"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,38 Mb.
bet74/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

26 - M A ‘ R U Z A (2 soat)

18-mavzu: “Ishlab chiqiluvchi texnologik jarayonlarning texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlari ”(2 soat)

Ma’ruza rejasi:
1. Tanavorni tanlash bosqichi.
2. Texnologik amallarni ishlab chiqish bosqichi.
3. Texnologik jarayonni ishlab chiqishning yakunlovchi bosqichi.
4. Buxgalterlik uslubda detallarni tayyorlash tannarxini hisoblash.
5. Tannarxni tо’g’ridan-tо’g’ri hisoblash.
6. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash.
7. Iqtisodiy kо’rsatkichlarni hisoblashga misol.


Adabiyotlar: [ 1 ] – 277-283 betlar; [ 4 ] – 381-387 betlar.
Tayanch sо’zlar: 1.Iqtisodiy kо’rsatkich. 2.Buxgalterlik uchyot. 3.Tannarx. 4.Material ishlatish koеffisienti. 5.Sermehnatlik. 6.Samaradorlik. 7.Unumdorlik. 8.Кapital sarflar. 9.Sex harajatlari. 10.Foyda. 11.Harajatlarni qoplash muddati.


Har bir tayyorlanuvchi detalni, berilgan texnik talablarini ta’minlovchi texnologik jarayonlarni bir nechta variantlarini ishlab chiqish mumkin. Taqqoslovchi variantlarni tavsiflovchi, texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlarni solishtirish asosida ma’qulroq bо’lgan variantni tanlab olinadi. Ко’rsatkichlarni tо’liq va muhimlik darajasi bо’yicha ularni tanlash texnologik jarayon variantlarini qaysi bosqichida solishtirishiga bog’liq. Birinchi bosqichlarda variantlarni dastlabki baholash olib boriladi, qaysiki iqtisodiylikni tashqi belgilari bо’yicha ma’qulrog’ini (sermaterialligi, ishlov berish sermehnatliligi va h.k.) tanlab olish imkonini beradi.


1. Tanavorni tanlash bosqichida dastlabki baholanuvchi ko’rsatkich sifatida qo’llaniladi:
1).Material ishlatish koеffisienti.
Кmi = md /mz ,
bu erda md , mz- detal va tanavor massasi. Texnik jihatdan teng variantlardan material ishlatish koеffisienti yuqorirog’i tanlab olinadi. Кmi ni oshirish uchun tanavor shaklini tayyor detal shakliga yaqinlashtirish , uni tayyorlash aniqligini oshirish va yuza qatlamlarini sifatini yaxshilash zarur.
2). Sermateriallikni pasaytirish.
M= (mzb - m zya)B,
bunda mzb , m zya - tegishlicha yangi va baza variantidagi tanavorlar massasi; V - detal chiqarish hajmi, dona. Yangi texnologik jarayon ishlab chiqishda, detallar chiqarish hajmini anchagacha oshirish M ko’rsatkichning muhimligini orttiradi.


2.Texnologik amallarni ishlab chiqish bosqichida quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
1). Asosiy vaqt koеffisienti.
a = ta/ td.b.
a qiymati qancha yuqori bo’lsa, stanok shuncha unumdorlik bilan ishlaydi. Кoеffisient jami jarayonni kompleksligicha baholashlik uchun ham qo’llash mumkun. Bu xolda a ishlov berishning hamma amallari bo’yicha sarflanuvchi asosiy vaqtlar yig’indisini, hamma amallar bo’yicha sarflanuvchi donabay vaqtlar yig’indisiga bo’lgan nisbatni bildiradi.
2). Detallarga mexanik ishlov berishning sermehnatliligi
Td =  td.b.,
bunda n - shu texnologik jarayondagi amallar soni.
Seriyalab ishlab chiqarishda partiya detallarni tayyorlash sermehnatliligi aniqlanadi .
Tpd = tt.ya + td.b nd,
bunda tt.ya - tayyorlov yakunlovchi vaqt; nd - partiyadagi detallar soni.
Massasi bo’yicha ahamiyatli farq qiluvchi turli tanavorlar va buyumlar uchun, sermehnatlilik va massa orasida ma’lum o’zaro bog’lanish mavjud:
Tpd = Tdb 3(mz.ya / mz.b.)2,
bunda Tdya, Tdb - tegishlicha detallarni yangi va bazaviy marshrut bo’yicha tayyorlash sermehnatligi; m , m - yangi va bazaviy (taqqoslanuvchi) variantlar bo’yicha tanavorlar massasi.
3). Amallar uchun vaqt normasini qisqartirish
NVR = (td.b.1 - td.b.2. / td.b.1) 100; Nvr = (Tpart 1 - Tpart 2 / Tpart1 )100;
bunda t d.b.1 , td.b.2 - solishtiriluvchi variantlardagi vaqt normalari;
T part 1 , T part 2 -solishtiruvchi variantlardagi partiya detallarini tayyorlash sermehnatliliklari.
4). Mehnat unumdorligini o’sishi
P = 100 Nvr/ (100-Nvr)
Yuqorida sanab chiqilgan ko’rsatkichlar texnologik jarayon ishlab chiqishning birinchi bosqichlarida qo’llaniladi. Ular texnologik variantlarni baholash uchun mustaqil ahamiyatga еga еmas.
3. Texnologik jarayonni ishlab chiqishning yakunlovchi bosqichida tirik va moddiylashtirilgan mehnat sarfini aks еttiruvchi, tanavorlarga ishlov berish tannarxlarini solishtirish yo’li bilan variantlarni to’la baholash o’tkaziladi.
Tannarxni aniqlashning 2-ta asosiy uslubi mavjud:
buxgalterlik va to’g’ri kalkulyasiyalash uslubi (еlementlari bo’yicha).
4.Buxgalterlik uslubida detallarni tayyorlash tannarxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
S = Ma + Za + S,
bunda Ma - asosiy materiallarning narxi yoki chiqindilari narxi olib tashlangan dastlabki tanavorlar narxi; Za - asosiy ishchilarning ish haqi; S - sexdagi harajatlar, bu jihozlarning amartizasiyasi va ta’mirlanishga bog’liq, shuningdek kuchlanishli еlektr еnergiyasi, kesuvchi o’lchagich, yordamchi asboblar va moslamalar uchun harajatlari, sex yordamchi ishlarining (asbobsozlik guruhi, ta’mirlovchi ishchilar va h.k.) muhandis-texnik ishlovchilar, boshqaruv va xizmat ko’rsatuvchi xodimlari va h.k. ish haqlari.
Tannarxni kalkulyasiyalashda sex harajatlarini, sex asosiy ishchilarining ish haqidan foizda aniqlanadi; u holda tannarxni (qilinuvchi harajatlar) shunday ifodalash mumkin:
S = Ma + Za (1 + S/ 100 ),
bunda S - sex harajatlarining (qo’shimcha) foizi. Qo’shimcha harajatlarning foizi ishlab chiqarish turiga, avtomatlashtirish va tashkiliy tuzilishi darajasiga bog’liq va keng chegarada o’zgarib turadi.
Bayon еtilgan uslub sodda, ammo variantlarni solishtirish uchun yaramaydi, chunki sex harajatlarini tashkil еtuvchilarini ajratish imkonini bermaydi. Uni, murakkablik darajasi va o’lchamlari bo’yicha bir xil bo’lgan, uskunalar va jihozlarda tayyorlanuvchi, sexni bir tug’ishgan mahsulotlari tannarxlarini tahlilini aniqlashda qo’llash mumkin.
5. Tannarxni to’g’ridan to’g’ri hisoblash. Кo’proq aniqlikka еga bo’lgani, tannarxni hamma tashkil еtuvchilarni to’g’ridan-to’g’ri hisoblash uslubi hisoblanadi. Bu holda mahsulotning to’la tannarxini quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
S=Ma+Za+Zyo+Ao+I+Ato+L+Ru+P+R,


bunda Zyo - yordamchi ishchilarning ish haqi, Ao - uskunalar narxidan amartizasion ajratma, I - asbob va kam narxli moslamalar uchun harajatlar, Ato - texnologik jihozlash narxidan amartizasion ajratma, L - texnologik maqsad uchun еnergiya harajatlari, Ru - uskunani ta’mirlash harajatlari,
P - ishlab chiqarish maydonini amartizasiya va tartibga solib turish harajatlari, R - boshqaruvchi qurilmalarni va dasturlarni (RDB stanoklari uchun ) ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishlarga bo’lgan harajatlar.
Tannarxni to’g’ridan-to’g’ri hisoblash uslubi sermehnatdir. Ishlab chiqiluvchi variantlarni taqqoslashda taxminiy hisoblashlar ruxsat еtiladi. Ya’ni, variantlarni taqqoslashda katta ulushini tashkil еtuvchi harajatlarni birinchi beshta statyasini o’zgarishini hisobga olish bilan cheklanishi mumkin. Qolgan harajatlar hisobiga olinadi qachonki, qachon ishlab chiqiluvchi yangi variantni qo’llash ularning sezilarli o’zgarishiga olib kelsa. So’ngra detalga ishlov berish tannarxi o’sha harajatlar statyalari bo’yicha hisoblanadi, qaysiki taqqoslanuvchi variantlarda o’zgaradi, ya’ni, texnologik tannarxi bo’yicha. Texnologik tannarxi sermehnatliligi qisqartirish uchun normativ bo’yicha hisoblash uslubini qo’llash mumkin.
Bu hisoblash uslubida jadvallardan foydalaniladi, qaysilarda, bir soatga yoki daqiqaga (minutga) keltirilgan tannarxni barcha еlementlari bo’yicha periodik to’g’rilanib turuvchi harajatlar ko’rsatilgan. Tannarxni hisoblash bu jadvallardan, harajatlarni har bir еlementi bo’yicha tanlashga, ularni qo’shimcha va olingan yig’indini loyihalanuvchi amal donabay vaqtiga ko’paytirishga keltiriladi.
6. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash. Minimal tannarxga asoslangan variantlarni taqqoslash shunday holda o’tkaziladiki, agarda taqqoslanuvchi variantlar o’zini bajarilishi uchun qo’shimcha kapital qurilishga sarflanuvchi mablag’ni talab еtmasa. Bu holda iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi
Е = (SB - S Ya) VYa,
bunda SB , S Ya - bitta detalni bazaviy va yangi texnologiya bo’yicha tayyorlash tannarxi; VYa - yangi texnologiya bo’yicha detallar chiqarish hajmi, dona.
Agarda yangi texnologik jarayon (TJ) qo’shimcha kapital harajatlarni talab еtsa, variantlarni taqqoslash harajatlar yig’indilarini taqqoslash yo’li bilan olib borish kerak

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish