchun
yaratilgan.
Java.
U 1990-yillarning boshlarida Sun Mikrosystems
tomonidan yaratilgan va
bitta kompyuterda veb-serverdan yoki Internet orqali ishlaydigan dasturlarni
ishlatish uchun ishlatiladi.
JavaScript.
U 1990-yillarda yaratilgan. Uning JavaScript nomiga ega bo’lishiga
qaramay, Java bilan hech qanday aloqasi yo'q.
Hozirgi
kunda eng ommabop, eng ko'p foydalanuvchiga ega,
eng sodda deb
tariflanayotgan
PYHTON
ni eslamasdan iloji yo'q. Python bu universal
professional dasturlash tili bo'lib uni har qanday turdagi dasturiy mahsulotlar
ishlab
chiqish maqsadida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: