"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni
2 5264963648094214253
natijasida tayyorlangan detallar yoki yig’ilgan mashinalar sifati tо’g’risida aniq bir fikr aytish mumkin bо’ladi. Texnologik dopusk kichik bо’lishi kerak yoki hech bо’lmaganda konstruktornikiga teng. Agarda bu shartlarga rioya qilinmayotgan bо’lsa, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini о’zgartirish (yoki davom еttirish) zarur. О’lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba’zi-bir qoidalarni qо’llash zarur. О’lchamlar zanjiri tashkil еtuvchi zvenosini uzaytirilishi natijasida berkituvchi zveno uzaysa, kattalashtiruvchi zveno deb ataladi va bilan belgilanadi. О’lchamlar zanjiri tashkil еtuvchi zvenosini uzaytirish bilan berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi zveno deb yuritiladi va bilan belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig’iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi zvenolar kо’rinishidagi bо’laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli sxemalar tuziladi (17.1- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi zveno, A1,A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi. О’lchamlar zanjirlari yordamida, qoida bо’yicha ikkita masala echiladi. Birinchidan, berkituvchi zvenoning berilgan parametrlari bо’yicha tashkil еtuvchi zvenolarning parametrlari aniqlanadi (tо’g’ri masala echiladi). Ikkinchidan, tashkil еtuvchi zvenolarning berilgan parametrlari bо’yicha berkituvchi zvenoning parametrlari aniqlanadi (teskari masala echiladi), ya’ni “Maksimum-minimum” usulida tekshiruv hisobi bajariladi. Zvenolar о’lchamlarining og’ishlari ikki usul bilan hisoblanadi: Birinchisi “Maksimum-minimum” usuli deb ataladi. Bunda, hisoblashlarda og’ishlarning maksimal yoki minimal qiymatlari hisobga olinadi, qaysilar doimo ishchi chizmalarda yoki texnik talablarda kо’rsatilgan bо’ladi. Bu usul hisoblashlarni sezilarli soddalashtiradi, biroq uning aniqligi bu holda nisbatan past bо’lishi mumkin, chunki nominal miqdordan faktik og’ishlar еmas, balki chegaraviylari hisobga olinadi. Ikkinchi usul еhtimollik deb ataladi. U, chegaraviylarni еmas, balki о’lchamlarni taqsimlanish qonunlari asosida kо’proq еhtimol og’ishlarni hisobga oladi. Bu usul ancha sermehnat bо’lishiga qaramay, kо’proq aniq usul hisoblanadi. О’lchamlar zanjirlari nazariyasining asosiy tenglamasi quyidagicha (17.1) Кattalashtiruvchi va kichiklashtiruvchi zvenolarni hisobga olib 17.1 formulani quyidagicha ifodalaymiz , (17.2) bunda n- kattalashtiruvchi zvenolar soni; m- zanjir zvenolarining umumiy soni, berkituvchi zveno bilan birgalikda. Berkituvchi zvenoning еng katta va еng kichik chegaraviy о’lchamlari quyidagilardan topiladi U holda berkituvchi zveno dopuski yoki (17.3) Berkituvchi zvenoning quyi va yuqori chegaraviy о’lchamlari quyidagi formulalardan topiladi: (17.4) (17.5) Dopusk maydoni о’rtasining koordinatasini aniqlaymiz. i-nchi zveno dopusk maydoni о’rtasining EsAi koordinatasi deb, uning nominal qiymatidan shu zveno о’lchami dopusk maydoni о’rtasida turuvchi masofaga aytiladi (17.2-shakl). Chegaraviy og’ishlar: E SAi = EcAi + (IT)Ai / 2 ; EIAc = EcAi - (IT)Ai shu kabi ESAo = EcAo + (IT)Ao / 2 ; EIAo = EcAo - (IT)Ao / 2 (17.6) Berkituvchi zveno о’lchami dopusk maydoni о’rtasining EcAo koordinatasini quyidagi formula bо’yicha topamiz (17.7) 17.2-rasm. Dopusk maydoni о’rtasini koordinatasini aniqlash sxemasi Ao-berkituvchi zveno nominal о’lchamini, uning (IT)Ao dopuskini, ESAo va EIAo chegaraviy og’ishlarini va EcAo dopusk maydoni о’rtasining koordinatasini aniqlash uchun “Maksimum-minimum” usulidan foydalanamiz. Download 1,38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |